National University of Uzbekistan Volume 3 | NUU Conference 2 | 2022 Google Scholar indexed Current Issues of Social Sciences and Humanities DOI: 10.24412/2181-1385-2022-2-629-634 Ijtimoiy-gumanitar fanlarning dolzarb masalalari 632 April, 2022 https://nuu.uz/ International Scientific Conference «Milliy maʼnaviyatimizni rivojlantirish, uni xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz
hayotiga singdirishda ijtimoiy-gumanitar fanlarning ahamiyati juda katta. Аfsus, bu
fanlar rivoji zamondan ortda qolmoqda. Xususan, biz uchun nihoyatda dolzarb
boʼlgan tarix fani ham bundan mustasno emas. Tarixga oid ilmiy tadqiqot ishlari
asosan bayonchilik, publitsistik usulda olib borilmoqda. Natijada, olis va yaqin
oʼtmishimizdagi koʼpgina voqealar mohiyati, ularni yuzaga keltirgan omillar va
tarixiy qonuniyatlar ochilmasdan qolmoqda.
Bir haqiqatni barchamiz chuqur anglab olishimiz zarur: milliy tarixni milliy ruh
bilan yaratish kerak. Аks holda, uning tarbiyaviy taʼsiri boʼlmaydi. Biz yoshlarimizni
tarixdan saboq olish, xulosa chiqarishga oʼrgatishimiz, ularni tarix ilmi, tarixiy
tafakkur bilan qurollantirishimiz zarur. Buning uchun, avvalo, Oʼzbekistonda tarix
fanini 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini ishlab chiqishimiz vaqti-soati
keldi, deb oʼylayman. Tarix institutini bu fanni rivojlantirish boʼyicha tayanch ilmiy
muassasa etib belgilash kerak»
2
, degan fikrlar keltirilgan.
Shuningdek, ijtimoiy fanlarni oʼqitish sifati va samaradorligini oshirishda
olimlar va soha mutaxassislarini moddiy ragʼbatlantirish, ularning mehnat
sharoitlarini yanada yaxshilash talab etilishini taʼkidlab, Fanlar akademiyasi
qoshidagi «Eng yangi tarix» markazi xodimlarining oylik ish haqi miqdorini ilmiy-
tadqiqot instituti xodimlari maoshiga tenglashtirib, uning faoliyatini kuchaytirish
kerakligi qayd etilgan.
Ijtimoiy fanlarni OTM larda oʼqitish jarayonini muntazam yoritib borish, bu
boradagi yutuq va kamchiliklarni roʼyi rost koʼrsatish va Vatanimiz tarixini toʼlaqonli
ochib berishda Ommaviy axborot vositalarining oʼrni va roli beqiyos. Tarix, Falsafa,
Maʼnaviyat fanlari kabi inson onggi va tafakkuriga ezgulik urug’ini ekadigan,
xatolardan saboq olib, yorqin kelajakni yaratishga mayoq bola oladigan kuch
bo’lmasa kerak.
Ayni paytda, bu yo’nalishda kimningdir sub'ektiv yondashuvi ta'sirida biror-bir
fanni joriy etish, boshqa birini esa yo’qotish, kafedralarni qo'shish va ularda
professor-o'qituvchilar sonining hadddan ortib ketishi bilan bogliq tez-tez ro’y berib
turadigan “eksperimentlar”, ijtimoiy fanlar olimlari va mutaxassislari, professor-
o’qituvchilarning mehnatiga muttasil past munosabatda bo'lish xolatlari sohaga jiddiy
ziyon yetkazgan.Aynan ana shunday holat ushbu yo'nalishning ayrim vakillarida “Biz
va bizning fanlarimiz kerak emasmi, bizga ham hech narsa kerak emas. Shunchaki
topshiriqlarni bajarib, fanlarimizni o'qitib va darslarimizni o'z
2
Mirziyoyev Sh.M. Yangi O’zbekiston strategiyasi . “ Ozbekiston” nashriyoti , 2021 yil.
232-236 betlar