Navoiy davlat konchilik instituti ashurova n. B. Atamuradov sh


Mahsulotning yashash davri



Yüklə 4,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə168/175
tarix18.09.2023
ölçüsü4,58 Mb.
#145253
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   175
 
Mahsulotning yashash davri
– mahsulot hayotiy davrining 5 bosqichi - yaratish, 
ishlab chiqarish, bozorga chiqarish, o’sish va bozorning to’yinishi, mahnaviy 
eskirishi - jarayonining almashinish muddati. 
Menejer
- malakali boshqaruvchi. 
Menejment
– malakali boshqaruv to’g’risidagi fan, bozor iqtisodiyoti sharoitida 
korxonaning tashqi va ichki muhitini hisobga olgan holda uni samarali 
moslashuvchan boshqaruchilik sohasi. 
Menejment funksiyasi 
– menejment vazifasi (“funksiya” lotincha so’z bo’lib, biror 
kishining faoliyat doirasi, vazifasi mahnosini bildiradi). 
Mehnat unumdorligi
–insonlar ishlab chiqarish faoliyatining samaradorligi; xodim 
moddiy ishlab chiqarish sohasida ish vaqti birligida ishlab chiqargan mahsulotlar 
miqdori yoki mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun sarflangan vaqt. 
Mehnat shartnomasi
– tadbirkor (ish beruvchi) va ishga kiruvchi shaxs (xodim, 
ishlovchi) o’rtasidagi kelishuv hujjati. Unda xodimning mehnat vazifasi, ish joyi, 
lavozimi, oylik ish haqi, ishlash vaqti va hokazolar belgilab beriladi. 
Moddiy javobgarlik – 
korxona va tashkilot, ayrim mansabdor shaxs zimmasiga 
xo’jalik faoliyatining natijalari uchun yuklatilgan mahsuliyat. 
Moliyaviy menejment 
– korxona mablag’laridan samarali foydalanish, kredit olish 
va boshqa moliyaviy munosabatlarini boshqarish. 
Moliyaviy hisobot
– turli xil hisobotlar birlashmasi bo’lib, ular korxonaning 
moliyaviy o’rni va faoliyati, hamda uning moliyaviy tuzilishida o’zgarishlarni qulay 
va tushunarli holda, ularga ma’lum ish masalasini hal qilish uchun tuzilgan hujjatlar. 


304 
Nazorat sferasi – 
tashkiliy tizimning muhim miqyosiy tomonlari biri: agarda bir 
rahbarga juda ko’p miqdordagi xodimlar bo’ysinsa, natijada bir tekis boshqaruv 
tizimini beruvchi keng nazorat sferasi vujudga keladi; agarda nazorat sferasi tor 
bo’lsa, ayniqsa har bir rahbarga kam xodimlar bo’ysinsa, bu holda ko’p darajali tizim 
paydo bo’ladi; korxonada ko’p darajali tizim asosida qo’yilgan o’lchovga qaraganda 
tekis tizimli katta korxonalar kam darajadagi boshqaruvga ega bo’lishadi.
Nizom (ustav) 
- korxonani tashkil qilishning qonuniyligini tasdiqlovchi, korxona 
xususiyati, faoliyat turlari, tartib-qoidalari, a’zolari o’rtasidagi munosabatlar va 
hokazolarni o’z ichiga oluvchi rasmiy hujjat. 

Yüklə 4,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin