Navoiy davlat konchilik instituti ashurova n. B. Atamuradov sh


Korxonani tashkil etish va davlat ro’yxatidan o’tkazish



Yüklə 4,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/175
tarix18.09.2023
ölçüsü4,58 Mb.
#145253
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   175
2.2. Korxonani tashkil etish va davlat ro’yxatidan o’tkazish 
Yangi korxonani tashkil qilish quyidagi tashkiliy tamoyillar asosida amalga 
oshiriladi: 

korxonani tashkil qilish fikrining paydo bo’lishi; 

korxona muassislarini tanlash; 

taklif qilinayotgan mahsulotga bozordagi talabni o’rganish; 

korxona Nizom jamg’armasini tuzish uchun moliya manbalarini aniqlash; 


38 

korxonaning ta’sis hujjatlari va biznes-rejasini tayyorlash; 

davlat ro’yxatidan o’tish, soliq idoralarida ro’yxatdan o’tish. 

muhr, shtamp va boshqa rekvizitlarni tayyorlash; 
Korxonani barpo etilishi o’ziga xos tashkiliy bosqichlardan iborat bo’ladi. 
Korxonani tuzilishi uni yaratish to’g’risida tug’ilgan g’oyani asoslashdan boshlanadi 
va quyidagi ketma-ketlikda keltirilgan ishlar bajariladi: 
- korxonani ta’sis etuvchilari aniqlanadi, ularni shartnomasi tuziladi; 
- ishlab chiqaradigan mahsulot yoki xizmat turini belgilash; 
- korxonaning moliyaviy resurslari manbalarini aniqlash; 
- korxonaning Ustav va Nizomini rasmiylashtirish; 
- korxonani biznes-rejasini ishlab chiqish; 
- korxona muhri, shtampi va boshqa rekvizitlarini tayyorlash; 
- korxonani soliq organidan ro’yxatdan o’tkazish; 
- bankda hisob raqamini ochish, bank bilan shartnoma tuzish; 
- korxonalar ajratmalar o’tkazishi majbur bo’lgan, Respublikada mavjud maqsadli 
jamg’armalarda hisobga qo’yilishi; 
- korxonani davlat ro’yxatidan o’tkazish va ro’yxatdan o’tganlik to’g’risida hujjat 
olish. 
2017 yil 9 fevralda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 66-son
Qarori bilan tasdiqlangan “Тadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro’yxatidan o’tkazish 
tartibi to’g’risida” Nizomga ko’ra mamlakatimizda 
Тadbirkorlik sub’ektlarini 
davlat ro’yxatidan o’tkazish va hisobga qo’yishning avtomatlashtirilgan 
tizimi
ya’ni, tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro’yxatidan o’tkazishni, shuningdek 
ro’yxatdan o’tkazuvchi organlar va vakolatli tashkilotlarning ushbu jarayondagi 
elektron hamkorligini ta’minlovchi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari 
kompleksi tashkil qilindi. 
Тizim orqali quyidagilar amalga oshiriladi: 
-
davlat ro’yxatidan o’tkazish; 
-
qayta tashkil etish yo’li bilan tashkil etilayotgan tadbirkorlik sub’ektlarini 
davlat ro’yxatidan o’tkazish; 


39 
-
qayta ro’yxatdan o’tkazish; 
-
davlat ro’yxatidan o’tkazish, qayta ro’yxatdan o’tkazish uchun davlat bojini 
to’lash; 
-
ro’yxatdan o’tkazilganligi to’g’risidagi guvohnomani erkin olish; 
-
yakka tartibdagi tadbirkor faoliyatini vaqtincha to’xtatib turish va tiklash 
to’g’risida ariza topshirish; 
-
ro’yxatdan o’tkazuvchi organlar va vakolatli tashkilotlarning belgilangan 
tartibdagi hamkorligi; 
-
ro’yxatdan o’tkazuvchi organlar va vakolatli tashkilotlarni, shuningdek davlat 
va xo’jalik boshqaruvi organlarini tadbirkorlik sub’ektining manzili (joylashgan 
joyi, yashash joyi) o’zgarganligi to’g’risida xabardor qilish; 
-
«tadbirkorlik sub’ektining shaxsiy kabineti»ni ochish va undan erkin 
foydalanish; 
-
Reestrdan ko’chirma, so’ralayotgan hujjat, tadbirkorlik sub’ektlarining 
ro’yxati yoki so’ralayotgan ma’lumotning va (yoxud) hujjatning mavjud emasligi 
to’g’risidagi ma’lumotnoma shaklidagi aniq tadbirkorlik sub’ektlari haqida 
ma’lumot so’rash va olish. 

Yüklə 4,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin