297
Veksel
- belgilangan tartibda yozma shakldagi qarz majburiyati, o’z egasiga (veksel
oluvchiga) uni (vekselni) beruvchidan ko’rsatilgan pul miqdorini belgilangan
muddatda gap-so’zsiz to’lanishini talab qilish huquqini beradigan qimmatbaho
qog’oz turi,
Venchur firma
– ilmiy-texnik ishlanmalar tijorati bilan shug’ullanuvchi firma;
yangi texnologiyalar va mahsulotlarni, daromadlarni avvaldan belgilamagan holda,
ishlab chiqish va qo’llash bilan tavakkalchilikka asoslangan kapital qo’yilmasi
orqali shug’ullanadigan firma.
Guruh –
bir qancha kishilarning maqsadli ijtimoiy tashkillashuvi. Masalan,
talabalarning akademik guruhi, rok-guruh va h.k. Juda ko’p ijtimoiy o’zaro aloqalar
imkoniyatlari tufayli guruhlar o’zagi shakllanadi. Albatta, tashkilot va uning
bo’linmalari ham guruh hisoblanadi. Guruh a’zolari o’z hatti-harakatlari mehyori
bilan bog’langan masalalardagi miqdor va kutilishlarni o’rnatish asosida
shakllanadi.
Dostları ilə paylaş: