Navoiy davlat konchilik instituti ashurova n. B. Atamuradov sh



Yüklə 4,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/175
tarix18.09.2023
ölçüsü4,58 Mb.
#145253
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   175
MENEJMENT 



Bozor iqtisodiyoti rahbarlarga va mutaxassislarga yangi iqtisodiy fikrlashni, 
yangicha ish yuritishni, minglarcha sub’ektlar va iste’molchilar bilan o’z faoliyatini 
muvofiqlashtirish, iqtisodiy jarayonlarni o’z manfaati va maqsadiga yo’naltirish, 
ularni chuqur tahlil qilish, kelajak uchun rejalashtirish kabi muammolarni hal qilish 
yo’llarini bilish talablarini qo’yadi. Bularsiz raqobatchilik sharoitida har qanday 
korxona, firma inqirozga uchrab qolishi ehtimoldan uzoq emas. 
Menejment mohiyati ishlab chiqarish usuli, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar 
darajasi, ishlab chiqarish kuchlari rivojlanishiga bog’liq holda o’zgaradi. Ishlab 
chiqarish rivojlanishi va iqtisodiy aloqalar murakkablashuvi bilan boshqaruv ham 
murakkablashadi va mustaqil fan sifatda ajralib chiqadi. Ishlab chiqarish vositalariga 
mulkchilikning turli shakllari mavjud bo’lgan sharoitda tovar ishlab chiqaruvchilar 
o’rtasida raqobat vujudga kelib, ishlab chiqarishni boshqarish, foydani 
ko’paytirishga yo’naltiriladi. 
Menejmentning asosini ob’ektiv iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa qonunlarga 
asoslanuvchi xuquqiy ilmiylik tashkil etadi. Bu qonunlarni o’rganish va ularning 
aniq vaziyatlarda namoyon bo’lishini xisobga olgan holda xo’jalik rahbarlari 
respublika xalq xo’jaligini boshqarishning strategiya va taktikasini belgilaydilar. 
Bozor munosabatlariga o’tish ishlab chiqarish va bozorning samarali o’zaro 
ta’sirini, davlat boshqaruvi va korxonalarning o’z-o’zini boshqarishning mutanosib 
nisbatda bo’lishini ta’minlovchi takomillashgan xo’jalik mexanizmini yaratishga 
yo’naltirilgandir. Davlat menejmentining asl maqsadi barqaror ijtimoiy 
yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotini kuchli demokratik xuquqiy davlat va fuqarolik 
jamiyatini qurishdan iboratdir. 
Qadimiy Sharqda eramizdan 3000 yillar oldin narsalarni kiraga berish, undan 
foyiz olish kabi faoliyatlar ishlatilgan. Qadimiy Yegipitliklar, Greklar oldi-sotdi
pul, baho, savdo, foyda, kredit kabi iqtisodiy kategoriyalarni ishlatganlar. O’zbek 
tilidagi «Iqtisod» so’zi Grekcha «Oykonomika» (ekonomika), ya’ni «Oykos» - uy, 
xo’jalik va «nomos» - qoida, tartib, qonun mazmunini bildiruvchi so’zlar 
birlashmasidan olingan bo’lib, uy xo’jaligini yuritish Qonuni mazmunini 
bildirishligi bejiz emas. Shuning uchun iqtisodiy fanlar o’rganadigan kategoriyalar 


10 
qadimgi sharq olimlari qalamiga mansub bo’lgan asarlarda uchraydi (Suqrot, 
Kesnofont, Platon, Aristotel, Epikur). 
Markaziy Osiyo allomalarining asarlarida iqtisodiyotga taalluqli g’oyalar, 
xo’jalik yuritish bo’yicha fikrlar ko’pdan ko’p uchraydi. Ularning qatoriga Farobiy, 
Ibn Sino, Beruniy, Yusuf Хos Hojib, Amir Тemur, Ulug’bek, Bobur kabi 
mutafakkirlarni ijodlari kiradi. Misol uchun Amir Тemur Тuzuklarini keltirish 
mumkin. Тemur Тuzuklarida iqtisodiyotga, davlatni boshqarishga oid va hozirgi 
zamonda ham o’z faoliyatini yo’qotmagan iqtisodiy muammolarni hal qilish yo’l-
yo’riqlari, qoidalarini topish mumkin. Unda davlatni tarkibiy tuzilishidan tortib
davlat byudjeti daromadlari va xarajatlarini shakllantirish, mehnatni taqdirlash, 
maosh to’lash, soliq undirish, jarimalar, inomu-ehsonlar to’g’risida ma’lumotlar 
keltirilgan. 
Insoniyat tarixiga ko’z tashlasak, jamiyatni tashkil qilinishida siyosiy va 
iqtisodiy jihatlaridagi farqlari aniqlanadi. 
Siyosiy hayotda tarixan ongli (fahm orqali) tartibga solish orqali jamiyatni 
boshqarish boshlangan. Davlat boshqaruvi g’oyasi o’sha davrlardanoq dohiy (qabila 
boshlig’i), qariyalar kengashi, xalq majlisi kabilarda o’z aksini topgan. 
Ijtimoiy-madaniy taraqqiyot rivojlanishi bilan davlat boshqaruv funksiyalari 
mustahkamlanib va turg’unlanib borgan. Iqtisodiy hayotda bunday emas. Ibtidoiy 
jamoa davridan to kapitalistik tizimgacha bir biri bilan ongli ravishda birlashmagan 
yakka ongli xo’jaliklarni kuzatamiz. Har bir xo’jalik sub’ektlari o’z tashabbusi, o’z 
ixtiyoricha, tavakkalchiligiga asosan ish yuritgan. Ularning birligi, jamiyatning va 
xalq xo’jaligining iqtisodiy jihatdan birligi yakka xo’jalik yurituvchilarning o’zaro 
iqtisodiy munosabatlari orqali amalga oshirilgan. 
Ijtimoiy mehnat taqsimoti chuqurlashi, bozor munosabatlari shakllanishi bilan 
xo’jalik yuritishni ongli ravishda tartibga solish g’oyasi tug’ila boshlaydi. Chunki 
uyushtirilmagan iqtisodiy faoliyatni (minglagan xo’jalik sub’ektlarini) ongli 
ravishda tartibga solmaslik ijtimoiy halokatlarga olib kelishi mumkin. 


11 

Yüklə 4,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin