Navoiy davlat konchilik instituti ashurova n. B. Atamuradov sh


Davlat ro’yxatidan o’tkazish tartibi



Yüklə 4,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/175
tarix18.09.2023
ölçüsü4,58 Mb.
#145253
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   175
Davlat ro’yxatidan o’tkazish tartibi. 
Тadbirkorlik su’ektini Davlat 
ro’yxatidan o’tkazish uchun ariza beruvchi «biznesni ro’yxatdan o’tkazish» — 
davlat xizmatini tanlaydi va davlat ro’yxatidan o’tkazish uchun quyidagi belgilangan 
ariza shakllari bo’yicha: 
-
shaxs tashkil etmagan tadbirkorlik sub’ektlarining (yakka tartibdagi tadbirkor); 
-
tadbirkorlik sub’ektlari — yuridik shaxslarning uni ko’rsatishga so’rovnomani 
shakllantiradi. 
Ariza beruvchi tomonidan so’rovnoma shakllantirilishi bosqichma-bosqich 
amalga oshiriladi. Ariza beruvchi so’rovnomani so’ralayotgan ma’lumotlarni 
kiritish va Тizim tomonidan umumiy ma’lumotnomadan taklif etilayotgan 
ma’lumotlarni tanlash yo’li bilan shakllantiradi. Ariza beruvchi so’rovnomani 
shakllantirishni istalgan bosqichda to’xtatish yoki davom ettirish huquqiga ega. 


40 
Davlat axborot resurslarida mavjud bo’lgan ma’lumotlar, ariza beruvchining 
Yagona identifikatsiyalash tizimidan olingan haqiqiy shaxsiy ma’lumotlarini 
inobatga olgan holda Тizim tomonidan avtomatik tarzda shakllantiriladi. Тizim har 
bir bosqichda so’rovnomada shakllantirilgan ma’lumotlarni saqlab boradi. 
Shundan so’ng ariza beruvchi tomonidan firma nomini tanlash bir xilligining 
tekshirilishi Тizim tomonidan avtomatik tarzda amalga oshiriladigan, lotin 
alifbosidagi erkin firma nomlaridan so’rovnoma shakllantirilganda amalga 
oshiriladi. 
Тizim vositasida davlat ro’yxatidan o’tkazish uchun tegishlicha 
so’rovnomaga davlat tilidagi ta’sis hujjatlari
5
qilinadi: 
Ariza beruvchi ta’sis hujjatlarini o’z ixtiyoriga ko’ra qonun hujjatlari 
talablarini inobatga olgan holda namunaviy shakllar asosida yoki boshqa shakllarda 
rasmiylashtirish huquqiga ega. 
So’rovnomaga ilova qilinayotgan hujjatlar elektron hujjat shaklida bo’lishi 
kerak. 
Ro’yxatdan o’tkazuvchi organga so’rovnomani qog’ozda rasmiylashtirilgan 
hujjatlarning «PDF» (portable document format) formatida skaner qilingan 
nusxalari shaklida ilova qilgan holda jo’natishga yo’l qo’yiladi. 
Davlat ro’yxatidan o’tkazish (qayta ro’yxatdan o’tkazish) uchun yuborilgan 
so’rovnomalar: 
ikki va undan ortiq muassislari bo’lgan tadbirkorlik sub’ektlari — yuridik 
shaxslarda muassisning so’rovnomada ko’rsatilgan elektron pochta manziliga Тizim 
tomonidan yuborilgan xabarnoma va uning muassisligini Yagona identifikatsiyalash 
tizimi orqali identifikatsiyalashni tasdiqlash yo’li bilan har bir muassisning 
muassislar tarkibiga kiritilganligiga roziligi mavjud bo’lishi kerak; 
muassislari tarkibida O’zbekiston Respublikasi fuqarosi bo’lmagan shaxslar 
ko’rsatilgan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar, chet el sarmoyasi 
ishtirokidagi korxonalar, boshqa tadbirkorlik sub’ektlari — yuridik shaxslarda 
5
Batafsil: 
https://www.norma.uz/uz/qonunchilikda_yangi/tasis_hujjatlarining_namunaviy_shakllari_tasdiqlandi
 


41 
majburiy tartibda ko’rsatilgan shaxslarning elektron raqamli imzosi bilan 
imzolanadi. 
Ariza beruvchi so’rovnoma shakllantirilishi oxiriga yetganidan so’ng stavkasi 
Тizim tomonidan avtomatik tarzda aniqlanadigan davlat bojini to’lashni amalga 
oshiradi: 
Davlat boji to’langan paytdan boshlab ushbu so’rovnoma Тizim 
foydalanuvchisiga — ro’yxatdan o’tkazuvchi organ mas’ul xodimining shaxsiy 
kabinetiga avtomatik tarzda xabarnoma yuboradigan Тizim tomonidan saqlanadi. 
Тizim davlat ro’yxatidan o’tkazish muddatlarida ariza beruvchi tomonidan 
taqdim etilgan ma’lumotlarni tekshiradi va ular Тizimning tegishli ma’lumotlar 
bazalariga muvofiq bo’lganda reestrga avtomatik tarzda tegishli yozuvlar kiritish 
yo’li bilan davlat ro’yxatidan o’tkazishni amalga oshiradi; 
Shundan so’ng muvofiq tegishli shakllar bo’yicha ro’yxatdan o’tkazilganligi 
to’g’risidagi guvohnomani shakllantiradi; 
Ro’yxatdan o’tkazilganligi to’g’risidagi guvohnomada, ta’sis hujjatlarida 
Тizim foydalanuvchisining — ro’yxatdan o’tkazuvchi organ mas’ul xodimining 
ERIsi va QR-kod (matritsali shtrix kod), shuningdek identifikatsiya raqamlari 
bo’lishi kerak. 
Davlat ro’yxatidan o’tganidan so’ng tadbirkorlik sub’ekti qonun hujjatlarida 
belgilangan tartibda bank hisob raqamlarini ochish uchun banklarga murojaat qiladi. 
Bank hisob raqamlarini ochish uchun ro’yxatdan o’tkazilganligi to’g’risidagi 
guvohnomaning, ta’sis hujjatlarining asl nusxalarini va nusxalarini taqdim etish 
talab qilinmaydi. 
Kichik tadbirkorlik sub’ektlari davlat ro’yxatidan o’tkazilganda, shuningdek 
ular tomonidan tadbirkorlik faoliyati amalga oshirilganda muhr va shtamplar, 
shuningdek ularning eskizlarini tayyorlash talab qilinmaydi. 
Korxona davlat ro’yxatidan o’tgan kundan boshlab barpo etilgan deb 
hisoblanadi va huquqiy shaxs maqomini oladi. Ushbu kundan boshlab korxona 
xo’jalik faoliyatini yuritishni boshlashi mumkin bo’ladi. 


42 
Korxonalar agar korxona mulki egasi yoki u tayinlagan vakillik 
organining roziligi bo’lsa, faoliyat yuritayotgan korxona tarkibidan bir yoki bir 
nechta tarkibiy bo’linmalarni, ushbu bo’linmalarning mehnat jamoalari 
tashabbusiga ko’ra, ajratib chiqarish natijasida ham tashkil topishi mumkin. 
Korxona joriy va hisob-kitob raqamlari ochish va ular to’g’risidagi 
holatlarni tasdiqlash huquqiga ega bo’lgan, mustaqil huquqiy shaxs maqomidagi 
sho’’ba korxonalari, filiallar, vakolatxonalar, bo’lim va boshqa tashkiliy 
bo’linmalarni tashkil qilishi mumkin. 
Yangi korxonalarni tashkil qilishning asosiy maqsadlari, birinchidan
ijtimoiy ishlab chiqarishda band bo’lmagan kishilarniig ish joylari bilan ta’minlash, 
ya’ni jamiyatning ijtimoiy muammosini hal qilish; ikkinchidan, siyosiy masalani hal 
qilish bu esa qishloq joylarda milliy ishchilar sinfi vujudga keltirishda o’z aksini 
topadi; va nihoyat uchinchidan, iqtisodiy masalalarni yechish, xalq iste’mol 
tovarlarini ishlab chiqarishni kengaytirish, ularni tanqisligini kamaytirish asosida 
aholining moddiy farovonligini oshirishdan iboratdir. 
Korxonani 

Yüklə 4,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin