Navoiy davlat konchilik instituti ashurova n. B. Atamuradov sh


Mahsulot (ish, xizmat) tannarxini hosil qiluvchi xarajat turlari



Yüklə 4,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə83/175
tarix18.09.2023
ölçüsü4,58 Mb.
#145253
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   175
 
8.2. Mahsulot (ish, xizmat) tannarxini hosil qiluvchi xarajat turlari 
Mahsulot (ish, xizmat) ishlab chiqarish xarajatlarining eng yirik elementi - 
moddiy xarajatlardir. Mahsulot (ish, xizmat) ishlab chiqarish tannarxi tarkibida 
ularning hissasi 60-90 foizni tashkil etishi mumkin. 
Ishlab chiqarish bilan bog’liq 
moddiy xarajatlar
ga quyidagilar tegishli 
bo’ladi: 
- mahsulot tayyorlashda (ishlarni bajarishda, xizmatlar ko’rsatishda) zarur 
tarkibiy qism hisoblangan chetdan sotib olinadigan xom ashyo va materiallar; 
- normal texnologiya jarayonini ta’minlash va mahsulotlarni o’rash, mahsulot 
(ish, xizmat)lar yoki boshqa ishlab chiqarish ehtiyojlariga sarflanadigan (asbob-
uskunalar, binolar, inshoatlar va boshqa asosiy vositalar sinovini o’tkazish, nazorat 
qilish, saqlash, tuzatish va ulardan foydalanish uchun) materiallar, shuningdek 
asbob-uskunalarni tuzatish uchun ehtiyot qismlar, jihozlar, moslamalar, inventar, 
priborlar, laboratoriya asbob-uskunalari va asosiy fondlarga kirmaydigan boshqa 


147 
mehnat vositalarining eskirishi, maxsus kiyim-bosh va boshqa arzon baho 
ashyolarning eskirishi; 
- sotib olinadigan, kelgusida ushbu korxonada montaj qilinadigan yoki 
qo’shimcha ishlov beriladigan butlovchi buyumlar va yarim tayyor mahsulotlar; 
- tashqi yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek korxonaning ichki tarkibiy 
bo’linmalari tomonidan bajariladigan faoliyatning asosiy turiga tegishli bo’lmagan 
ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo’lgan ishlar va xizmatlar; 
- tabiiy xom ashyo (yer rekultivatsiyasiga ajratmalar, ixtisoslashtirilgan 
yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan yerni rekultivatsiya qilish ishlariga 
haq to’lash), ildizi bilan beriladigan daraxtga haq to’lash, sanoat korxonalari 
tomonidan suv xo’jaligi tizimida belgilangan limitlar doirasida va undan ortiq 
olinadigan suv uchun haq to’lash. Sanoatning xom ashyo tarmoqlari uchun yog’och 
taxta materiallardan yoki foydali qazilmalardan (rudadan) foydalanishga 
huquqlarning amortizatsiya qilinadigan qiymati yoki atrof muhitni tiklash 
xarajatlari; 
- texnologik maqsadlarga, energiyaning barcha turlarini ishlab chiqarishga, 
binolarni isitishga sarflanadigan yonilg’ining chetdan sotib olinadigan barcha 
turlari, korxonaning transporti tomonidan bajariladigan ishlab chiqarishga xizmat 
ko’rsatish bo’yicha transport ishlari; 
- korxonaning texnologik, transport va boshqa ishlab chiqarish va xo’jalik 
ehtiyojlariga sarflanadigan barcha turdagi xarid qilinadigan energiya; 
- ishlab chiqarish sohasida moddiy boyliklarning tabiiy yo’qolish normalari 
doirasida va ulardan ortiqcha yo’qotilishi, yaroqsizlanishi va kam chiqishi; 
- korxonaning transporti va xodimlari tomonidan moddiy resurslarni 
yetkazish bilan bog’liq xarajatlar (yuklash va tushirish ishlari ham shu jumlaga 
kiradi) ishlab chiqarish xarajatlarining tegishli elementlariga kirishi kerak 
(mehnatga haq to’lash xarajatlari, asosiy fondlar amortizatsiyasi, moddiy xarajatlar 
va boshqalar). 
Korxonalarning ishlab chiqarish tusidagi 
boshqa xarajatlari
ga quyidagilar 
tegishli: 


148 
- ishlab chiqarish jarayoniga xizmat ko’rsatish xarajatlari (ishlab chiqarishni 
xom ashyo, materiallar, yonilg’i, energiya, instrument, moslamalar va boshqa 
mehnat vositalari va buyumlari bilan ta’minlash xarajatlari; asosiy ishlab chiqarish 
fondlarini ish holatida saqlash xarajatlari; yong’indan saqlash va qo’riqlashni hamda 
korxonaning texnikaviy foydalanish qoidalari bilan nazarda tutilgan boshqa maxsus 
talablarni ta’minlash, ular faoliyatini nazorat qilish xarajatlari; ishlab chiqarish 
faoliyatiga tegishli bo’lgan asosiy vositalarni joriy ijaraga olish bilan bog’liq 
xarajatlar; tekin ko’rsatiladigan kommunal xizmatlar, oziq-ovqat, ayrim tarmoqlar 
xodimlariga oziq-ovqatlar qiymati, korxona xodimlariga beriladigan tekin uy-joy 
haqini to’lash xarajatlari; amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq tekin beriladigan va 
shaxsiy foydalanishda qoladigan buyumlar qiymati va boshqalar); 
- ishlab chiqarish xodimlarini belgilangan ishlab chiqarish jarayoniga tegishli 
bo’lgan xizmat safarlariga yuborish bo’yicha normalar doirasida va ulardan ortiqcha 
xarajatlar; 
- ishlab chiqarish ishchilarini va ishlab chiqarish aktivlarini majburiy sug’urta 
qilish xarajatlari; 
- yaroqsizlik tufayli kelib chiqadigan yo’qotishlar; 
- ishlab chiqarishning ichki sabablariga ko’ra bekor turishlar tufayli 
yo’qotishlar; 
- kafolatli xizmat muddati blgilangan buyumlarni kafolatli tuzatish va ularga 
kafolatli xizmat ko’rsatish xarajatlari; 
- mahsulot (xizmat)larning majburiy sertifikatsiya qilish xarajatlari; 
- ishlab chiqarish jarohatlari tufayli mehnat qobiliyati yo’qolishi munosabati 
bilan tegishli vakolatli organlarning qarorlari asosida va qarorlarsiz to’lanadigan 
nafaqalar; 
- umumiy foydalaniladigan yo’lovchilar transporti xizmat ko’rsatmaydigan 
yo’nalishlarda xodimlarni ish joyiga olib borish va olib kelish bilan bog’liq xrajatlar. 

Yüklə 4,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin