296
Boshqaruv tuzilmasi
– bir biri bilan bog’liq holda boshqaruv maqsadlarini amalga
oshiruvchi va uning funktsiyalarini bajaruvchi turli
boshqaruv organlari va
bo’g’inlarining majmui.
Boshqaruv funktsiyasi
– zamonaviy menejment funksiyalari: rejalashtirish, tashkil
qilish, muvofiqlashtirish, nazorat qilish, motivlash, marketing va b.
Boshqaruvning zamonaviy menejment maktabi
(XX asrning 60-80 yy.) - Garb
boshqaruv taraqqiyotining zamonaviy bosqichi deb qaraladi va u boshqaruvga 4
yondashuvni ajratib ko’rsatai: tizimli, vaziyatli, jarayonli (vazifaviy) va sonli.
Maktab namoyondalari – V. Leonthev, D.Kornegi va b.
Boshqaruvning ilmiy maktabi
(1885-1920 yy.) – bu maktab asoschilari (F. Teylor,
G.Emerson, L.Gilbret va G.Gant) qo’l mehnatining samarali bajarilishiga erishish
uchun ko’pgina
jarayonlarni takomillashtirish, mukammallashtirish mumkin, deb
hisoblaganlar. Amerikalik muhandis F. Teylor “ilmiy boshqaruv” iborasini asoslab
bergan va 3 asosiy jihati bo’lgan “teylor tizimini”ni tavsiya etgan: mehnatni oqilona
tashkil etish; tashkilotni
rasmiy tuzumini tashkil etish; boshqaruvchi va ishchini
hamkorligi borasidagi chora-tadbirlarni belgilash.
Dostları ilə paylaş: