Navoiy davlat konchilik instituti ashurova n. B. Atamuradov sh



Yüklə 4,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/175
tarix18.09.2023
ölçüsü4,58 Mb.
#145253
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   175
Korxona
- jamiyatning asosiy bo’g’ini hisoblanuvchi, aholining talabini 
qondirish va foyda olish yoki boshqa ijtimoiy funksiyalarni bajarish maqsadida, 
xususiy resurslardan foydalanish asosida mahsulotlar ishlab chiqaradigan
ayriboshlaydigan, hamda boshqa ishlarni va xizmatlarni bajaradigan, faoliyati 
bo’yicha qarorlar qabul qiladigan va unga javobgar, huquqiy shaxs maqomiga ega 
bo’lgan, har xil o’lchamdagi xo’jalik yurituvchi sub’ektdir. 
Korxonalar mulk shakllariga asoslangan holda tashkiliy-huquqiy shakllarga 
turlanadi. “O’zbekiston Respublikasida mulkchilik to’g’risida” O’zbekiston 
Respublikasining qonuniga binoan (4 modda) mulk quyidagi shakllarda yuzaga 
chiqadi: 
-
xususiy mulk; 
-
shirkat (jamoa) mulki; 
-
ma’muriy-hududiy tuzilmalarning mulkidan (kommunal mulkdan) iborat 
davlat mulki; 
-
aralash mulk; 
-
boshqa davlatlar hamda xalqaro tashkilotlar yuridik va jismoniy 
shaxslarining mulki. 
Mulk shakllariga munosib korxonalar quyidagicha shakllarga tasniflanishi 
mumkin: 
- shaxsiy yoki xususiy mulkga asoslangan xususiy korxonalar
- jamoat mulkiga asoslangan korxonalar


33 
- davlat mulkiga asoslangan korxonalar; 
- aralash mulkga asoslangan qo’shma korxonalar; 
- xorijiy davlatlar, chet el fuqarolari mulkiga asoslangan korxonalar. 
Sohalarga qarab korxonalarni quyidagi shakllarga ajratish mumkin: moddiy 
ishlab chiqarish sohasidagi; transport; qurilish; aloqa; muomala; xizmat; ta’lim; 
infratuzilma (infratuzulma); boshqaruv sohalaridagi hamda jamoat jamiyatlari va 
diniy tashkilotlar korxonalariga. 
Korxonalar yuqorida keltirilgan shakllariga ya’ni mulk shakliga va 
sohalariga mos holda va alohida belgilariga qarab turlarga tasniflanadi. 
Kichik tadbirkorlik sub’ektlari 
Kichik tadbirkorlik sub’ektlari quyidagilardir: 
1) yakka tartibdagi tadbirkorlar
2) ishlab chiqarish tarmoqlaridagi, band bo’lgan xodimlarining o’rtacha 
yillik soni ko’pi bilan yigirma kishi, xizmat ko’rsatish sohasidagi va ishlab chiqarish 
bilan bog’liq bo’lmagan boshqa tarmoqlardagi, band bo’lgan xodimlarining o’rtacha 
yillik soni ko’pi bilan o’n kishi, ulgurji, chakana savdo hamda umumiy ovqatlanish 
tarmoqlaridagi, band bo’lgan xodimlarining o’rtacha yillik soni ko’pi bilan besh 
kishi bo’lgan 
mikrofirmalar; 
3) quyidagi tarmoqlardagi: 
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan yengil, oziq-ovqat sanoatidagi va qurilish 
materiallari sanoatidagi, band bo’lgan xodimlarining o’rtacha yillik soni ko’pi bilan 
ikki yuz kishi; 
metallga ishlov berish va asbobsozlik, yog’ochsozlik, mebel sanoatidagi, 
shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa sanoat-ishlab chiqarish 
sohalaridagi, band bo’lgan xodimlarining o’rtacha yillik soni ko’pi bilan yuz kishi; 
mashinasozlik, metallurgiya, yoqilg’i-energetika va kimyo sanoati, qishloq 
xo’jaligi mahsulotlari yetishtirish va ularni qayta ishlash, qurilish hamda qonun 
hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa sanoat-ishlab chiqarish sohalaridagi, band 
bo’lgan xodimlarining o’rtacha yillik soni ko’pi bilan ellik kishi; 


34 
fan, ilmiy xizmat ko’rsatish, transport, aloqa, xizmat ko’rsatish sohalari 
(sug’urta kompaniyalaridan tashqari), savdo va umumiy ovqatlanish hamda ishlab 
chiqarish bilan bog’liq bo’lmagan boshqa sohalardagi, band bo’lgan xodimlarining 
o’rtacha yillik soni ko’pi bilan yigirma besh kishi bo’lgan 

Yüklə 4,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin