161
Korxona foydasining shakllanish manbalari ular xo’jalik faoliyati natijasida
olinadigan daromadlardir:
- sotishdan olingan sof tushum;
- asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar (operatsiya daromadlari);
- moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar;
- favqulodda foyda.
Sotishdan olingan sof tushum
mahsulot (ish, xizmat)larni sotishdan
olingan
pul tushumidan qo’shilgan qiymat va aksiz solig’i hamda eksport boj poshlinasini
chiqarish yo’li bilan aniqlanadi. Unga tovarlarning qaytarilishi, xaridorlar uchun
berilgan chegirmalar va boshqalar kiritilmaydi.
Korxonalarning
asosiy ishlab chiqarish faoliyatidan olinadigan boshqa
daromadlarga
quyidagilar kiradi:
- undirilgan yoki qarzdor tomonidan e’tirof etilgan jarimalar, penyalar,
vaqtida to’lanmagan qarzlar va xo’jalik shartnomalari shartlarini buzganlik uchun
boshqa
xil jazo jarimalari, shuningdek yetkazilgan zaralarni undirish bo’yicha
daromadlar;
- hisobot yilida aniqlangan o’tgan yillardagi foyda;
- ishlab chiqarish va mahsulot (ish, xizmat)larni sotish bilan bevosita bog’liq
bo’lmagan operatsiyalardan renta daromadi, korxona huzuridagi oshxonalardan
tushumlar, yordamchi xizmatlardan daromadlar
sifatidagi boshqa daromadlar;
- korxonaning asosiy fondlarini va boshqa mol-mulklarini sotishdan olingan
daromadlar;
- da’vo bildirish muddati o’tgan kreditorlik va deponet qarzlarni hisobdn
chiqarishdan olingan daromadlar;
- tovar - moddiy boyliklarni qayta baholash;
- davlat subsidiyalaridan daromadlar;
- xolisona
moliyaviy yordam;
- boshqa operatsion daromadlar.
Korxonalar
moliyaviy faoliyatidan olinadigan daromadlarga
quyidagilar
kiradi:
162
- Respublika hududida va uning tashqarisida boshqa xo’jalik yurituvchi
sub’ektlar faoliyatiga ulush qo’shgan holda
qatnashishdan olingan daromad,
aksiyalar bo’yicha dividendlar va obligatsiyalar hamda korxonaga tegishli qimmatli
qog’ozlar bo’yicha daromadlar;
- mol-mulkni uzoq muddatli ijaraga berishdan olingan daromadlar (lizing
to’lovini olish);
- valyuta schyotlari, shuningdek chet el valyutlaridagi operatsiyalar bo’yicha
ijobiy kurs tafovutlari;
- sarflangan (qimmatli qog’ozlarga, shu’ba korxonalarga va hokazolarga)
mablag’larni qayta baholashdan olingan daromadlar;
- moliyaviy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar.
Korxonalarning
favqulodda foyda
- bu ko’zda tutilmagan tasodifiy tusga ega
bo’lgan hodisa yoki korxonaning odatdagi faoliyati doirasidan
chetga chiqadigan
tusdagi operatsiyalar natijasida paydo bo’ladigan va olinishi kutilmagan foydadir.
Bunga daromadlarning kamdan-kam bo’ladigan moddalari yoki asosiy faoliyatdan
olingan boshqa daromadlar bo’limida aks ettirilishi kerak bo’lgan o’tgan davrlardagi
foyda kirmaydi.
Korxonalarning, yuqorida keltirilgan, xo’jalik faoliyatidan olingan
daromadlari va qilingan xarajatlari asosida
foydaning quyidagi beshta
ko’rsatkichlari aniqlanadi:
- mahsulotni sotishdan olingan yalpi foyda - bu sotishdan olingan sof tushum
bilan sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi o’rtasidagi tafovut ko’rinishida
bo’ladi:
Dostları ilə paylaş: