Navoiy davlat konchilik instituti ashurova n. B. Atamuradov sh


II. Тadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro’yxatidan qayta o’tkazish



Yüklə 4,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/175
tarix18.09.2023
ölçüsü4,58 Mb.
#145253
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   175
II. Тadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro’yxatidan qayta o’tkazish
3.
Dehqon xo’jaligi, oilaviy tadbirkorlik va 
hunarmandchilik faoliyati sub’ektlari boshlig’i 
o’zgarganda 
real vaqt rejimida, lekin 
30 minutdan oshmagan 
vaqtda 
4.
Тa’sis hujjatlariga ustav fondi miqdorining 
oshirilishi, ulushning (hissaning) boshqa 
shaxsga o’tishi bilan bog’liq bo’lgan 
o’zgartirish va qo’shimchalar kiritilganda 
16 ish soatidan oshmagan 
vaqtda 
5.
Ro’yxatdan o’tkazish ma’lumotlariga (ta’sis 
hujjatlariga) kiritilayotgan boshqa 
o’zgartirishlar va (yoki) qo’shimchalar 
kiritilganda 
real vaqt rejimida, lekin 
30 minutdan oshmagan 
vaqtda 


51 
3 - m a v z u . S a n o a t t a r m o q l a r i k o r x o n a l a r i n i n g i s h l a b
c h i q a r i s h f o n d l a r i v a i s h l a b c h i q a r i s h q u v v a t i
Darsning maqsadi:
Talabalarda asosiy fondlarning iqtisodiy mohiyati va 
tartibi, ishlab chiqarish vositalari va ularning tavsifi, asosiy fondlar amortizatsiyasi 
va ulardan foydalanish ko’rsatkichlari kabilarni asosiy tayanch so’z va iboralar 
hamda masalalar, muammoli savollar, krossvord va boshqotirmalar yechish orqali 
bilim va ko’nikmasini shakllantirishga ko’maklashishdan iborat. 
Asosiy ma’lumotlar
3.1. Asosiy fondlarning iqtisodiy mohiyati va tarkibi 
Korxonalarning asosiy belgisi ularning o’zlariga tegishli mulkning 
mavjudligidir. Aynan shu narsa korxonalarning moddiy- texnik imkoniyatlarini 
belgilab beradi hamda ularning iqtisodiy erkinligi va kelajagini taminlaydi. 
Muayyan mulkdan foydalanmasdan hech bir korxona o’zining xo’jalik faoliyatini 
amalga oshira olmaydi.
Korxonalar egalik qiladigan mulk ko’chmas va ko’chirib bo’ladigan
mulklarga ajraladi. Ko’chmas mulkka yer uchastkalari, yer osti boyliklari, maxsus 
suv ob’ektlari va umuman yer bilan bog’liq bo’lgan buzilmas narsalar, shu jumladan 
o’rmonlar, ko’p yillik daraxtlar, inshootlar, binolar kiradi. Ko’chirib bo’ladigan 
mulkka ko’chmas mulkka kirmaydigan narsalar hamda pul mablag’lari va qimmatli 
qog’ozlar kiradi. 
Korxona mulkini aylanma aktivlar va uzoq muddatli aktivlarga ham ajratish 
mumkin. Bunda korxona mulkining nafaqat ijtimoiy ko’rinishi balki ishlab chiqarish 
jarayonidagi roli, ahamiyati va korxona iqtisodiyotiga tasiri ham hisobga olinadi. 
Uzoq muddatli aktivlar yirik va o’rta korxonalar mulkining 65-85% ini tashkil 
qiladi. Uning tuzilishi 3.1-chizmada keltirilgan.
Uzoq muddatli aktivlar korxona xo’jalik faoliyatida uzoq muddat mobaynida 
qatnashadi. Bu amortizatsiya jarayonining davomiyligi va aylanma tezligining 


52 
sekinligi bilan bog’liq. Shuning uchun ular uzoq muddatli yoki sekin aylanadigan 
aktivlar yoki immobilizatsiya fondlari deb ataladi.
Korxonalarda uzoq muddatli aktivlarning tuzilishi va tarkibi bir-biridan 
jiddiy farq qiladi. Biroq, barcha korxonalar uzoq muddatli aktivlari tarkibida asosiy 
fondlar salmoqli hissani tashkil etadi. 
3.1-chizma.

Yüklə 4,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin