Navoiy davlat konchilik instituti ashurova n. B. Atamuradov sh


ob’ektlari va  sub’ektlari



Yüklə 4,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/175
tarix18.09.2023
ölçüsü4,58 Mb.
#145253
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   175
ob’ektlari
va 
sub’ektlari
faoliyatning alohida ko’rinishi sifatida 
boshqaruvning muhim elementlari hisoblanadi. Bu aloqani quyidagi tarzda chizma 
yordamida ko’rsatish mumkin: 
2.2.-chizma. Boshqaruv ob’ekti va sub’ektining o’zaro aloqasi 
Korxonada boshqaruvning ta’siri 
boshqaruv ob’ektiga
yo’naltirilgan bo’lib,
 
ishlab chiqarish va xo’jalik yuritish jarayonlari, ishab chiqarish uskunalarini 
ekspluatatsiya qilish, turli miqyosdagi mehnat kooperatsiyasi va hokazolar 
boshqaruv ob’ekti
bo’lishi mumkin. 
Boshqaruv sub’ekti
esa qoidaga ko’ra, 
korxona rahbari
yoki boshqaruv ob’ektlarini maqsadli ravishda boshqarishni 
amalga oshiruvchi 
xizmat rahbarlaridir
. Agar yuqorida keltirilgan misolga 
qaytadigan bo’lsak, orkestr, bu – boshqaruv ob’ekti, dirijer esa, boshqaruv 
sub’ektidir. 
Boshqaruv ob’ektlari va sub’ektlari doimo o’zaro aloqada bo’lib, bunda asosiy 
o’rin boshqaruv ob’ektiga, ya’ni boshqaruvchi tizimga ajratiladi. Boshqaruv 
ob’ektining mazmuni, unda yuz berayotgan o’zgarishlar boshqaruv sub’ekti 
vazifalari va harakatlarini belgilab beradi. Bu esa boshqaruv shakllari va usullarini 
mukammallashtirishda aks etadi.
Korxonaning 
nima, qachon, qayerda, kimga ishlab chiqarish
bilan bog’liq 
bo’lgan siyosati, birinchi o’rinda boshqaruv sub’ekti tomonidan hal qilinadi. Shu 
sababli, boshqaruv ob’ektlari va sub’ektlari orasidagi aloqa, jumladan, ularning ichki 
tashkil qilinishi qanchalik mustahkam bo’lsa, bir xil sharoitlarda ishlab chiqarish 
hamda boshqaruv tizimining samaradorligi shunchalik yuqori bo’ladi. 
Boshqaruv faoliyati
- boshqaruvchi shaxs yoki organ tomonidan boshqaruv 
amallarini bevosita va bilvosita komandalar (buyruq, tavsiya va ko’rsatmalar) 
shaklida ishlab chiqish va amalga oshirishdir.

Yüklə 4,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin