Korxonaning
maqsadi
Х - darajadagi
foyda yoki daromad olish
U - darajadagi talab yoki
ehtiyojni qondirish
28
Iqtisodiyotning erkinlashtirilishi sharoitida korxonalar faoliyatining asosiy
yo’nalishlari quyidagilardir:
- bozorni har tamonlama o’rganish asosida mavjud mahsulot (ish,
xizmat)larga bo’lgan va kelajakda paydo bo’ladigan talabni aniqlash va o’z
istiqbolini belgilash;
- mahsulotlarni reklama qilish, o’rash, turli texnik xizmatlar ko’rsatishni
tashkil etish;
- mahsulot (ish, xizmat)larning yangi turlarini va modellarini yaratish nuqtai
nazaridan ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish;
- iste’molchilar talabiga mos keladigan mahsulotlar ishlab chiqishni tashkil
qilish;
- ishlab chiqarishni muvofiqlashtirish, rejalashtirish, dasturlash va
moliyalashtirish;
- mahsulotlarni sotish tizimini tashkil etish va takomillashtirish;
- korxona boshqaruvini takomillashtirish va boshqalar.
Bozor tizimida iqtisodiy sub’ektlarning bir-biri bilan oldi-sotdi
munosabatlarining predmetlarini keltiramiz (2.1-jadval).
Bozor sub’ektlarining oldi-sotdi predmetlari
2.1-jadval
Bozor sub’ektlari
Sotish predmetlari
Sotib oladigan predmetlari
1. Davlat
Yer, yer osti boyliklari,
suvlar, havo bo’shlig’i,
o’simliklar va hayvonot
dunyosi, uy-joy, litsen-
ziya, davlat tashkilot-lari
va
muassalarining
xizmatlari
Davlat va jamiyatga zarur
bo’lgan
tovarlar
(davlat
boshqaruv
organlari,
mudofaaga
va
hokazolar),
ishchi kuchi, jihozlar, fan-
texnika yutuqlari va boshqalar
2. Korxona
Тovarlar, xizmatlar, o’ziga
tegishli moddiy ne’matlar,
intellektual mulk
Yer, tabiiy boyliklar, moddiy
resurslar,
ishchi
kuchi,
tovarlar,
xizmatlar,
29
qimmatbaho qog’oz-lar va
hokazolar.
3. Uy xo’jaligi
Ishchi kuchi (mehnat),
o’ziga tegishli moddiy
ne’matlar,
tovarlar,
xizmatlar
Iste’mol tovarlari, xiz-matlar,
moddiy ne’matlar
Тashkiliy iqtisodiy nuqtai nazardan qaraganda
korxona
- moddiy, mehnat
va moliyaviy resurslar majmuasidan iborat bo’lib, u tadbirkorlik faoliyati asosida
tashkil qilinib, mahsulot ishlab chiqish, biron bir ish yoki xizmatni aholining,
bozorning talablarini qondirish va foyda olish maqsadida yoki sotsial ahamiyatga
ega bo’lgan funksiyasini bajarishdir. Shunday qilib korxona xo’jalik sub’ekti bo’lib,
uning maqsad va vazifalari tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanishdan kelib
chiqadi.
Korxona tushunchasining muhim tamonlaridan biri, faoliyatidagi barcha
masalalar bo’yicha qarorlar qabul qilish huquqiga egalik qiladi, o’z harakatlariga
javobgar hisoblanadi. Bu nuqtai nazardan korxona jamiyatning mustaqil xo’jalik
sub’ekti sifatida namoyon bo’ladi.
Korxona tushunchasining huquqiy maqomi mavjud bo’lib, u albatta huquqiy
shaxs bo’lishi shart. Huquqiy shaxs sifatida korxonaga O’zbekiston
Respublikasining “Хususiy korxona to’g’risida”gi qonunining 3-moddasida
quyidagicha ta’rif berilgan:
Mulkdor yagona jismoniy shaxs tomonidan tuzilgan va boshqariladigan
tijoratchi tashkilot xususiy korxona deb e’tirof etiladi. Хususiy korxona tadbirkorlik
sub’ektlarining tashkiliy-huquqiy shaklidir.
Хususiy korxona o’z mulkida alohida mol-mulkka ega bo’ladi, o’z nomidan
mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo’lishi hamda ularni amalga oshirishi,
majburiyatlarni bajarishi, sudda da’vogar va javobgar bo’lishi mumkin.
Хususiy korxona o’z majburiyatlari bo’yicha o’ziga qarashli butun mol-mulk
bilan javob beradi.
30
Хususiy korxona mulkdori korxonaning mol-mulki yetarli bo’lmagan
taqdirda xususiy korxonaning majburiyatlari bo’yicha o’ziga qarashli mol-mulk
bilan qonun hujjatlariga muvofiq subsidiar javobgar bo’ladi.
4
“Huquqiy shaxs huquqiga ega bo’lgan, mulkchilik huquqi yoki xo’jalikni
to’la yuritish huquqi bo’yicha o’ziga qarashli mol-mulkdan foydalanish asosida
mahsulot ishlab chiqaradigan va sotadigan yoki mahsulotni ayriboshlaydigan
ishlarni bajaradigan, xizmat ko’rsatadigan, bellashuv hamda mulkchilikning barcha
shakllari teng huquqligi sharoitida amaldagi qonunlarga muvofiq, o’z faoliyatini
ro’yobga chiqaradigan mustaqil xo’jalik yurituvchi sub’ekt korxona hisoblanadi”.
Korxona huquqiy shaxs maqomiga ega bo’lish uchun quyidagi talablarga
javob berishi kerak:
birinchidan,
faoliyat yuritish yoki boshqarish uchun birinchidan, mol-mulkiga
ega bo’lishi;
ikkinchidan,
majburiyatlariga mol-mulki bilan javob berish;
uchinchidan,
mulkni sotish, sotib olish;
to’rtinchidan,
mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarni amalga oshirish;
beshinchidan,
sudda javobgar va talabgar bo’lishi mumkinligi;
oltinchidan,
mustaqil xo’jalik balansiga ega bo’lish.
Тashkiliy birlik- bu huquqiy shaxsning huquq sub’ekti sifatida tashqil
bo’lganligini, muayyan huquq va majburiyatlarga ega bo’lishini bildiradi. Huquqiy
shaxsning tashqiliy jihatdan tuzilishi (strukturasi)ni ko’rsatadigan nizomi (ustavi)
bo’lishi kerak. Ba’zi davlat muassasalari va davlat byudjetida bo’lgan boshqa davlat
tashqilotlari, shuningdek qonunda nazarda tutilgan hollarda, boshqa tashqilotlar ham
alohida nizomga ega bo’lmay, mazkur turdagi tashqilotlar haqidagi umumiy nizom
asosida ish olib borishlari mumkin.
Huquqiy shaxslarning ayrim filiallari (xo’jalik bo’limlari, uchastkalari,
agentliklari) ma’lum tizimga ega bo’lgan, muayyan tarzda tashqil etilgan bo’lsa
ham, ular butun bir tashqilot (korxona, muassasa) ishiniig bir qisminigina bajaruvchi
4
O‘zbekiston Respublikasining “Xususiy korxona to‘g‘risida”gi qonuni. 2003 yil 11 dekabr, 558-II-son
31
tashqilotlar bo’lishi tufayli huquqiy shaxs bo’la olmaydi. Masalan, universitetning
bir fakulteti muayyan tartibda tashqil topib, ish olib borish tartibi kafedra a’zolari
o’rtasidagi o’zaro munosabatlar, dekanning vakolatlari belgilangan bo’lsa ham
huquqiy shaxs hisoblanmaydi.
Mulkiy mustaqillik- fuqarolik huquqining sub’ekti bo’lishi uchun huquqiy
shaxs hisoblangan har qaysi tashqilotning o’ziga xos mulki bo’lishi, har qaysi davlat
tashqilotining o’ziga biriktirilgan mulki bo’lishini taqozo qiladi. Boshqacha
aytganda, huquqiy shaxslar mustaqil balans yoki smetaga ega bo’lishlari kerak
(FKning 39-modda 2-bandi).
Davlat tashqilotlari davlatga qarashli mulkni to’la xo’jalik yuritish yoki
operativ ravishda boshqarish huquqigagina egadir, jamoa xo’jaliklari, boshqa
kooperativ va jamoa tashqilotlari, ularning birlashmalari o’zlariga mulk huquqi
asosida tegishli bo’lgan mulkni egallaydi. Alohida mulkka ega bo’lmagan yoki
mustaqil ravishda boshqara olmaydigan va sababli boshqa shaxslar bilan xo’jalik
munosabatlarida bo’la olmaydigan tashqilotlar fuqarolik huquqining sub’ekti
hisoblanmaydi.
Mustaqil mulkiy javobgarlik - shundan iboratki, huquqiy shaxs hisoblangan
tashqilot o’z majburiyatlari yuzasidai o’ziga tegishli bo’lgan (davlat tashqiloti esa,
o’ziga biriktirib qo’yilgan) mulki bilan javob beradi. Huquqiy shaxs hisoblangan
davlat tashqilotlarining majburiyatlari yuzasidan davlat javobgar bo’lmaydi
aksincha, bu tashqilotlar ham davlat tashqilotlari majburiyati yuzasidan javobgar
bo’lmaydilar. Davlat byudjetida turadigan tashqilotlarning qarzini qoplash, mablag’
berish shartlari va tartibi O’zbekiston Respublikasi qonuni bilan belgilanadi.
Huquqiy shaxsning yuqori organi o’ziga qarashli shaxs hisoblangan
tashqilotlarning qarzlari yuzasidan javobgar bo’lmaydi. Ammo huquqiy shaxsning
yuqori organi o’ziga bo’ysunadigan tashqilotlarning qarzlari uchun qonunda yoki
Nizomda nazarda tutilgan hollarda javobgar bo’lishi mumkin. Quyi tashqilotlar ham
o’zlarining yuqori tashqilotlari majburiyatlari yuzasidan javobgar bo’lmaydilar.
32
Huquqiy shaxslar qarzlari uchun o’zlarining har qanday mulklari bilan emas,
faqat O’zbekiston qonuni bilan ko’rsatilgan xaq undirib olishi mumkin bo’lgan
mulki bilangina javobgar bo’ladilar.
Huquqiy shaxslarning quyi va yuqori organlari vakolatlari javobgarligini
o’zlari belgilagan, davlat tomonidan tasdiqlangan hujjatlarida ko’rsatib, belgilab
berilgan.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, korxonaga quyidagicha ta’rif berish nazariy va
amaliy nuqtai nazardan maqsadga muvofiq bo’ladi deb hisoblaymiz.
Dostları ilə paylaş: |