195
esa yakuniy bosqich hisoblanadi. Boshqarish maqsadi boshqaruv ob’ekti va uning
alohida parametrlarining istalgan holatidir.
Maqsadli yondashuv boshqaruv organlari ishining kollektiv oldiga qo’ygan
maqsadlariga erishishga buysunishni talab qiladi. Boshqaruvning xar bir mexanizmi
o’zining maqsadlari (tashkiliy, iqtisodiy, marketing, texnik, ijtimoiy)ga ega, shuning
uchun maqsadlarning mos kelishi muammosi yuzaga keldi. Boshqaruvning xar xil
darajalari umumiy maqsadga javob berishlari, bir-birini to’ldirib turishi zarur.
Maqsadlarni tartiblashni usullaridan biri maqsadlar daraxtini tuzish hisoblanadi.
Umumiy maqsadga erishish uchun asosiy maqsadga erishish kerak, asosiy maqsadga
erishish uchun esa, birinchi darajaning maqsadiga erishish kerak va h.k.
Davlat masalalarini bajarishning maqsadi aniqlovchi hisoblanadi, u ilmiy
texnik, ishlab chiqarish, iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa maqsadlar bilan uzviy bog’liq.
Maqsadli yondashuv boshqaruvning zamonaviy tuzilmasiga o’tishga imkon beradi.
Bu
maqsadlar,
maqsad
osti
va
rivojlanish
masalalari
tarkibini
va
loyihalashtirayotgan boshqaruv ob’ektini faoliyat yurgizishni ishlab chiqsin.
11.3-rasm. Maqsadlar va ularga erishish vositalari o’rtasidagi aloqalarning
grafik tasviri.
Maqsadlar daraxtini ko’rishda uning sifat va miqdor tavsifini to’g’ri aniqlash
muhimdir. Sifat tavsifi boshqaruv funksiyalarining namoyon bo’lishining asosi
hisoblanadi, sifat tavsifi esa tuzilmali bo’linmalar (bo’lim, sex va h.k.) turining asosi
bo’lib xizmat qiladi. Loyihalash-tirilayotgan tashkiliy tuzilma tizimsi elementalari
Dostları ilə paylaş: