Navoiy davlat konchilik instituti ashurova n. B. Atamuradov sh


Raqobat asosida narx belgilash



Yüklə 4,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə105/175
tarix18.09.2023
ölçüsü4,58 Mb.
#145253
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   175
 
Raqobat asosida narx belgilash.
Asosiy nuqta sifatida talab yoki harajatlar 
to’g’risidagi ma’lumotlar emas, balki raqobatchilar narxlari qo’llaniladi. Bunday 
usul bir necha sabablarga ko’ra mashhurdir. Birinchidan, u oddiy bo’lib, mahsulot 
birligiga talab egriligi, narx ravonligi yoki harajatlarni hisoblab chiqarishni talab 
etmaydi, ikkinchidan, narxlarning mazkur darajasi haridorlar bilan bir qatorda 
kompaniyalarni ham qoniqtiradi deb taxmin qilinadi.
 
Bozorda o’z o’rnini topgan tovarlarga narx belgilash
Narx belgilash strategiyasi dori preparatining butun hayotiy davri mobaynida 
o’zgarishi lozim.
 
Bozorda mavjud bo’lgan tovarlarga narx belgilash usulini tanlaganda 3 xil 
usulni qo’llash mumkin.
 
Narxni saqlash.
Agar sotuvning katta qismini shakllantiruvchi bozor 
segmenti raqobat va boshqa omillar ta’siriga uchramagan, hamda (va narx belgilash 
maqsadlariga erishilgan bo’lsa), bunday usulni tovarning butun hayotiy davri 
mobaynida qo’llash mumkin. Ushbu usulda narxlarning quyidagi turlari 
qo’llaniladi:
 
Uzoq muddatli narx. Uzoq muddat mobaynida o’zgarishlarga biroz uchragan. 
Narx bunday narxlar odatda ommaviy talabga ega tovarlarga mavjud bo’ladi. 
Elastik (egiluvchan) narx Тalab va taklifning o’zgarishga oshish kabi pasayish 
bilan ham tez ta’sir ko’rsatuvchi narx. 
Iste’molchi segmentining narxi. Bozorning turli segmentlari uchun bir xil 
tovarlarga turli haridorlariga mo’ljallangan har xil narxlar.
 


182 
Narxning pasayishi.
Bu usul raqobat sharoitida himoya tadbiri va agar 
harajatlar kamaysa, xujumkor strategiya bo’lishi mumkin. Ushbu holda quyidagi 
narx turlari qo’llanilishi mumkin: 
O’zgaruvchan pasayadigan narx. Тalab va taklifni hisobga olishga asoslanadi. 
Bozor to’lgan sari talab pasayadi, agar tovar yuqori narx ravonligiga ega bo’lsa, 
narxning pasayishi iste’molchilarning e’tiborini jalb qilishi mumkin. 
Ustun narx.
Bu himoya strategiyasining turlaridan biridir. Bunday usulni 
agar korxona bozorning katta qismini nazorat qilsa va mahsulot iste’molchilarda 
yuqori nufuzga ega bo’lsa qo’llash mumkin. Narxning biroz pasayishi korxonaga 
bozorda eski va yangi raqobatchilarga nisbatan ustunlikni saqlab qolishga yordam 
beradi. 
Ko’pgina korxonalarnikidan past narxlar ko’pincha o’zaro o’rnini to’ldiruvchi 
tovarlarga qo’llaniladi. Ular narxlari pasaytirilgan tovar bilan birgalikda oddiy 
narxlarda sotilishi mumkin. Bunda e’tiborni asosiy mahsulotga jalb qilish muhim 
bo’lib, narxlari pasaytirilgan tovarlar esa o’ziga xos reklamadir. 

Yüklə 4,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin