174
Bozor koʻlamiga koʻra, narxlar xududiy (mintaqaviy), milliy va xalqaro bozor
narxlariga boʻlinadi.
Hududiy narx — faqat maʼlum hududiy bozorga xos boʻlib, u shu hudud
doirasidagi omillar taʼsirida hosil boʻladi.
Milliy bozor narxi — bir mamlakat doirasida
amal qiluvchi va ularning
xususiyatini aks ettiruvchi narxlardir.
Xalqaro narx — muayyan tovarga ketgan baynalminal harajatlarni, tovarning
nafliligi jihatidan jahon standarti talabiga mos kelish darajasini va xalqaro bozordagi
talab va taklif nisbatini hisobga oladi.
Narxlar farqining miqdoriy ifodasi
narx diapazoni
deyiladi. Narx diapazoni
narxlar oraligʻining puldagi ifodasidir. narx diapazoni quyi, oʻrta va yuqori narxlarni
oʻz ichiga oladi. Bu diapazon qanchalik katta boʻlsa, tovar muomalasi shunchalik
tez yuz beradi, talab bilan narx oʻzaro bogʻlanadi.
Iqtisodiyot bir-biriga bogʻliq va yagona boʻlganidan turli tovarlar va xizmatlar
narxlari bir-birini yuzaga chiqaradi, toʻldiradi va oʻzaro taʼsir koʻrsatadi. Ularning
har biri oʻzi bilan bogʻliq keyingi mahsulot harajatlarini shakllantiradi. Koʻpgina
sohalarda ishlatiladigan eng muhim iqtisodiy resurlar (metall, neft, ko’mir, gaz,
yogʻoch, bugʻdoy, paxta kabi tovarlar) narxining oʻzgarishi bozordagi jami narxlar
nisbatiga taʼsir koʻrsatadi.
Dostları ilə paylaş: