Navoiy davlat konchilik instituti ham texnologiyalar universiteti yonidagi Nukus konchilik instituti



Yüklə 298,61 Kb.
səhifə2/6
tarix30.10.2022
ölçüsü298,61 Kb.
#66807
1   2   3   4   5   6
N1 Mustaqil Ishi Infarmatika

“O’zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni joriy qilish va yanada rivojlantirish bo ’yicha qo ’shimcha chora-tadbirlar to ’g ’risida” Qaror qabul qildi, hamda O’zR Prezidentining PQ-3832 03.07.2018 dagi “O’zbekiston Resbublikasida raqamli iqtisodni rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarorlarini ham shu tadbirlar jumlasiga kiritish mumkin. Ushbu qaror bo’yicha quyidagilar raqamli iqtisodiyotni yanada rivojlantirish bo’yicha eng muhim vazifalar deb ko’rsatilgan.

Investitsiya va tadbirkorlikni diversifikatsiya qilish uchun kriptoaktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni, jumladan, mayining, smart kontrakt, konsalting, emissiya, ayriboshlash, saqlash, taqsimlash, boshqarish, sug’urtalash, kraudfunding (jamoaviy moliyalashtirish), shuningdek, blokcheyn texnologiyalarni joriy etish va rivojlantirish. Blokcheyn texnologiyalarni ishlab chiqarish va ulardan foydalanish sohasida amaliy ish ko’nikmalariga ega bo’lgan malakali kadrlarni tayyorlash.

Raqamli iqtisodiyot atamasi ikki xil turli tushunchalarni ifodalash uchun ishlatiladi. Birinchidan, raqamli iqtisodiyot - bu rivojlanishning zamonaviy bosqichi hisoblanib, u ijodiy mehnat va axborot ne’matlarining ustuvor o‘rni bilan tavsiflanadi. Ikkinchidan, raqamli iqtisodiyot - bu o’ziga hos nazariya bo‘lib, uning o‘rganish ob’ekti, axborotlashgan jamiyat hisoblanadi. Raqamli iqtisodiyot nazariyasi o‘z rivojlanishining boshlang‘ich davridadir, chunki tsivilizatsiyaning raqamli axborot bosqichiga o‘tishi bir necha o‘n yilavvalgina boshlangan.

Raqamli iqtisodiyot’ atamasi ilmiy amaliyotga ispaniyalik va amerikalik sotsiolog, axborotlashgan jamiyatning yetakchi tadqiqotchisi Manuel Kastels tomonidan kiritilgan. Bu borada u o‘zining “Axborot davri: iqtisod, jamiyat va madaniyat’ nomli uch jildli monografiyasini chop etgan. Hozirgi vaqtga kelib, raqamli iqtisodiyot nazariyasi to‘laligicha hali shakllanmagan va ko‘pchilik iqtisodchilar tomonidan keng miqyosda o‘rganilmoqda.Ilmiy adabiyotlarda hozirgi zamon “Yangi raqanli iqtisodiyoti” turli xilatamalar bilan nomlanadi. Masalan, “postindustrial iqtisodiyot’ (D.Bell), “axborotlashgan iqtisodiyot’ (O.Toffler), “megaiqtisodiyot” (V.Kuvaldin), “axborot va aloqaga asoslangan iqtisodiyot’ (I.Niniluto), “texnoiqtisodiyot yoki raqamli iqtisodiyot’ (B.Geyts), “bilimlarga asoslangan iqtisodiyot’ (D.Tapskott).


Yüklə 298,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin