Shuning uchun ish bilan bandlik keskin pasayib ketishiga mutlaqo o‘rin qolmaydi, deb hisoblaydi D.Bell. Yuqoridagi mehnat mezoniga qarshi quyidagi e’tirozlar bildirilgan: mehnatni axborot va noaxborot turlarga ajratishning ob’yektiv usuli mavjud bo‘lmaydi. Masalan, temir yo‘ldagi yo‘naltiruvchilar yo‘llar, poyezdlarning harakatlanish jadvali, marshrutlar haqida katta hajmdagi ma’lumotiga ega bo‘lishlari kerak. Shunga qaramay, ular industrial asr xodimlariga kiritiladi; Raqamli axborot jamiyatida intellektual va texnik ziyolilardan tashkil topgan yangi sinf jamiyatning rivojlanish omili bo‘lib hizmat qiladi. Ushbu sinf a’zolarining soni qanchalik o‘sib bormasin, ularning soni aholining band qismidan juda kam bo‘lib qolaveradi.