246
o’lchash, hozirgi va o’tgan davrda mahsulot birligiga qilingan sarflarini taqqoslash
kelgusida qancha mehnatni tejash mumkinligini aniqlash mumkin. Biroq,
samaradorlikni birdan-bir ko’rsatkichi mehnat unumdorligi ko’rsatkichi emas, balki
mahsulot birligiga material, fond va kapital mablag’ sarfi ham katta ahamiyatga ega.
Bularning hammasi bir-biri bilan uzviy ravishda bog’liq bo’lib, bir butun tizimni
tashkil etadi. Chunki ulardan har biri ishlab chiqarish samaradorligini oshirishni turli
tomondan aks ettiradi. Zavod ichidagi bo’linmalarning faoliyatini baholash uchun
shuningdek samaradorlik ko’rsatkichlaridan ham foydalaniladi. Bo’linmalar
ishining natijalariga bevosita ta’sir ko’rsatadi. Shu sababli sexlardagi ishlab
chiqarish samaradorligi ko’rsatkichlari umumzavod ko’rsatkichlariga muvofiq
kelishi shart.
Shunisi muhimki, har bir ishlab chiqarish jamoasi rahbarning ish vaqtidan
foydalanishni yaxshilash haqida g’amxo’rlik qilishi birinchi darajali ahamiyatga
ega. Siyosiy-tarbiyaviy ish olib borish va mehnatkashlarning madaniy-texnikaviy
darajasini oshirish, mehnat intizomini mustahkamlash zarurdir. Ishlab chiqarishda
kadrlarni o’z joyiga qo’yib ishlata bilish rahbarning tadbirkorligini ko’rsatadi.
Rahbariyat texnika xavfsizligini ishlab chiqarishida ko’p xarajatga yo’l
qo’yilmaydigan zamonaviy vositalarni joriy qilishga, kasb kasalliklari bilan
og’rishini oldini oladigan sanitariya-gigiyena sharoitlarini ta’minlab berishga
majbur.
Korxonada xizmat qilayotgan ishchilar o’z huquqlarini tushuna bilishi va o’z
huquqlaridan unumli foydalana bilmog’i kerak. Avvalo o’z huquqidan mahrum
qilinganda tegishli tashkilotlarga murojaat qilish kerak. Basharti korxona
ma’muriyati xodimning talabini asosli deb topsa, u bu talabni to’laligicha qondirishi
lozim.
Dostları ilə paylaş: