15
ishlatilganda umumiylikdan xususiylikka qarab fikr yuritiladi va tadqiqot olib
boriladi.
Analiz va sintez
grekcha «analisys» va «sinthesis» so’zlaridan olingan bo’lib,
analiz - bo’lish, ajratish va sintez - muvofiqlik, munosiblik ma’nosini bildiradi.
Analiz va sintez tadqiqot usuli bo’lib, umumiy mazmunni yaxlitlikni alohida tarkibiy
bo’limlarga (xususiylikga) ajratish va yaxlitlikni alohida tarkibiy bo’limlardan
yaratish jarayoniga tushuniladi. Bular ham tadqiqotni logik uslublaridandir.
Iqtisodiy amaliyotda bu usullardan keng foydalaniladi. Bunga asos bo’lib «Iqtisodiy
tahlil nazariyasi», «Хo’jalik faoliyatining iqtisodiy tahlili» degan fanlarning
mavjudligi hisoblanadi.
Korxona iqtisodiyoti ilmiy fan sifatida yuqorida keltirilgan falsafaning
usullaridan va boshqa fanlarda ishlatiladigan ko’p arsenalli usul va uslublarni o’z
predmetini o’rganishda ishlatadi. Тabiiy yo’naltirilishi bo’yicha bu usul va uslublar
iqtisodiy jarayon va hodisalarni tahlil qilish, ilmiy tadqiqot o’tkazish, prognozlash,
rejalashtirish qurollari sifatida ishlatiladi. Bir qator alomatlari bo’yicha bu usullar
son va sifat tahlili, solishtirish, kuzatish, eksperiment o’tkazish, tizimli tahlil,
modellashtirish, estropolyatsiya, interpolyatsiya kabilarga bo’linadi. Bular bilan bir
qatorda statistik, matematik bashorat (gipoteza) usullari keng ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: