Navoiy davlat konchilik instituti ashurova n. B. Atamuradov sh



Yüklə 4,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/175
tarix18.09.2023
ölçüsü4,58 Mb.
#145253
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   175
K i r i s h
O’zbekistonda keyingi yillarda barqaror iqtisodiy o’sish sur’atlari 
ta’minlanmoqda va hukumat tomonidan uni mustahkamlash borasida yangi ustuvor 
vazifalar 
belgilanmoqda. 
Prezidentimiz 
ta’kidlaganidek, 
makroiqtisodiy 
barqarorlikni yanada mustahkamlash va iqtisodiy o’sishning yuqori sur’atlarini 
saqlab qolish, jumladan, davlat byudjeti barcha darajada mutanosib, milliy valyuta 
va ichki bozordagi narx darajasi barqaror bo’lishini ta’minlash – eng muhim ustuvor 
vazifamizdir
1

Ma’lumki, har qanday davlat iqtisodiy muhitni tashkil etuvchi ma’lum bir 
institutlar doirasida faoliyat yuritadi va o’zgarib boradi. O’zbekistonda bosqichma-
bosqich amalga oshirilgan islohotlar jarayonida iqtisodiyotning yangi xo’jalik 
yurituvchi sub’ektlari – yirik aksiyadorlik jamiyatlari, xolding kompaniyalar va 
xususiy mulkchilikning turli shaklidagi korxonalar barpo etilmoqda. Shu bilan bir 
vaqtda ular faoliyat yuritishini belgilovchi me’yoriy hujjatlar (konstitutsiya, 
qonunlar, farmonlar va boshqalar)ni va norasmiy cheklovlarni o’z ichiga oluvchi 
institutsional muhit yaratilmoqda. Ana shu muhit jamiyatda mulkchilik, ishlab 
chiqarish va taqsimot munosabatlarini takomillashuviga, moddiy, tabiiy va mehnat 
resurslaridan samarali foydalanishga kuchli ta’sir ko’rsatadi.
Iqtisodiyot sohasida oldimizda turgan vazifalar haqida gapirganda, avvalo keng 
qamrovli iqtisodiy islohotlar negizida quyidagi maqsadlar mujassam ekanini qayd 
etish lozim: 
– ochiq iqtisodiyot, sog’lom raqobat, ishbilarmonlik va investitsiya muhitini 
tubdan yaxshilash uchun zarur sharoitlarni yaratish;
– iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy sektorni jadal 
rivojlantirish orqali yangi ish o’rinlarini ko’paytirish; 
– iqtisodiyotni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, mehnat unumdorligini 
oshirish orqali yuqori iqtisodiy o’sishni ta’minlash; 
1
Тanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi 
kerak. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Vazirlar Mahkamasining mamlakatimizni 2016 
yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng 
muhim ustuvor yo’nalishlariga baғishlangan majlisidagi ma’ruzasi. 



– “yashirin” iqtisodiyotga qarshi kurashish, uning hajmini keskin qisqartirish; 
– valyutani erkinlashtirish siyosatini izchil davom ettirish, barqaror monetar 
siyosatni amalga oshirish; 
– iqtisodiyotni rivojlantirishga doir strategik vazifalarni ro’yobga chiqarishga 
qodir malakali kadrlarni tayyorlash.
2
Yuqorida keltirilgan maqsad va vazifalarni amalga oshirishda iqtisodiy 
muhitni faollashtirish, faoliyat ko’rsatayotgan iqtisodiyotni rivojlantirish 
qonuniyatlarini belgilashning samarali vositasi zarur. Ana shunday vosita bo’lib 
tadbirkorlik sohasini, jumladan korxonalar iqtisodiyotini tashkil etish va ularni 
boshqarish hisoblanadi. 
Shuningdek, iqtisodiy jarayonlar takomillashib borayotgan xozirgi davrda 
zamonaviy mutaxassis keng qamrovli bilimlarga ega bo’lishi, nazariy bilimlarni 
amaliy vazifalar bilan bog’lay olishi va o’z tanlagan sohasi bo’yicha haqiqiy 
bilimdon bo’lishi lozim. Jumladan, bozor iqtisodiyotida samarali faoliyat ko’rsata 
oladigan va inqirozga qarshi boshqaruv ko’nikmalarini chuqur egallagan 
raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash O’zbekistonning buyuk kelejak sari dadil 
odimlarini ta’minlashda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’lgan omillardan biri 
sanaladi. Bu oliy maqsadga erishish talabalardan o’z ustida tinmay ishlashni, nazariy 
va amaliy bilimlarni doimiy ravishda boyitib borishni, ishlab chiqarish 
iqtisodiyotini, uni oqilona tashkil etish va boshqarish ko’nikmalarini chuqur 
o’zlashtirishni talab qiladi. 
Ushbu o’quv qo’llanma bakalavriatning noiqtisodiy yo’nalishlari bo’yicha 
tahsil olayotgan talabalarga “Korxona iqtisodiyoti va menejmenti” fanidan ma’ruza 
va amaliy mashg’ulotlarga tayyorlanish uchun ko’maklashadi. 
Qo’llanmaga oid fikr-mulohazalarni mualliflar minnatdorchilik bilan qabul 
qiladi. 
2
2019 yilda mamlakatimizni rivojlantirishning eng muhim ustuvor vazifalari to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasi 
Prezidentining Parlamentga Murojaatnomasi 




Yüklə 4,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin