178
- haridorlar narxning oshishi dori vositasining yuqori sifati bilan oqlanadi deb
hisoblaydilar (masalan, iste’molchilar sinnarizin (Polsha) o’rniga nisbatan qimmat
bo’lgan stugeronni (Vengriya) afzal ko’radilar, chunki venger preparatlari yaxshi
sifatga ega deb hisoblaydilar);
- dorini bepul va imtiyozli retseptlar bo’yicha berish.
Kam ravon talabda narxning pasayishi savdo hajmini kam
rag’batlantiradi.
Shuning uchun agar tashkilot o’zining sotuvini oshirishga harakat
qilsa, unda ushbu sharoitda talabning
narxsiz determinantlariga
yo’naltirilishi,
iste’molchilarning talablarini o’rganish va ularni qondirishga harakat qilishi kerak.
Agar dori vositalariga talab ravon bo’lsa
([Ye
D
]>1) (odatda dorixona
assortimenti tovarlari orasida talab retseptsiz beriladigan dori vositalari va tibbiy
ashyolarga ravondir), sotuvni oshirish uchun narxni pasaytirish haqida o’ylash
lozim. Pasaytirilgan narx sotuvdan katta hajmda umumiy daromad olib keladi. Lekin
bunday usul ishlab chiqarish bo’yicha harajatlar va tovar sotuvining proporsional
o’sishi yuz berishiga qadar ma’no kasb etadi.
Dostları ilə paylaş: