Sakrashlarda depsinish taxtachadan yoki yo‘lka yuzasidan bir Oyoqda bajariladi. Bunda indikatorni bosib olmaslik lozim. Sakrash C tijalari tananing istalgan qismi (yoki qo‘l) bilan qoldirilgan izdagi g yaqin nuqtaga qarab o'lchash chizig‘iga perpendikulyar bo‘lgan tO‘g‘ri chiziq bo‘ylab o‘lchanadi. Sakrash e’tiborga olinmaydi, agar sakrovchi: - sakrashni bajarmay, taxtacha ustidan yoki uning yonidagi o‘lchash chizig‘i ustidan yugurib o‘tib ketsa; - depsinishda o‘lchash chizig‘idan o‘tib ketsa yoki bosib olsa; - taxtachaning yon tomonidan depsinishni bajarsa; - erga tushish paytida tananing istalgan qismi bilan chuqurchaning yon chekkasi tashqarisidagi sektor yuzasiga tegib ketsa, bunda erga tushishda qoldirilgan izga qaraganda depsinish taxtachasiga yaqinroq turib qolsa; - sakrashni bajarib bo‘lgandan so‘ng erga tushish chuqurchasi orqali orqaga qaytsa; 241 - sakrashda har qanday shakldagi saltodan foydalangan bo‘Isa; - urinish uchun ajratilgan vaqtni cho‘zib yuborsa.
0 ‘z - o‘zini nazorat qilish uchun savollar:
0 ‘z - o‘zini nazorat qilish uchun savollar:
1. Uzunlikka sakrashning sport turi sifatida shakllanishi va rivojlanishi qaysi davrlardan boshlangan?
2.Uzunlikka sakrash bo£yicha musobaqalarni kim boshqaradi?
3.Uzunlikka sakrash bo‘yicha musobaqalarida nechta hakam boMadi? 4.Uzunlikka sakrashni oxirgi qadamiari•qanday bajariladi?
5.Yugurish tezligi qanaqa bo‘!adi?
6.Vertikal tezlik qanday hosil bo'ladi?
7.Depsinishda UOM qanaqa holatda boMishi muhim rol o‘ynaydi?
8.Uzunlikka sakrash uzoqligi nimaga bog‘liq bo‘ladi?
9. Uzunlikka sakrash tezligi qanday bo‘lishi kerak?
10. Uzunlikka sakrash uchun necha metr masofadan yugurib kelish kerak, balandlikkachi?
11. Erkaklar o'rtasida uzunlikka sakrash bo‘yicha dunyo rekordi qaysi davlat vakiligategishli?
12. Ayollar o‘rtasida uzunlikka sakrash bo‘yicha dunyo rekordi qaysi davlat vakiliga tegishli?