Tahsis hujjatlari – yangi tashkil qilinuvchi korxona, kompaniya, aksiyadorlik
jamiyatini tahsis etish va ularni belgilangan tartibda ro’yxatga olish uchun asos
bo’lib xizmat qiluvchi hujjatlar.
Tender – mahsulot (ish, xizmat) buyurtmasini bozorda joylashtirishning tanlov
shakli.
Texnik qayta qurollantirish – ishlab chiqarishning alohida uchastkalari texnik
imkoniyatlarini zamonaviy darajaga chiqarish jarayoni.
Texnologiya – xom ashyoni (resurslarni) o’zgartirish vositasi.
Tizim – bu bir necha o’zaro bog’liqlikdagi elementlar yaxlitligi bolib, har bir
element tizimini maqsad sari harakatiga o’z hissasini qo’shadi va ko’mak beradi.
Tizimlar nazariyasi – XX asrning 50-yillarida boshqaruvga qo’llanilagan nazariya.
Tizimli yondashuv – rahbarning boshqaruv sub’yekti sifatida korxonani (boshqaruv
obhektini) tizim tarzida boshqaruv tarzi.
Trest - turli korxonalar birga qo’shilib, tashkil etilgan yirik birlashma.
Tuzilma – soha, tarmoq, korxona yoki xo’jalik, buyum tarkibiy qismlarining o’zaro
bog’liq ravishda joylashuvi, tuzilishi.
Uskunalarni zamonaviylashtirish – harakatdagi uskunalar konstruktsiyasiga,
uning texnik darajasini oshiruvchi hamda texnik va iqtisodiy ko’rsatkichlarini
yaxshilovchi sezilarli o’zgartirishlar kiritish.
Uslub – bu ishlash, boshqarishdagi o’ziga xos yo’l, usul tadbiqi.
Ustama xarajatlar – ishlab chiqarish xarajatlari tarkibiga kiritiluvchi, ishlab
chiqarish va korxona boshqaruviga xo’jalik xizmati ko’rsatishga oid bo’lgan
qo’shimcha xarajatlari.
Usul – bu tadqiq qilish yoki tahsir ko’rsatis vositasi, boshqarish funktsiyalarini
amalga oshirish uchun boshqaruv obhektiga tahsir o’tkazish tarzi.