«Научный импульс» апреля, 02 1784 maktabgacha yoshdagi bolalarga ta'lim berishda kompetensiyaviy yondoshuv altibayeva Gulbaxor Majitovna



Yüklə 51,48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix07.01.2024
ölçüsü51,48 Kb.
#207078
1   2   3   4
Altibayeva Gulbaxor Majitovna (1)


часть
3
 
«
Научный импульс
»
апреля 
, 202

1786 
qo'yadi. O'z harakatlari uchun tashabbus va ma'suliyatni namoyon qiladi. O'zing yaxshi 
ko'rgan narsasi, qiziqishlari, his-tuyg'ulari bilan o'rtoqlashadi. 
O'sib borayotgan jismoniy, kognitiv, hissiy va ijtimoiy ehtiyojlarini qondiradi. O'z.
ehtiyojarini bildiradi va ularni qondirishni biladi, o'zini boshqara oladi; sog'lom turmush 
tarzi qoidalariga madaniy-gigenik tartib qoidalariga roiya qiladi, jismoniy tarbiya bilan 
shug'ullanadi, o'z salomatligi uchun ma'suliyatni namoyon qiladi. 
Bilish kompetensiyasi bilim olish, o'qish va o'rganish ; mustaqil ravishda izlanish, 
tahlil qilish va atrof-olamni tushinish uchun kerakli ma'lumotlarni tanlash qobiliyatini o'z 
ichiga oladi. Harakat va o'zaro munosabatlar orqali bolalar bilim olish va o'rganish 
strategiyalarni ishlab chiqadilar. Ular atrof-olamdagi yangi obkyektlarni o'rganadilar va 
kashf etadilar .Boshqalar bilan o'yin va o'zaro muloqat jarayonida ular kuzatadilar va 
tajriba o'tkazadilar .Ularni muammolarni tushinish va hal qilish uchun yangi imkoniyatlar 
topadilar. Rivojlanish sohalari bo'yicha kompetensiyalarni o'zaro bog'liq holda 
takomillashtirish bolaning har tomonlama rivojlanishini ta'minlash, shuningdek, uning 
maktab ta'limi bo'lgan keyingi bosqichga muammosiz o'tishi va unga tayyor bo'lishi, 
boshlang'ich ta'limga kompetensiyalarni shakillantirishi uchun zarurdir. 
Bolaning kompetensiyasilari bola rivojining quydagi sohalarda belgilanadi: 
-Jismoniy rivojlanishi va sog'lom turmush tarzini g shakillanishi
-Ijtimoiy-hissiy rivojlanishi 
-Nutq,muloqat,öqish va yozish malakaalari 
-Bilish jarayoning rivojlanishi 
-Ijodiy rivojlanishi . 
Jismoniy rivojlanish va sog'lom turmush tarzining shakillanishida eng birinchi o'rinda 
muhit ta'sir ko'rsatadi . Bola o'z imkoniyatlari va yoshi bilan bog'liq jismoniy rivojlanish 
me'yorlariga mos ravishda jismoniy faollik ko'rsatadi .6-7 yoshli bola o'z imkoniyatidan 
kelib chiqib turli xil faol harakat turlarini uyg'un holda va maqsadli bajara oladi . 
Shaxsiy gigiyena malakalarini namoyon etadi .Nutq, muloqot jarayonlarida faol 
ishtirok etadi. O'z ona tilisini erkin eshitib tushunadi , kattalar bilan muloqot qiladi. Katta 
yoshdagi bolalar ona tilisida to'g'ri talaffuz , mos grammatik shakllar va harfiy 
bo'g'inlardan foydalana oladi. 
6-7 yoshli bolalarda chet tilini bilishga bo'lgan qiziqishlari dastlabki chet tili 
bilimlarini olishiga yordam beradi . Bolalar uchun dastlabki bilimlar esa o'zlarizga tanish
bo'lgan kichik lug'atlar va kichik dialoglar hisoblanadi . Bundan tashqari badiiy adabiyotga
bo'lgan qiziqishlari ham paydo bo'la boshlaydi . She'r , ertak va hikoyalarni o'zlari 
mustaqil ravishda bayon qilaoladi. Bundan tashqari, 6-7 yoshdagi bolalar predmetlar 
,voqea- hodisalar va holatlar o'rtasidagi bog'liqlikni tushunadi . Shakl va vaqtga mos 
ravishda ish tutadi . Ijodiy rivojlanish sohasida 6-7 yoshli bolalar milliy an'analarni qadrlaydi 
va ularni kundalik hayotining bir qismi sifatida idrok etadi . 


Международный
научный
журнал


(100), 
Yüklə 51,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin