40
Davlat axborot resurslarida mavjud bo’lgan ma’lumotlar, ariza beruvchining
Yagona identifikatsiyalash tizimidan olingan haqiqiy shaxsiy ma’lumotlarini
inobatga olgan holda Тizim tomonidan avtomatik tarzda shakllantiriladi. Тizim har
bir bosqichda so’rovnomada shakllantirilgan ma’lumotlarni saqlab boradi.
Shundan so’ng ariza beruvchi tomonidan firma nomini tanlash bir xilligining
tekshirilishi Тizim tomonidan avtomatik tarzda amalga oshiriladigan,
lotin
alifbosidagi erkin firma nomlaridan so’rovnoma shakllantirilganda amalga
oshiriladi.
Тizim vositasida davlat ro’yxatidan o’tkazish uchun tegishlicha
so’rovnomaga davlat tilidagi ta’sis hujjatlari
5
qilinadi:
Ariza beruvchi ta’sis hujjatlarini o’z ixtiyoriga ko’ra qonun hujjatlari
talablarini inobatga olgan holda namunaviy shakllar asosida yoki boshqa shakllarda
rasmiylashtirish huquqiga ega.
So’rovnomaga ilova qilinayotgan hujjatlar elektron hujjat shaklida bo’lishi
kerak.
Ro’yxatdan o’tkazuvchi organga so’rovnomani qog’ozda rasmiylashtirilgan
hujjatlarning «PDF» (portable document format) formatida skaner qilingan
nusxalari shaklida ilova qilgan holda jo’natishga yo’l qo’yiladi.
Davlat ro’yxatidan o’tkazish (qayta ro’yxatdan o’tkazish) uchun yuborilgan
so’rovnomalar:
ikki va undan ortiq muassislari bo’lgan tadbirkorlik sub’ektlari —
yuridik
shaxslarda muassisning so’rovnomada ko’rsatilgan elektron pochta manziliga Тizim
tomonidan yuborilgan xabarnoma va uning muassisligini Yagona identifikatsiyalash
tizimi orqali identifikatsiyalashni tasdiqlash yo’li bilan har bir muassisning
muassislar tarkibiga kiritilganligiga roziligi mavjud bo’lishi kerak;
muassislari tarkibida O’zbekiston Respublikasi fuqarosi bo’lmagan shaxslar
ko’rsatilgan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar, chet el sarmoyasi
ishtirokidagi korxonalar, boshqa tadbirkorlik sub’ektlari —
yuridik shaxslarda
5
Batafsil:
https://www.norma.uz/uz/qonunchilikda_yangi/tasis_hujjatlarining_namunaviy_shakllari_tasdiqlandi
41
majburiy tartibda ko’rsatilgan shaxslarning elektron raqamli imzosi bilan
imzolanadi.
Ariza beruvchi so’rovnoma shakllantirilishi oxiriga yetganidan so’ng stavkasi
Тizim tomonidan avtomatik tarzda aniqlanadigan davlat bojini to’lashni amalga
oshiradi:
Davlat boji to’langan paytdan boshlab ushbu so’rovnoma Тizim
foydalanuvchisiga — ro’yxatdan o’tkazuvchi organ mas’ul xodimining shaxsiy
kabinetiga avtomatik tarzda xabarnoma yuboradigan Тizim tomonidan saqlanadi.
Тizim davlat ro’yxatidan o’tkazish muddatlarida
ariza beruvchi tomonidan
taqdim etilgan ma’lumotlarni tekshiradi va ular Тizimning tegishli ma’lumotlar
bazalariga muvofiq bo’lganda reestrga avtomatik tarzda tegishli yozuvlar kiritish
yo’li bilan davlat ro’yxatidan o’tkazishni amalga oshiradi;
Shundan so’ng muvofiq tegishli shakllar bo’yicha ro’yxatdan o’tkazilganligi
to’g’risidagi guvohnomani shakllantiradi;
Ro’yxatdan o’tkazilganligi to’g’risidagi guvohnomada, ta’sis hujjatlarida
Тizim foydalanuvchisining — ro’yxatdan o’tkazuvchi organ mas’ul
xodimining
ERIsi va QR-kod (matritsali shtrix kod), shuningdek identifikatsiya raqamlari
bo’lishi kerak.
Davlat ro’yxatidan o’tganidan so’ng tadbirkorlik sub’ekti qonun hujjatlarida
belgilangan tartibda bank hisob raqamlarini ochish uchun banklarga murojaat qiladi.
Bank hisob raqamlarini ochish uchun ro’yxatdan o’tkazilganligi to’g’risidagi
guvohnomaning, ta’sis hujjatlarining asl nusxalarini va nusxalarini taqdim etish
talab qilinmaydi.
Kichik tadbirkorlik sub’ektlari davlat ro’yxatidan o’tkazilganda, shuningdek
ular tomonidan tadbirkorlik faoliyati amalga oshirilganda muhr va shtamplar,
shuningdek ularning eskizlarini tayyorlash talab qilinmaydi.
Korxona davlat ro’yxatidan o’tgan kundan boshlab barpo etilgan deb
hisoblanadi va huquqiy shaxs maqomini oladi. Ushbu
kundan boshlab korxona
xo’jalik faoliyatini yuritishni boshlashi mumkin bo’ladi.
42
Korxonalar agar korxona mulki egasi yoki u tayinlagan vakillik
organining roziligi bo’lsa, faoliyat yuritayotgan korxona tarkibidan bir yoki bir
nechta tarkibiy bo’linmalarni, ushbu bo’linmalarning mehnat jamoalari
tashabbusiga ko’ra, ajratib chiqarish natijasida ham tashkil topishi mumkin.
Korxona joriy va hisob-kitob raqamlari ochish va ular to’g’risidagi
holatlarni tasdiqlash huquqiga ega bo’lgan, mustaqil huquqiy shaxs maqomidagi
sho’’ba
korxonalari, filiallar, vakolatxonalar, bo’lim va boshqa tashkiliy
bo’linmalarni tashkil qilishi mumkin.
Yangi korxonalarni tashkil qilishning asosiy maqsadlari,
birinchidan,
ijtimoiy ishlab chiqarishda band bo’lmagan kishilarniig ish joylari bilan ta’minlash,
ya’ni jamiyatning ijtimoiy muammosini hal qilish; ikkinchidan, siyosiy masalani hal
qilish bu esa qishloq joylarda milliy ishchilar sinfi vujudga keltirishda o’z aksini
topadi; va nihoyat uchinchidan, iqtisodiy masalalarni yechish, xalq iste’mol
tovarlarini ishlab chiqarishni kengaytirish, ularni tanqisligini kamaytirish asosida
aholining moddiy farovonligini oshirishdan iboratdir.
Korxonani
Dostları ilə paylaş: