Navoiy davlat konchilik instituti ashurova n. B. Atamuradov sh


 Boshqaruvning tashkiliy-farmoyish usuli



Yüklə 4,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə118/175
tarix18.09.2023
ölçüsü4,58 Mb.
#145253
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   175
12.2. Boshqaruvning tashkiliy-farmoyish usuli 
Хo’jalik tashkilotlarining ishlab chiqarishni boshqarish bo’yicha faoliyati 
boshqaruvning turli ma’muriy yoki tashkiliy-farmoyish usullarini qo’llash bilan 
bog’liqdir. Boshqaruvning tashkiliy-farmoyish usullari boshqaruvchi va 


208 
boshqariluvchi tizimlar samarali faoliyat yuritishini ta’minlovchi ta’sir etish 
tizimidan iboratdir. Boshqaruvning tashkiliy-farmoyish usullari iqtisodiy usullarni 
to’ldirib, bozor iqtisodiyoti qonunlari. Huquqiy aktlarni hisobga olish va bajarishga 
asoslanadi. 
Davlat maxsus tuzilgan boshqaruv tashkilotlari vositasida boshqariladigan 
tizimga ma’muriy va tashkiliy jihatdan ta’sir o’tkazadi. Menejment tizimida 
tashkiliy usullar umumiy maqsadga erishish uchun ishlab chiqaruvchilarning 
hamkorlikdagi harakati tartibga solinadigan ma’muriy hujjatlar asosida amalga 
oshadi. Тashkiliy-farmoyish usulini qo’llash asosini boshqaruvning barcha 
tamoyilariga rioya qilish tashkil etadi. 
Nima sababdan boshqaruvning tashkiliy-farmoyish usullari ma’muriy 
shakllar bilan qo’shib olib boriladi. Bu ko’p hollarda tashkiliy ta’sir ma’muriy 
huquqni qo’llash, ya’ni qaror va farmoyishlarni amalga oshirishga asoslanadi. 
Lekin, «boshqaruvning tashkiliy-farmoyish usuli» tushunchasi «ma’muriy 
boshqaruv usuli» tushunchasidan bir muncha kengdir, chunki tashkiliy-farmoyish 
usullari boshqaruvning turli darajalariga turli ko’lamda va shaklda tashkiliy ta’sir 
etishni o’rganish masalalarini xam qamrab oladi. Тashkiliy-farmoyish usullari 
tashkiliy aniqlikni ta’minlaydilar, tashkiy tizim, boshqaruvning xar bir bo’g’ini 
vazifalarini belgilab beradi, boshqaruv apparati intizomi va faoliyati samaradorligini 
ta’minlaydi, ishda tartib o’rnatadi, qaror, farmoyishlarni bajaradi, kadrlarni tanlaydi 
va joy-joyiga qo’yadi va h.k. Boshqaruvning tashkiliy farmoyish usullari ularning 
ishlab chiqaruvchilarga ta’sir etish manbaalari va yo’nalishlari bo’yicha turlarga 
ajratiladi. Bunga bog’liq holda ta’sir etishning tashkiliy-farmoyish usullari uch 
guruhga bo’linadi: tashkiliy-barqarorlashtiruvchi, farmoyish va intizom. 
Тa’sir etishning tashkiliy-barqarorlashtirish usullari asosiy maqsadi 
hamkorlikda ishlash uchun tashkiliy asos yaratishdir, ya’ni, vazifa, majburiyat, 
javobgarlik va vakolatlarni taqsimlash, tartib o’rnatish va h.k. Ma’muriy ta’sirning 
tashkiliy shakllarining 2 turi, ya’ni tashkiliy reglamentlash va tashkiliy me’yorlash 
turlari mavjud.


209 
Тashkiliy reglamentlash vositasida davlat boshqaruvchi va boshqariladigan 
tizimga ularning maqbul nisbatini, tashkiliy tizimini va xar bir darajada boshqaruv 
chegaralarini aniqlash maqsadida ta’sir etadi. Тashkiliy reglamentlashga misol qilib 
lavozimlar haqida Nizomni ko’rsatish mumkin.
Тashkiliy me’yorlash hujjatlari vositasida xom-ashyo, materiallar sarfini 
meyorlash, mahsulotlar ishlab chiqarishga mehnat sarfi ishlab chiqarish fondlaridan 
foydalanish texnikaviy va texnologik me’yorlar (standartlar, meyorlar, qayta ishlov 
berish usuli, tartibi va h.k.) ishlab chiqarishini tashkil etish meyorlari (maqbul 
ishlanma ko’lami). 
Тa’sir etishning farmoyish usullari cheklovchi hujjatlarda ko’zda tutilmagan 
mavjud vaziyatdan kelib chiqqan holda kundalik jadal boshqarish maqsadida 
qo’llaniladi. Farmoyish ta’sirining asosiy maqsadi boshqaruv apparatining aniq 
harakati, boshqaruvning barcha bo’linma va xizmatlari barqaror ishlashini ta’minlab 
berishdan iborat. Тa’sir etishning farmoyish usullari buyruq, farmoyish, ko’rsatma 
va boshqa meyoriy hujjatlar asosida amalga oshiriladi. 
Buyruq – bu rahbarning qo’l ostidagi xodimlardan ma’lum vazifani bajarishni 
yozma yoki og’zaki ravishda talab qilishidadir. Buyruq faqat chiziqli boshqaruv 
tizimi rahbari tomonidan beriladi. Farmoyish – xodimlardan ayrim ishlab chiqarish 
va xo’jalik masalalarini hal etishni talab qilishdir. Farmoyish boshliq o’rinbosarlari, 
xizmatlar boshliqlari, ular ega bo’lgan vakolatlari doirasida beriladi. Boshqaruv 
amaliyotida qo’llaniladigan ta’sir qilish usullaridan biri – og’zaki ko’rsatmadir. 
Тa’sir qilish usullaridan biri – og’zaki ko’rsatmadir. Тa’sir etishning bunday shaklini 
barcha darajadagi rahbarlar, lekin ko’pincha quyi darajadagi komandirlar, brigada 
boshliqlari, ustalar qo’llaydilar.
Farmoyish vositasida ta’sir etish bajarish muddatlari bilan farq qiladi. Buyruq 
va farmoyishlar uzoq yoki qisqa muddatda mo’ljallangan bo’ladi. 
Har bir buyruq yoki farmoyishda qanday vazifa bajarilishi, qachon bajarilishi 
kerakligi belgilanadi. Тa’sir etishning farmoyish usuli tashkiliy ta’sirga nisbatan 
uning bajarilishini nazorat qilishni ko’proq talab etadi. Ijro etishning borishi nazorat 
qilingandan so’ng yana farmoyish bilan ta’sir etishga ehtiyoj tug’iladi. Farmoyish 


210 
usulining qo’llanish ko’lami boshqaruv kadrlari malakasi, tashabbuskorligi va 
qobiliyatiga bog’liqdir. 
Korxonani boshqarishda farmoyish bilan ta’sir etish faqat qonunga zid 
bo’lmagan holdagina bajarilishi qat’iy bo’lgan huquqiy kuchga ega bo’ladi. Shu 
sababli barcha tizimdagi tashkiliy-farmoyish faoliyati mavjud qonunchilikka 
buysungan holda amalga oshishi lozim. 
Intizomiy ta’sir usullari tashkiliy barqarorlashtiruvchi va farmoyish vositasida 
ta’sir etish usullarini to’ldirib, intizomiy talablar va majburiyatlar tizimi vositasida 
tashkiliy aloqalar barqarorligini ta’minlashga qaratilgandir. 

Yüklə 4,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin