National University of Uzbekistan Volume 3 | NUU Conference 2 | 2022 Google Scholar indexed Current Issues of Social Sciences and HumanitiesDOI: 10.24412/2181-1385-2022-2-321-325 Ijtimoiy-gumanitar fanlarning dolzarb masalalari
AXLOQ – HUQUQ XUSUSIYLIK, UMUMIYLIK JIHATLARI Dilorom Ibraximova Toshkent davlat yuridik universitet o’qituvchisi
ANNOTASIYA
Huquq va axloqning asosiy maqsadi shaxslarning, ijtimoiy guruhlarning yoki umuman jamiyatning manfaatlarini ta'minlaydi, odamlar xatti-harakatlariga maqsadli ta'sir ko’rsatadi. Huquq va axloq-bu shaxsning erkin irodasi muammolari va uning harakatlari uchun javobgarligi bilan bog'liq bo'lgan ijtimoiy normalar hisoblabadi Maqolada axloq va huquqning umumiy va xususiy jihatlari yoritilgan.
Kalit so’zlar: axloq, huquq, qonun,umumiylik, ijtimoiy normalar,jazo, huquqiy normalar, axloqiy normalar.
ABSTRACT
The primary purpose of law and morality is to advance the interests of individuals, social groups, or society as a whole, and to influence people's behavior. Law and morality are the social norms associated with the problems of the free will of the individual and the responsibility for his actions. The article describes the general and specific aspects of morality and law.
Keywords: morality, law, generality, social norms, punishment, legal norms, moral norms
Axloq falsafasi muammolaridan biri huquqiy va axloqiy normalarning munosabati masalasidir. Huquq va axloqning asosiy maqsadi shaxslarning, ijtimoiy guruhlarning yoki umuman jamiyatning manfaatlarini ta'minlaydi, odamlar xattiharakatlariga maqsadli ta'sir ko’rsatadi. Axloq va huquqni insonlar oldiga qo’yiladigan talablar majmuasi deyish mumkin. Inson huquqlariga e’tibor kuchayib borayotgan davrda axloq va huquq munosabatlari katta ahamiyatga ega bo’lib bormoqda.
Аxloq ijtimoiy normalar asosiy turlaridan biri bo’lib, insonning ichki- ruhiy munosabatini ijtimoiy-huquqiy hodisalarni, yaxshilik va yomonlik, burch va vijdon nuqtai nazaridan o’zida aks ettiradi. Аxloqiy normalar, yoxud axloq normalari deb bir
xildagi ish-amallarga joriy qilinadigan umumiy buyruqlar va taqiqlar orqali kishilar xatti-harakatini tartibga soluvchi axloqodob talablarining shakliga aytiladi.[1]
Huquqiy normalarning yana bir oʼziga xos tomonlaridan biri shundaki, qonun va boshqa normativ hujjatlarda nima mumkinu,va nima mumkin emasligi qatʼiy, aniq va ravshan qayd etilaganligidadir. Shu munosabat bilan taʼkidlash kerakki, huquqiy normalar, ijtimoiy normalarining baʼzilaridan, masalan axloqiy normalar-dan farqli oʼlaroq, yozma nutq, matnshunoslik bilan bogʼliq boʼladi. Shaxs xatti-harakatlarining taritibga soluvchi huquqiy normalar qonun kuchiga ega boʼlgan muayyan hujjatlar shaklida tayyorlanadi. [2]
Huquq davlat irodasini ifoda etuvchi, davlat tomonidan belgilanadigan va ta'minlanadigan hamda jamoatchilik munosabatlarini tartibga solishga qaratilgan umumbashariy, rasmiy ravishda belgilangan huquqiy normalar tizimi. Axloq esa – ijtimoiy hayotning yaxshilik va yomonlik, adolatlilik va adolatsizlik, burch, vijdon, g’urur kabi kategoriyalar orqali inson ongida bevosita in’ikos etadigan qarashlar va tasavvurlardir.
Axloqning o’ziga xos xususiyatlari deganda biz uning qat’iy amrlik, me’yoriylik va baholash jihatlarini tushunamiz. Qat’iy amr o’zini tutishdagi muayyan talabni, axloqiy qonun-qoidalarni bajarishini taqozo etadi. U shaxs manfaatlarini jamiyat manfaatlari bilan muvofiqlashtiradi va jamiyat manfaatlari ustuvorligini ta’minlaydi, ayni paytda shaxs erkinligini cheklamaydi, faqat o’zboshimchalikka yo’l qo'ymaydi. Unga ko’ra, biror inson ikkinchi insonga vosita deb qaramasligi lozim. Qat’iy amr tug’ma axloqiy hodisa, uning talabi so’zsiz va ixtiyoriy tarzda bajarilishi kerak; u ixtiyor erkinligi bilan zaruriyatning mutanosibligini ifoda etadi.[3]
Ijtimoiy axloq qoidalari asosan qonun qoidalar sifatida tartibga solinadi. Fuqarolik, mehnat, soliq, jinoyat kodekslarida belgilangan qoidalar axloq bilan bog’liq ekanini ko’rish mumkin. Huquqning axloqga tegishliligi konkret vaziyatda ekanligidir.
Axloq, qonunning mazmuni va amal qilinishiga ta’sir qiladi. Qonunlarni qabul qiluvchi shaxslar o'zlarini muayyan axloqqa ega, yaxshilik va yomonlik, axloqiy qadriyatlar majmui haqida aniq tushunchalarga ega. Ularning axloqiy qarashlari muqarrar ravishda qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmuni ta’sir ko’rsatadi. [4]
Axloq, shuningdek, davlat organlarining huquqni qo’llash faoliyatiga ham ta’sir qiladi. Huquqiy masalalar uning tamoyillari asosida hal etilishini talab qiladi.
Misol uchun, jinoyat qonunchiligida “jazoni tayinlashda jinoyatning ijtimoiy xavfi, darajasi va jinoyatchining kimligi hisobga olinadi”.
Huquqning o’ziga xosligi, uning ob’yektiv tabiati ayni vaqtda ijtimoiy normalarning boshqa turlari hamda ijtimoiy tartibga solish boshqa tiplaridan farqi rasman tenglik prinsipida ifodalangan. Qonun sanksiyasining o’ziga xosligini tenglik, erkinlik va adolatlilikning umumiy va zarur shakli bo’lgan huquqning aynan ob’yektiv o’ziga xosligini belgilab beradi.
Axloqning o’ziga xos xususiyati shundaki, u individlarning mustaqil nuqtai nazarini, ularning nima ezgu nima yovuz ekanligi haqida, inson xatti-harakatlari, o’zaro munosabatlari va ishlaridagi burch va vijdon to’g’risida erkin va ongli qaror qabul qilishni ifodalaydi. Axloq prinsipi – individlarning o’ziga va boshqalarga, olamga o’z munosabatini, o’z botiniy va zohiriy xulq-atvorini mustaqil boshqarish prinsipidir. [5]
Fixte axloq bilan huquqning farqini ham o’z falsafiy tizimiga mos talqin qiladi. Huquq his etilguvchi dunyo doirasi bilan cheklanmog'i va inson Menning botiniga tatbiq etilmasligi lozim, ya’ni insonning fikrlash tarzi, aqliy holatiga aralashmasligi kerak. Zero, bular axloqqa taalluqli huquqiy munosabatlar doirasidan tashqaridadir. Huquqiy qonun, axloqiy qonundan farqli o’laroq, insondan ezgu ixtiyorni talab etmaydi, u tashqi qilmishlarga taalluqlidir.[ 6]
Zamonaviy axloqshunoslik adabiyotlarida axloq va huquqni umumiyligi va xususiyligi jihatlari nisbatan kamroq yoritilgan.
Tabiiy huquq tarafdorlari hozirgi kunda huquqiy ong axloqiy ong bilan adolatli va adolatsiz, qonuniy-noqonuniy kabi tushunchalarda juda yaqin ekanini ta’kidlamoqda. Pozitiv huquqning axloqiy qadriyatlar bilan ta’siri juda murakkab chunki muayyan me’yorlar va qonunlar odatda axloqiy tamoyillar bilan to’qnashadi.[7]
Huquq va axloq o’rtasidagi birlikni N.Matuzov quyidagicha ifodalaydi:
huquq va axloq ijtimoiy normalarning turlarini ifodalaydi;
huquq va axloq bir xil maqsad va vazifalarni bajaradi;
-ijtimoiy hayotni tartibga solish va takomillashtiradi;
huquq va axloq ijtimoiy munosabatlar bir xil tartibga soladi;
ular jamiyatda shakllangan qadriyatlar tizimiga asoslanadi;
huquq va axloqiy me’yorlari, jamiyatdan kelib chiqadi [8]
Yuqoridagilardan kelib chiqib, huquq va axloqning umumiyligi quyidagilarda ko’rishimiz mumkin:
huquq va axloq-odamlarning xulq-atvorining universal regulyatorlari, ijtimoiy hayotning turli sohalariga kirib borish qobiliyatiga ega;
huquq va axloq-bir xil va o’zaro ta’sir etuvchi elementlardan iborat murakkab tuzilishga ega bo’lgan ko’p o’lchovli tuzilmadir; 3) huquq va axloq umumiy maqsadga xizmat qiladi – ijtimoiy hayotni takomillashtirish va tartibga solish, odamlarning xulq-atvorini tartibga solish, tartibni saqlash, shaxs va jamiyat manfaatlarini muvofiqlashtirish, inson qadr-qimmatini ta'minlash va yuksaltirish;
4) huquq va axloq ijtimoiy munosabatlarning yagona maydonida harakat qiladi; 5) huquq va axloq-bu shaxsning erkin irodasi muammolari va uning harakatlari uchun javobgarligi bilan bog’liq bo’lgan ijtimoiy normalar hisoblabadi.
Huquq va axloq bir-birlaridan muhim belgilari bilan farq qiladi. Huquqiy normalar jamoat tashkilotlarning, nodavlat notijorat tashkilotlar jamiyat aʼzolarining faol ishtirokida davlat tomonidan qabul qilinadi. Davlat huquqiy normalarni o’zgartirish, ularga qo’shimchalar kiritish va baʼzi hollarda, ularni bekor qilishi mumkin. Huquq shunchaki faqatgina xalq irodasini ifodalabgina qolmay, balki uning davlat manfaatlari ustuvorligini aks ettiruvchi irodasini ifodalaydi. Bu maʼnoda huquq faqat kishilarni xatti-harakatlarini tartibga soluvchi maxsus davlat maqomidagi regulyator deyish mumkin. Axloq esa, davlat tomonidan emas, balki jamiyat tomonidan yaratiladi.
Nersesyanes fikriga ko’ra, huquq go’yo ma’naviy axloqiy bo’lishi kerakligi haqidagi yanglish tasavvur keng yoyilganicha qolmoqda. Biroq bunday talab, agar u axloq yoki axloqiylikning qonuniy huquqiy talablarini qondirishning biz tomonimizdan ko’rib chiqilgan huquqiy usuli doirasidan tashqariga chiqsa, mohiyat e’tibori bilan huquq huquq emas, balki axloq bo’lishi, qonunnnig mazmuni huquqiy emas, balki axloqiy bo’lishi kerakligini anglatadi. Huquqni bunday tushunish nafaqat huquqning balki axloqning ham mohiyatini buzadi, chunki huquqning axloqlashtirilishi, muqarrar ravishda, axloqning yuridiklashtirilishi bilan birga kechadi. [9]
Axloqiy va huquqiy munosabatlar faqat ilmiy mavzu bo’lmay, bu jamoatchilikning ham muhim muammosidir. Bundan tashqari, axloq va huquqning xususiyligi va umumiyligi ijtimoiy muammo sifatida muhim va doimiy ilmiy mavzudir. Axloqiy normalarning ijtimoiy makoni huquqiy normalarga nisbatan, kengroq bo’ladi. Huquq ijtimoiy hayotning muhim yo’nalishlarini tartibga soladi. Axloqiy va huquqiy normalarning shakllanishi va rivojlanishida urf-odatlar, anʼanalar, hamda diniy taʼlimotlar ham katta rol o’ynaydi.
Axloqsizlik va jinoyatchilik bir xil ma’noga ega bo’lmay, axloqsiz deb hisoblangan qilmish jinoyat hisoblanmaydi, shuningdek hamma jinoyatllar ham axloqiy buzuqlik hisoblanmaydi. Xuddi shunday,
xatti-harakatlar qonuniy va yaxshi fazilatlarga to’la mos kelmaydi.
Yuqoridagilarning barchasini umumlashtirib, quyidagilarni ta'kidlash mumkin:
ijtimoiy me’yorlar tizimidagi huquq va axloq-butun jamiyatga tarqalgan munosabatlarning universal regulyatori hisoblanadi;
rasmiy mantiq qoidalari, axloq va huquq tushunchalari nuqtai nazaridan umumiy va xususiy sifatida o’zaro bog’liq;
huquq bilan taqqoslaganda axloq insonga yuqori talablar qo’yadi, u huquqni baholash mezonlari sifatida xizmat qiladi;
huquq va axloq bir-biriga bevosita ta’sir ko’rsatadi.