ob’ektlari va
sub’ektlari faoliyatning alohida ko’rinishi sifatida
boshqaruvning muhim elementlari hisoblanadi. Bu aloqani quyidagi tarzda chizma
yordamida ko’rsatish mumkin:
2.2.-chizma. Boshqaruv ob’ekti va sub’ektining o’zaro aloqasi Korxonada boshqaruvning ta’siri
boshqaruv ob’ektiga yo’naltirilgan bo’lib,
ishlab chiqarish va xo’jalik yuritish jarayonlari, ishab chiqarish uskunalarini
ekspluatatsiya qilish, turli miqyosdagi mehnat kooperatsiyasi va hokazolar
boshqaruv ob’ekti bo’lishi mumkin.
Boshqaruv sub’ekti esa qoidaga ko’ra,
korxona rahbari yoki boshqaruv ob’ektlarini maqsadli ravishda boshqarishni
amalga oshiruvchi
xizmat rahbarlaridir . Agar yuqorida keltirilgan misolga
qaytadigan bo’lsak, orkestr, bu – boshqaruv ob’ekti, dirijer esa, boshqaruv
sub’ektidir.
Boshqaruv ob’ektlari va sub’ektlari doimo o’zaro aloqada bo’lib, bunda asosiy
o’rin boshqaruv ob’ektiga, ya’ni boshqaruvchi tizimga ajratiladi. Boshqaruv
ob’ektining mazmuni, unda yuz berayotgan o’zgarishlar boshqaruv sub’ekti
vazifalari va harakatlarini belgilab beradi. Bu esa boshqaruv shakllari va usullarini
mukammallashtirishda aks etadi.
Korxonaning
nima, qachon, qayerda, kimga ishlab chiqarish bilan bog’liq
bo’lgan siyosati, birinchi o’rinda boshqaruv sub’ekti tomonidan hal qilinadi. Shu
sababli, boshqaruv ob’ektlari va sub’ektlari orasidagi aloqa, jumladan, ularning ichki
tashkil qilinishi qanchalik mustahkam bo’lsa, bir xil sharoitlarda ishlab chiqarish
hamda boshqaruv tizimining samaradorligi shunchalik yuqori bo’ladi.
Boshqaruv faoliyati - boshqaruvchi shaxs yoki organ tomonidan boshqaruv
amallarini bevosita va bilvosita komandalar (buyruq, tavsiya va ko’rsatmalar)
shaklida ishlab chiqish va amalga oshirishdir.