часть
1
«
Научный импульс
»
Октябрь
, 2022
432
Haddan tashqari xayolparastlik teskari reaktsiyaga olib kelishi mumkin: haddan tashqari
talabchanlik
–
itoatsizlikka, haddan ortiq bo’ysunmaslik –
qo’pollikka sabab bo’ladi.
Pedagogik mahoratni shaxsiy faoliyat nuqtai nazaridan tushunishga harakat qilamiz
hamda uni kasbiy faoliyatni tashkil etishni yuqori saviyada amalga oshirilishini
ta’minlaydigan shaxsiy kompleks xususiyatlar yig‘indisi degan tushuncha nu
qtai nazaridan
yondashishga harakat qilamiz. Bunday muhim xususiyatlarga faoliyatning insonparvarlik
yo‘nalishi, o‘z kasbiy bilimi, pedagogik qobiliyati v
a pedagogik texnika kiradi. Bu tarifda biz
uchun eng muhimi quyidagilardir.
Birinchidan: pedagogik mahorat -
shaxs tuzilishida bu o‘z
-
o‘zini tashkil etuvchi tizim
bo‘lib, bu o‘rinda sistema bunyod etuvchi omil bo‘lib insonparvarlik yo‘nalishi hisoblanadi.
Chunki uning faoliyati pedagogik jarayonni, ijtimoiy tuzum talabi darajasida yo‘lga
qo‘yishga qaratilg
an.
Ikkinchidan: pedagog kasbiy mahoratining asosi bo‘lib, uning
chuqur, tushunib,
anglab etadigan pedagogik bilim muhim hisoblanadi. Yo‘naltirilgan kasbiy bilim, yaxlit o‘z
-
o‘zini tashkil etuvchi yuqori kasbiy faoliyat asosini tashkil etadi.
Uchinchidan: pedagogik qobiliyat, pedagogik mahoratning tezroq takomillashuvini
ta’minlaydigan omildir.
To‘rtinchidan: bilim va qobiliyatga tayanadigan texnika, barc
ha vositalarni maqsad
bilan mustahkam bog‘lashga yordam beradi va bu bilan pedagogik faoliyat struktur
asini
kengaytiradi.
Shunday qilib, pedagogik mahorat tizimida yuqoridagi barcha elementlar bir-biri bilan
o‘zaro bog‘liq holda, uning tashqi ta’sir yordamida o‘sishigina emas, balki o‘z
-
o‘zini
rivojlantirishga ham asos bo‘la oladi. Muvaffaqiyatning muhim s
harti qobiliyat yaxlitlik
beruvchi vosita: yo‘naltiruvchanlik va
natijaning o‘zaro bog‘liqligini ta’minlovchi pedagogik
texnika hisoblanadi.
O‘qituvchi shaxsining insonparvarlik yo‘naltirilganligi tarbiyachining butun faoliyati
pedagogik dramalardan iborat
(turli fikrlar to‘qnashuvi, o‘z nuqtai nazari to‘g‘riligini
isb
otlash uchun kurash). Mahorat qanchalik yuqori bo‘lsa, ziddiyatlar shunchalik aniq
ko‘rinadi, chunki ijodkor o‘qituvchi tomonidan tavsiya etilayotgan yangicha tizim, yeskicha
qarovchilar tomon
idan qarshilikka uchraydi. Shaxsning yo‘naltirilganligini nima t
ashkil
etadi? Oliy maqsad, qiziqishlar, qimmatli fikrlar.
Ana shu masalani aniqlash mavzu
mohiyatini tashkil etadi. Har bir o‘qituvchi
shaxsining pedagogik yo‘naltirilganligi ko‘p qirrali hisoblanadi. Uning qimmatli yo‘nalishida
quyidagilar alohida ko‘zga
tashlanadi:
1. O’z
-
o‘ziga ishonch, ya’ni, «mening misolimda, bilimdon, talabchan, haqiqiy
o‘qituvchini ko‘rishsin».
2. Pedagogik ta’sir vositalariga ega bo‘lishi.
3. O‘quvchilarga,
bolalar jamoasiga tayanish.
4. Pedagogik faoliyat maqsadiga - insonparvarlik strategiyasiga, vositalarni ijodiy
o‘zgartirib faoliyat obyektiga yo‘naltirilgan bo‘lish
i kerak.