часть
2
«
Научный импульс
»
сентябр
, 2022
783
qаytа tаyyorlаsh vа ulаrning mаlаkаsini оshirish jаrаyonining аsоsiy ishtirоkchisi
hisоblаnаdi. Ishlаb chiqаrish kаdrlаr tаyyorlаshning yo’nаlishlаrini bеlgilаydi, ulаrning
sifаtigа yangichа tаlаblаr qo’yadi, tа’lim sоhаsini mоliyalаshtirishgа o’zining hissаsini
qo’shаdi.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan so‘ng, asosiy ustivor
yo‘nalishlaridan biri alohida ko‘mak va e’tiborga muhtoj insonlarga manzilli yordam
ko‘rsatish bo‘lgan ijtimoiy himoya va aholiga xizmat qilishning prinsipial jihatdan yangi
tizimi shakllandi. Bu sharoitda aholining ijtimoiy himoyaga muxtoj qatlami bilan ishlashda
bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lgan yuqori malakali xodimlarga ehtiyoj va tegishli tarzda yangi
kasbiy faoliyat – “Ijtimoiy ishchi”ga zaruriyat yuzaga keladi. Shu o‘rinda yetim va ota-ona
qaramog‘isiz qolgan bolalar uchun muassasalar va ularda tarbiyalanayotgan bolalarning
o‘ziga xos xususiyatlari tarbiyalanuvchilarning turli yosh va davrlaridagi ruhiy, ijtimoiy
rivojlanish xususiyatlarini chuqur tushunish, mazkur bolalarga profilaktik, sog‘lomlashtirish,
abilatsion va reablitatsion choralarning majmuini ta’minlash, ularning huquq va qonuniy
manfaatlarini himoyalash, muassasadan so‘ng mustaqil hayotga tayyorlash kabilarni talab
etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev 2017 yil 7 fevral kuni
“O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi
to‘g‘risida”gi Farmonni imzoladi va 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini
rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi qabul qilindi.
Harakatlar strategiyasidagi to‘rtinchi yo‘nalishida aynan aholini ijtimoiy qilishga katta
e`tibor berildi.
Shuningdek, mustaqillik yillarida yetim va ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalar bilan
ijtimoiy-profilaktik ish olib borishni yaxshilash maqsadida O‘zbekiston Respublikasining
Oliy majlisi hamda Vazirlar Mahkamasining qarorlari qabul qilindi. Ular asosida
“Mehribonlik”, “Bolalar” uyilari hamda “Bolalar shaharchasi” to‘g‘risidagi Nizomlar qabul
qilindi.
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunning 22-moddasida ham
boquvchisini yo‘qotgan bolalar haqida shunday deyilgan. “Yetim bolalarni va ota-
onalarining yoki boshqa qonuniy vakillarning vasiyligisiz qolgan bolalarni o‘qitish va ularni
boqish davlatning to‘la ta’minoti asosida qonun xujjatlarida belgilangan tartibda amalga
oshiriladi”. Shu munosabat bilan Vazirlar Mahkamasi tomonidan maxsus Davlat
dasturlarining qabul qilinganligi va amaliyotga joriy etilganligi, aholini ijtimoiy himoya
qilish, jumladan, ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalarni qo‘llab quvvatlash bo‘yicha
yaratilayotgan imkoniyatlar, shart-sharoitlar respublikamizda ijtimoiy soha rivojlanishi
dalolatdir. Zamonaviy jamiyatda ota-ona qaramog‘idan maxrum bo‘lgan bolalarni ijtimoiy
hamoya qilish va ularni qo‘llab-quvvatlash masalasiga e’tibor ortgani sayin ular bilan
samarali ishlay oladigan yuqori malakali mutaxassislarga – ijtimoiy ish xodimlariga bo‘lgan
talab ham ortmoqda.