Keng qamrovchi kombaynlar yordamida ko’mir qazish texnologiyasi: a-kesuvchi mashina bilan; b-Donbass ken qamrovchi kombayni bilan; v -2KTSTG – keng qamrovchi kombayni bilan. «Donbass-1G» kombaynining tuzilishi va texnologik sxemasini keltiramiz (rasm,b). Bu kombayn quyidagi asosiy qismlardan tashkil topgan: elektryuritgich 4, harakatlantirish mexanizmi 3, baraban 2 va sim arqon 1 dan tashkil topgan tortish organi; uzatish mexanizmi 5 (transmissiyasi); rasshtbovshik 6; kombinatsiyalashgan ish bajaruvchi organ 7 (buzuvchi shtanga va diskli 8 aylana bar); pritsepli aylana yuklagich 9. «Kirovets» keng qamrovchi kombayni (0,6-0,8 m qalinlikdagi qatlamlarga mo’ljallangan) «Donbass-1G» dan farq qilib, diskli buzuvchi shtangasi bo’lmaydi. Aylana yuklagichi esa 2 xil konstruktsiyalidir: aylanasimon sidirgichli zanjiri pritsepli va bir aylanali sidirgichli bitta tayanchga ega bo’lgan zanjir. 2KTSTG kombayni tuzilishi va texnologik ishlash sxemasi yuqoridagilardan farq qiladi. Uning ishchi organi 4 ta burg’ulash koronkasidan va kesuvchi zanjirli chegaralovchi aylana bardan iborat (rasm, v). Hozirgi vaqtda keng qamrovchi kombaynlar deyarli ishlatilmaydi, ular o’z o’rnini to’la ravishda tor qamrovchi kombaynlarga bo’shatib berishgan. Keng qamrovchi kombaynlardan faqatgina «Kirovets» va 2KTSTG kombaynlarigina ayrim shaxtalarda ishlatilmoqda. Tor qamrovchi kombaynlar - asosiy qazib oluvchi mashinalar hisoblanib, ular zamonaviy qazish komplekslari bilan birga ishlatiladi. Ko’mirni tor qamrovchi kombaynlar yordamida qazib olish texnologiyasi: a – kombaynning konveyer ramasida ishlash sxemasi; b - kombaynning zaminda ishlash sxemasi; v- kombaynning qazib olingan bo’shliq tomonda ishlash sxemasi. Agar qatlam qalinligi 0,6-0,8 m bo’lsa, tabiiyki yupqa qatlam ish zonasi kombaynning konveyer ramasi ustida xarakat qilishini ta’minlay olmaydi. Bunday xollarda kombayn qatlam zaminida konveyer yonida harakatlanadi. Bu holat ikki variantda bo’lishi mumkin: