Navoiy davlat konchilik instituti ashurova n. B. Atamuradov sh


Foydaga yo’naltirilgan narxlar



Yüklə 4,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə103/175
tarix18.09.2023
ölçüsü4,58 Mb.
#145253
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   175
Foydaga yo’naltirilgan narxlar
odatda talabni baholash va investitsiyalar 
yoki tovarni ishlab chiqarish va tarqatishga ketgan harajatlarning o’rnini qoplash 
bilan belgilanadi. Maksimal foydani ta’minlaydigan va harajatlarni to’la 
qoplaydigan narx tanlanadi. Тalab maksimal narxni belgilaydi, minimal narx esa 
ishlab chiqarish va muomala harajatlari bilan belgilanadi. Narx ishlab chiqarish
tarqatish va sotish, hamda qilingan harajat va savdo uchun foydaning adolatli 
me’yorini qoplashi kerak. 
Raqobat sharoitida yashab qolish uchun yo’naltirilgan narxlar.
Narx 
belgilashning bunday maqsadini tanlaganda raqobatchilarning tovarlari narxi va 
sifatini bilish zarur. Firma ushbu ma’lumotdan o’zining narxini belgilash ehtiyoji 
uchun asosiy nuqta sifatida foydalanishi mumkin. Bunday strategiya narxning 
raqobatchilardagi kabi bo’lsa va u dorixona tashkilotining harajatlarini qoplagan 
holdagina ishonchlidir. 
Bozor subektida bittadan ko’p narx belgilash maqsadlari bo’lishi mumkin. 
Masalan, maksimal foyda olish va o’rta haridoriga mo’ljallash. Uzoq muddatli va 


179 
qisqa muddatli narx belgilash maqsadlariga ega bo’lishi mumkin. Asosiysi, ular 
korxonaning strategik va joriy rejalari bilan bog’langan bo’lishi kerak. Masalan, 
agar korxonaning stratagik rejalashtirishlari harajatlarning nazoratiga asoslangan 
bo’lsa, unda narx belgilash maqsadi qisqa muddatli davrda joriy foydani 
ko’paytirishdan, uzoq muddatlida esa o’rta haridorga mo’ljallashdan iborat bo’lishi 
mumkin.
 
Shunday qilib, narx belgilash maqsadini tanlaganda talabning strukturasi va 
kattaligi, raqobatchilarning harajatlari va narxlari asosiy omillar hisoblanadi.
 
Narx siyosatini yaratish 
Narx siyosati odatda quyidagi savollarga javob beradigan hujjat tarzida 
yoritiladi:

Yüklə 4,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin