Navoiy davlat konchilik instituti ashurova n. B. Atamuradov sh


 Korxonalar iqtisodiyoti va menejmenti kursining mazmuni va vazifalari



Yüklə 4,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/175
tarix18.09.2023
ölçüsü4,58 Mb.
#145253
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   175
1.3. Korxonalar iqtisodiyoti va menejmenti kursining mazmuni va vazifalari 
«Korxona iqtisodiyoti va menejmenti» korxonalar faoliyati va butun xalq 
xo’jaligi rivojlanishining miqdor ko’rsatkichlarini sifat ko’rsatkichlaridan 
ajralmagan holda o’rganuvchi «Iqtisodiy statistika» bilan, shuningdek, joriy va 
istiqboldagi ishlab chiqarishni hamda ishlab chiqarish texnologiyalarini 
rivojlantirish uchun zarur bo’lgan «Korxonalar xo’jalik faoliyatining tahlili» bilan 
ham bog’liq. Gap shundaki, korxonalar hayotida ro’y berayotgan iqtisodiy 
jarayonlarni texnika va texnologiyalarni bilmasdan o’rganishning iloji yo’q. Fan-
texnika taraqqiyoti sharoitlarida texnika va texnologiyada jadal sur’at bilan yuz 
berayotgan o’zgarishlar nafaqat ishlab chiqarish xususiyatlarida, balki ayirboshlash, 
taqsimlash va iste’mol qilish hamda ishlab chiqarishning iqtisodiy natijalarida ham 


16 
aks etadi va shu sababli mazkur fanni o’rganishda hisobga olinmasligi mumkin 
emas. 
Mazkur fanning “Korxonalar xo’jalik faoliyatining tahlili” fani bilan o’zaro 
aloqasini alohida ko’rsatib o’tish kerak. Bunda ishlab chiqarishning moliyaviy va 
boshqa jihatlariga baho berish, zahiralarni aniqlashdan tashqari, bashoratlash 
yordamida korxona rivojlanishining istiqbollari aniqlanadi. Xorijiy mamlakatlar 
amaliyotining guvohlik berishicha, korxona, firma va kompaniyalarning ko’pchiligi 
ishlab chiqarish menedjerlari va iqtisodchilarning yuqori kasb malakasi va o’z 
sohasidagi chuqur bilimlari evaziga muvaffaqiyatlarga erishib, yuqori daromadga va 
ishlab chiqarish imidjiga ega bo’lmoqda. Shu sababli korxona iqtisodiyotini yaxshi 
bilishning o’zi kamlik qilib, bo’lajak mutaxassisning iqtisodiy fikrlash doirasini 
kengaytirish va uning xalq xo’jaligida o’z o’rnini topishini shakllantiruvchi boshqa 
iqtisodiy, texnikaviy hamda texnologik fanlar majmuasini ham bilish talab qilinadi. 
Menejmentning mazmunini iqtisodiyotni boshqarishning, boshqarish 
tizimlari va uni tuzishning tashkiliy shakllari, xo’jalik mexanizmi va boshqaruv 
uslublari, boshqaruv texnika va texnologiyasining nazariy va usulologik asoslarini 
o’rganish tashkil etadi. Menejment boshqaruv faoliyatining umumiy qonuniyatlari 
va tamoyillari, boshqaruv tizimiga ta’sir usullarini shakllantiradi, boshqaruv 
apparatining aniq vaziyatlardagi harakatlari va o’zini tutish hollarini 
umumlashtiradi. Iqtisodiyotni boshqarishning nazariy va amaliy tomonlarini 
o’rganadi. Boshqaruv nazariyasi boshqaruv faoliyatining qirralarini butun bir 
majmua ko’rinishida, nazariy tahlil va mantiqiy uslub asosida boshqarishning asosiy 
qonuniyatlari va usullarini ajratib o’rganadi. 
Menejmentning amaliy tomonlari quyidagi aniq vazifalarni xal etishga: 
iqtisodiyotni bozor munosabatlariga o’tishiga, foyda olishga, ishlab chiqarish 
samaradorligini oshirish, aholi ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga, kishilar 
ma’naviy darajalarini o’stirish va boshqalarga qaratilgandir. 
Menejmentning bu amaliy qismi boshqaruv tamoyillarini o’zini emas, balki 
ularni boshqaruv amaliyotida qo’llash qobiliyati, ya’ni ulardan aniq ko’rinishlaridan 
aniq vaziyatda, foydalana olish qobiliyatini o’rganadi. Uning boshqarish 


17 
nazariyasidan farqi u iqtisodiyotni boshqarish amaliyotida qonuniyatlar, tamoyillari 
va uslublaridan foydalanish namunalarini ishlab chiqarishdadir. 
“Funksiya”-bu lotincha so’z bo’lib biror kimsa yoki narsaning ish, faoliyat 
doirasi, vazifasi degan ma’noni bildiradi. 
“Vazifa”-bu amalga oshirilishi, hal qilinishi lozim bo’lgan masala, erishilishi 
lozim bo’lgan, ko’zda tutilgan maqsad. Yoki birior bir topshiriq, xizmat, yumush, 
xizmat lavozimi, mansab, amal. 
Boshqaruv funksiyasi- deganda u yoki bu ob’ektni boshqarishga oid aniq 
vazifalarni hal etishga qaratilgan bir turdagi ishlar majmuasi tushuniladi. 
Boshqaruv funsiyalarining mazmuni 
Boshqaruv funksiyalarining mazmuni u yoki bu faoliyatni tashkil qilishdan 
kelib chiqadi. Masalan, ishlab chiqarishni olaylik. Uning dastlabki bosqichida: 

Loyihalash; 

Konstruktorlik; 

Rejalashtirish kabi ishlarni bajarish bilan bog’liq funksiyalar paydo bo’ladi. 
Keyingi funksiyalar ishlab chiqarishni tayyorlash, ya’ni: 

Mahsulot tayyorlash texnologiyasini ishlab chiqish; 

Mehnat me’yorlari, materiallari sarfini belgilash; 

Asbob-uskunalarni tayyorlash kabi ishlarni bajarish bilan bog’liq. 
Ishlab chiqarish jarayonini boshlash va uni uzluksiz davom ettirish uchun: 

Ishlab chiqarish vositalari, texnika; 

Xom ashyo; 

Elektr quvvati kabilarni hal etib olish kerak bo’ladi 
Menejment funksiyalari 

Yüklə 4,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin