Navoiy davlat konchilik instituti ashurova n. B. Atamuradov sh



Yüklə 4,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə135/175
tarix18.09.2023
ölçüsü4,58 Mb.
#145253
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   175
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
13.4-rasm
 
Boshqaruv qarorlarini qabul qiluvchilar 
 
 “BOSHLIQ O’RNINI KIM BOSA OLADI?” O’QUV KEYSI 
 
Ikki yil oldin Dilmurod Usmonov bo’lim boshlig’i etib tayinlangan edi. Shu 
muddat ichida u birinchi bor betob bo’lib qoldi va ishga chiqa olmadi. Baxtga qarshi 
shu kuni boshqaruvchi bilan bir talay muhim ishlarni hal qilishi kerak edi... 
Uni xayolida bir qancha fikrlar charx urdi. Bo’limda nima bo’layotgan ekan? 
Hamkasblari usiz qanday eplashar ekan? Nima uchun hech kim qo’ng’iroq 
qilmayapti yoki maslahatlashmayapti? Тo’g’ri, ta’til vaqtida Fayziyev o’rnimga 
uncha muhim bo’lmagan vazifalarni bajargan edi, muhimlarini esa qaytishimga 
Iqtisodiy 
Texnik va texnologik 
 
Ijtimoiy 
Tashkiliy 
Harakat doirasi 
bo‘yicha
qarorlar
Strategik qarorlar
Taktik qarorlar
Operativ qarorlar
Korxona rahbari, 
direktorlar kengashi
O'rta pog'ona 
menejerlari
Quyi pog'ona 
menejerlari/ishchilar


243 
qoldirgandi. Lekin unda yoz vaqti, jim-jitlik edi. Balki o’rinbosar to’g’risida o’ylab 
ko’rish kerakdir... 
Garchand xush yoqmasada, Usmonov bu haqda ilk bor o’ylanib qoldi va 
hayolan vaziyatni tahlil qila boshladi. 
Vaqtincha vazifasini bajaruvchi qanday vakolatlarga ega? 
U tajribani qayerdan oladi. Shundoq ham o’zining ishlari yetib ortadi
umuman o’zi bunga rozi bo’larmikan? Agar rozi bo’lganda ham uning ishlarini kim 
bajaradi? Vaqtinchalik vazifasini bajaruvchi imzo qo’yish huquqiga egami? Agar 
vaqtinchalik vazifasini bajaruvchi xatolikka yo’l qo’ysa, noto’g’ri qaror qabul qilsa, 
u holda kim javob beradi. 
Fayziyev boshqa xodimlar bilan til topisharmikan? Balki, Rixsiyevdir? U har 
xolda jamoa bilan tez chiqishuvchan.
Bu fikridan Usmonovning harorati ko’tarildi... 
Agar Rixsiyev bo’lim boshlig’i vazifalarini a’lo darajada uddalasa, nima 
bo’ladi? Chunki u yaqindagi malaka oshirishda bo’lgan va murakkab kompyuter 
dasturlari bilan ishlashni yaxshi biladi. 
Balki, shifokor ko’rsatmalariga rioya qilmasdan, ishga chiqish kerakmikan? 
Usmonov o’zini yomon his eta boshladi va hammasini keyinroq o’ylashga 
qaror qildi... 
Тopshiriq: 
1.
Bo’lib o’tgan vaziyatni tahlil qiling va menejment atamalari asosida 
tavsiflang. 
2.
D.Usmonovda paydo bo’lgan savollarga javob berishga harakat qiling va 
javoblaringizni asoslang. 
3.
Siz D.Usmonovning rahbarlik uslubini qanday baholaysiz? 
4.
Muqobil o’rinbosarlarning (shtat yoki o’rindoshlik bo’yicha vaqtincha 
vazifasini bajaruvchilarning) yutuq va kamchiliklarini tahlil eting. Ushbu 
variantlarning qaysi biri qanday vaziyatlarda ma’qulroq? 


244 

Yüklə 4,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin