14.3 Rahbarlikda hokimiyat va sardorlik, boshqaruvda jamoaning ishtiroki
Har qanday guruh tuzilishiga ko'ra a'zolari nufuzi va statusining o'ziga xos
darajasini aks ettiradi. Bu iyerarxiya zinapoyasining eng yuqori bosqichida guruh
joylashadi. Har guruh o'z yetakchisiga ega bo'ladi. U sardor deyiladi.
U guruhni qolgan barcha a'zolari uchun o'zining manfaatlariga daxldor
bo'lgan hamda butun guruh faoliyatining yo'nalishini va xarakterini belgilab
beradigan shaxs bo'lib, eng mas'uliyatli yechimlarni qabul qilishga haqli deb
hisoblanadi. Shunday qilib sardor guruhning eng muhim muammolariga qiyosan
undagi eng ko'proq darajadagi referentlik egasi bo'lgan shaxsdir. Sardor rasman
guruhning rahbari bo'lishi ham va aksincha bo'lmasligi ham mumkin. Sardor bilan
rahbarlikni yagona bitta shaxsga to'g'ri kelishi maqbul hodisa hisoblanadi. Bordi-
yu, agar bunday muvofiqlik bo'lmasa, u holda guruh faoliyatining samaradorligini
249
rasmiy rahbar bilan norasmiy sardor yoki sardor o'rtasidagi munosabatlar qay tarzda
yuz berishiga bog'liq bo'ladi.
Boshqaruv rahbarlari boshqarishni qulay tashkil qilishda ma'lum darajada
hokimiyat (vlast)ga ega bo'lishi kerak. Boshqaruv tizimida rahbarning faoliyatiga
alohida o'rin berilib, ularga o'z faoliyatlarini amalga oshirish uchun huquqlar berilib,
bunda ularning funksiyalari va mas'uliyati uchta toifaga umumiy taqsimlangan.
Menedjmentda rahbarlar 3 ta iyerarxiya darajasiga ega bo'lib, ular quyi, o'rta, oliy
bo'g'inlaridir. Ularning hokimiyatlari shtat jadvali orqali belgilangan bo'lib, u
tashkilot kadrlari tizimining rasmiy asosini tashkil etadi.
Rahbarlikda hokimiyatni amalga oshirish quyidagicha turlarda bo'lishi
mumkin:
—
rahbar-ma'muriyatchi (administrator);
—
rahbar-qayta quruvchi;
—
rahbar-yaratuvchi.
Ilgari foydalanilgan rahbarlikdagi hokimiyat turlari hozirgi firmalar tushib
qolgan sharoitga to'g'ri kelmay qoldi. Natijada rahbarlikdagi hokimiyatga
o'zgartirish kiritish davr talabiga aylanib qoldi. U o'zgartirishga, yangiliklar
kiritishga, tadbirkorlikka va tavakkalchilikka ko'nikmaslikka asoslangan bo'lib,
ma'lum vakolatlarga ega bo'lishni taqozo etadi. Namunali kompaniyalar, bir dengiz
ofitseri tomonidan aytilgan: «Bizning flotda kapitan unvonidan past har qanday
kishi yetilmagan deb hisoblanadi», — degan aqidani inkor etadi. Ular
tasdiqlaydilarki: Ishda, insonlarga tayanishda muvaffaqiyatga faqat bitta kalit bor
— u ishonchdir. Kishilarga hurmat bilan qarash, ularning qadr-qimmatini e'zozlash,
qadriyatlarini
hisobga
olish,
kompaniyaning
boshqalardan
afzalligiga,
unumdorligiga, iqtisodiy o'sish va foydaga hamda tashkil topgan kompaniya
an'analariga ishonch yo'li bilan bo'ysunuvchilarga ta'sir ko'rsatiladi. Ular kundalik
hayotda, ishda, suhbat sharoitida, shuningdek rasmiy va norasmiy aloqalar orqali
xodimlarga singdirib boriladi. Rahbarlikda hokimiyat hozirgi sharoitda xo'jalik
mexanizmini yanada takomillashtirishga zamin yaratadi, natijada islohotlar asosida
xo'jalik mexanizmi zamon talablariga moslashib boradi.
250
Sherikchilik tamoyillariga asoslangan hissadorlik jamiyatlari ishchilarining
boshqarish va foyda taqsimlashda qatnashishi turli shakllarini amalda sinab
ko'rmoqda. Eng asosiysi zamonaviy yirik ishlab chiqarish sharoitida xodimlarning
malakasi va o'z-o'zini anglashi, boshqarish va qarorlar qabul qilishda qatnashishni
obyektiv talab qiladi. Endi ko'pchilik hollarda hamkorliksiz, kooperatsiyasiz,
menejer va mulk egasining sheriklik munosabatisiz ishlab chiqarishni boshqarish va
mehnat unumdorligini oshirishga erishish qiyin bo'lib qoldi. Shuning uchun
mikrodarajada xo'jalik tashkil qilishning qulay shakli hissadorlik kompaniyalari
hisoblanib, unda aksiyaning ma'lum qismiga ishchilar ega bo'lib, xodimlar bilan
birgalikda boshqarishda qatnashadilar. Bu shuning bilan tasniflanadiki, hozirgi
zamon sharoitida ishchilarda yangi hayotiy, o'zini ijodiy realizatsiya qilishga
intilish, qaror qabul qilish va uni amalga oshirishda mas'uliyatni yuklanishi, ijtimoiy
himoyalanganlik va ishlab chiqarish unumdorligi oshishi bilan hayot darajasining
yuksalishi kabi qadriyatlar paydo bo'ldi. Shuning uchun sheriklik munosabatlarini
rivojlantirish qonuniyat tusiga kirib, barcha rivojlangan mamlakatlarda
qo'llanilmoqda. Mehnat jarayonining murakkablashib borishi bilan ishchi
boshqarish obyekti bilan ishlab chiqarish subyektiga aylanadi. Ishlab chiqarishda
demokratiyalash g'oyasi barcha ijtimoiy guruhlar ishchilar va xizmatchilardan
chiqqan edi. Kasbiy malaka darajasi maxsus ma'lumotli ishchining umumiy
madaniyati, unda boshqarishda va qaror qabul qilish jarayonida qatnashish
ehtiyojini
yaratadi.
Ishlab
chiqarishning
demokratiyalashuvi
ishchilar
manfaatlarigagina javob berib qolmay, uning rentabelligini ham yuqori qiladi.
Rivojlangan mamlakatlar Amerika, Yaponiya, Germaniya, Angliyada
ishchilar boshqarishdagina qatnashib qolmay, direktorlar kengashida ham
o'zlarining vakillariga ega.
Sardorlik usullari. Ma'lumki iyerarxiya zinapoyasining eng yuqorisida guruh
sardori joylashadi. Sardor o'zida intiluvchanlik, qat'iylik, mas'uliyatni bo'yniga olish,
ma'lum guruhlar faoliyat yo'nalishini o'zgartirishi, boshqarishi, yangiliklar bo'yicha
qaror qabul qilishi, kelajakni ko'rish kabi xususiyatlarga ega bo'lishi kerak.
Shunday qilib, sardor ko'rinishi boshqarishga moyillik va mustaqil o'rganish
251
xislatlarini o'zida aks ettiradigan ma'lum xulqiy jarayonni ifodalaydigan shaxsdir.
Bu o'zgarishga qaratilgan doimiy, maqsadli va tashkiliy izlanish, resurslarni
kamroqdan ko'proq, unumdor ishlab chiqarish doiralariga ko'chirish qobiliyatidir.
Ammo strategik isloh qilish alohida sardorni birdaniga paydo qiladigan holat
natijasi emas. Bu o'ziga xos to'la oldindan aytib bo'ladigan, izchillikni o'zida
mujassamlashtirgan davrdir. Sardorlar islohotlar davrida asosiy ta'sir ko'rsatish
obyekti bo'lgan o'rta darajadagi boshqaruvchilarga, ular nima qarorga kelishini
anglaguncha, ularga qarshi turishni ham bilishlari lozim. Ular hozirgi kundan
yaxshiroq bo'lishni anglab tushunib yetmaguncha hech narsaga erisha olmaydilar.
Sardor shunday ko'rinishni yaratishi kerakki, uni tashkilot a'zolarining
ko'pchiligida qabul qilish zaruriyati tug'ilsin.
Biz avval aytib o'tganimizdek sardorlar, ma'muriy islohotchi va yaratuvchi
ko'rinishlarga bo'linib, ular o'z oldiga qo'ygan vazifalari va maqsadlarini ko'rishi
bilan ajralib turadi. Hozirgi tez o'zgaruvchan bozor islohotlari sharoitida islohotchi
sardorlarga ijtimoiy buyurtma ko'proq bo'ladi, chunki bu ko'rinishdagi rahbarlar
kompaniyalarni tashqi muhitiga mos ravishda qayta tashkil qilishni texnik, siyosiy,
madaniy muammolar uslubiy asosini yaxshi biladilar.
Sardorlikda quyidagi usullar mavjud bo'lib ularga tayanib tashkilotni qayta
isloh qilish mumkin:
1.
Uddalash va ko'nikmalar yaratish usuli. Bunda subordinatsiya chizig'i: kim
kimga bo'ysunadi, masalalar qanday taqsimlanadi va ajratiladi.
2.
Qobiliyatlarni shakllantirish usuli. Tashkil qilish qobiliyati — bu alohida
puxta bilim yoki raqobatda isbotlangan afzalliklar summasini ifodalaydi.
3.
Halqani yangilash usuli. Bu — uddalash, puxta bilim va madaniyat kabi
noyob uyg'unlikni tashkil qiluvchi kuchni birgalikdagi harakatga
yo'nalishini tashkil qilish va rejalashtirish jarayonidir.
Sardorlikda barcha omillar o'zaro bog'liqligini amalda ko'rish mumkin.
Kompaniyalar boshliqni rahbarlik, xodimni esa — o'z individualligini sezish
ehtiyojini mujassamlashtiruvchi uslubni amalga oshirishi kerak, chunki ma'lum
ishni bajarayotgan kishi u ishni hatto sardordan ham yaxshi biladi, shuning uchun u
252
bu ishni boshqalarga qaraganda yaxshi takomillashtirishga qodir. Bunday
yondashuvda sardor rahbarlikni amalga oshiradi, ammo ishchi ishini ma'lum
darajadagi detallashuvida o'z ishini yaxshi biladi. Bunday usul «yo'naltiruvchi
mustaqillik» deyiladi. Sardorlik tashkil qilishning yuqori bosqichida bo'lishi va u
zaruriy yaxshilanish uchun mos muhit yaratishga harakat qilishi kerak. Bu
ko'rinishdagi sardorlar tashkilotning barcha xodimlarini rag'batlantiradi, qo'zg'atadi,
qo'llab-quvvatlaydi, ilgari yetaklaydi va ruhlantiradi.
Dostları ilə paylaş: |