Navoiy davlat konchilik instituti ashurova n. B. Atamuradov sh


 Тashkiliy tuzilmalar turlari



Yüklə 4,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə109/175
tarix18.09.2023
ölçüsü4,58 Mb.
#145253
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   175
11.2. Тashkiliy tuzilmalar turlari 
Тashkiliy tuzilmalar juda turli-tuman, lekin ular umumiy izchil bog’liqlikka 
ega va qonuniyatlarga bo’ysunadi. 
Boshqarishning tashkiliy tuzilmasining asosiy to’g’ri chiziqli va funksional 
turlaridir. Ular birikishi asosida turli xil chiziqli-funksional tuzilmalar tarkib topadi. 
 
 
A.
 
Chiziqli B. Funksional 
 
 
Р
Б
1
У
1
У
2
Б
2
У
3
Ф1
Ф2
Ф5
Ф4
Ф3


191 
C. Chiziqli shtabli 
 
 
D. Chiziqli funksional 
11.1-rasm. Boshqaruvning tashkiliy tuzilmalari. 
Shartli belgilar: R - rahbar, B - boshliq, U - usta, F - funksional rahbar, Sh - 
shtab, 1,1; 1,2;1,3 - funksional bo’limlar. 
Chiziqli tuzilma uning quyi boshqaruv bo’g’inlari yuqori bosqichdagi 
rahbarga bevosita buysunishi bilan tavsiflanadi. Chiziqli tuzilmada har bir xodim 
Р
Б1
У1
Б2
У2
Ш
Р
Ф
1
1,1
Р
2
У
1
У
2
У
3
Ф
2
2,1
Ф
3
3,1
Ф
4
4,1


192 
bitta rahbarga buysunadi va yuqori tizim bilan faqat u orqali bog’langan bo’ladi. 
chiziqli tuzilmaning ijobiy tomonlari uning oddiy, ishonchli, kamharjligidir. Har bir 
rahbar butun mehnat jamoasi faoliyati natijalari bo’yicha javobgar. Bu strategik va 
joriy qarorlarni qabul qilish huquqi markazlashishiga olib keladi. 
Chiziqli tuzilmalarni hal etiluvchi masalalar doirasi keng bo’lmagan, bu 
masalalar yechilishi oson bo’lgan hollarda qo’llash maqsadga muvofiqdir. Sof holda 
chiziqli boshqaruv juda kam, asosan, brigada, bo’lim, shirkat, kichik korxonalarda 
qo’llaniladi. 
Chiziqli tuzilmaning asosiy kamchiligi bo’g’inlar koordinatsiyasi puxta 
bo’lmaydi. Rahbar universal mutaxassis bo’lishi va unga buysunuvchi barcha 
bo’g’inlar faoliyatining hamma tomonini qamrab olishi lozim. 
Funksional tuzilma - boshqaruv vazifalarining funksional bo’g’inlar va 
rahbarlar o’rtasida taqsimlanishiga asoslanadi. U boshqaruv murakkablashuvi va 
ixtisoslashuv rivojlanishi bilan bog’liq holda vujudga kelgan. 
Funksional tuzilmada boshqaruvchi ko’rsatmalar nisbatan malakali bo’ladi, 
lekin yakka boshchilik tamoyiliga rioya qilinmaydi. Funksional bo’g’inlar soni 
ortishi bilan har bir bo’g’in mustaqil ravishda hal etuvchi masalalar doirasi torayib 
boradi. Muammoning mohiyati xar bir bo’g’in o’z masalasini birinchi navbatda xal 
qilishdan manfaatdor bo’lishida emas, balki bitta ham bo’g’in bu masalani yetarli 
darajada asoslangan holda va to’g’ri hal kila olmasligi, yechimlar maydalashib, 
to’liq bo’lmay qolishidadir. Bu boshqaruvni marakkablashtirib, uning 
samaradorligini kamaytiradi. 
Chiziqli tuzilmani tashkil etish va funksional tuzilmaning kamchiliklari 
qo’shma, biriktirilgan tuzilmalar - chiziqli-shtabli, chiziqli-funksional va boshqa 
tuzilmalar vujudga kelishiga sabab bo’ldi. 
Chiziqli-shtabli tuzilmada chiziqli tuzilma asos qilib olinadi, lekin 
boshqaruvning quyi bo’g’inga ega xar bir bo’g’inida ayrim muhim muammolar 
bo’yicha shtablar tuziladi. Shtablar malakali qarorlar tayyorlaydilar, lekin chiziqli 
tuzilma rahbari tasdiqlab, quyi darajaga yuboradi. U shtab tavsiyalarini 


193 
koordinatsiya qiladi, muvofiqlashtiradi va natijada boshqaruv sifati yaxshilanadi, 
lekin vazifalar miqdori ko’p bo’lsa. 
Lekin, vazifalar miqdori ko’p bo’lsa, chiziqli tuzilma rahbari vazifalari xam 
ortadi. Shu sababli, amaliyotda boshqa qo’shma tuzilmalar vujudga keldi. Ular 
orasida eng keng tarqalgani chiziqli-funksional tuzilmadir. 
Chiziqli-funksional tuzilmada, funksional zvenolar quyi turgan bo’linmalarga 
o’zlari buyruq bera oladilar, lekin ular kompetensiyasiga taaluqli bo’lgan aniq 
belgilangan savollar bo’yicha. Masalan, rejalashtirish - iqtisodiy bo’limi sex 
boshligiga rejalashtirishni rivojlantirish savollari bo’yicha buyruq berishi mumkin, 
Zavodning bosh buxgalteri esa sexda hisob va hisobotni yaxshilash bo’yicha va h.k. 
Chiziqli funksional tuzilmasining ustunligi uning boshqaruv tamoyillarini buyruq 
berishning yagonaligi tamoyili bilan uzviyligidadir. Lekin bu ustunlik tuzilmada 
aloqalarning murakkab tiplari mavjud: loyiha bo’yicha boshqarish; matritsali 
tuzilma va boshqalar. 
Loyiha bo’yicha boshqarish ishlab chiqarish texnologiyasining o’zgarishi 
bilan bog’liq qayta qurishlar va yangi texnologiyalar kiritilishi zarur bo’lgan 
korxona va tashkilotlarda qo’llaniladi. Bunday qayta qurishni amalga oshirish uchun 
faqatgina shu loyihaga javob beruvchi boshqaruv organi tuziladi. Boshqaruvning 
loyiha bo’yicha organi vaqtinchalik tashkilot hisoblanadi. Unga yuklatilgan 
vazifalar amalga oshirilgandan so’ng u tugatiladi. 
Matritsali tuzilma chiziqli va loyiha bo’yicha boshqaruv tuzilmalarining 
birlashtirilishi natijasida ko’riladi. Chiziqli boshqaruv tamoyili saqlanib qolinadi, 
loyiha bo’yicha boshqarishga mos ravishda esa mavzularni, ilmiy izlanishlar 
bo’yicha dasturlar, loyihalashtirish texnologik tayyorgarlik eksperimental ishlab 
chiqarish mahsulotini tayyorlash, sotish va h.k.lar tashkil qilinadi. 
Boshqaruvni tashkil qilishning matritsali tuzilmasida loyiha yoki dastur 
rahbarlarining faoliyati erkinligi ta’minlanadi, ular oldiga quyilgan masalalar 
maqsadli xal qilinadi. Ishni tashkil qilish bo’yicha rahbarning ma’suliyati 
aniqlanadi, ularning bajarilish muddati, yakuniy natijalar bo’yicha rahbarning 
ma’suliyati aniqlanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida boshqaruv apparatini 


194 
belgilangan darajada qisqartirishga, boshqaruvning xar-xil darajalari va xar bir 
zveno chegarasida alohida darajalarning vazifalari va funksiyalarini aniq ajratish, 
xalq xo’jaligi, korxonalar (firmalar) tarmoqlarining xo’jalik mustaqilligini 
ta’minlashga imkon beradigan yangi tashkiliy tuzilmalar tuziladi. 

Yüklə 4,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin