V = 2 (a1 + a2 + a3 + a4), (6)
bu yerda a1 ≈ 0,3 ÷ 0,4 – minora oyog’i o’qidan ishga tushuruvchi stansiyagacha masofa, m; a2 ≈ 0,45 ÷ 0,5 – ishga tushuruvchi stansiyaning eni, m; a1 ≥1 – dastgoh bilan ishga tushuruvchi stansiya orasidagi masofa (statsionar qurilmalar uchun), m; a4 – dastgohning gabarit enining yarimi, m.
Yuqori asos. Yuqori asos o’lchamlari shunday bo’lishi kerakki, xavfsizlik qoidalari belgilagan ishchi maydon o’lchamlariga va ushbu maydon bilan tal bloki orasidagi zazorga amal qilinishi kerak. Normativlarga muvofiq ishchi maydoning eni kamida 0,7 m bo’lishi kerak va u ko’chma blokning maksimal chiqib turuvchi qismlaridan kamida 0,2 m masofada bo’lishi kerak.
Ishchi maydon joylashish balandligi hr formula bo’yicha hisoblanadi:
hr = lccos α + h1 + h2 (7)
bu yerda lc – shamning nominal uzunligi, m; α = 1,5 ÷ 3° - shamning minora o’qiga og’ish burchagi; h1 – shamdonning pastki asos sathidan balandligi, m; h2= 1,5 ÷ 1,6 – ishchi maydon polining sham tepasidan belgisi, m.
ishchi maydon sathidagi stoykalar orasidagi masofa:
bp = 2 (B + 0,2 +s0); (8)
bu yerda B – tal blokining katta (planda) gabarit o’lchamining yarimi, m; 0,2 – maydon bilan tal bloki orasidagi kafolatlangan zazor, m; s0≥ 0,7 – svetda o’tish kengligini ta’minlaydigan o’lcham, m.
Unda yuqori asosning zlchamlarini formuladan topamiz:
yoki (9)
Alohida sterjenlarga bo’linadigan minoralar uchun yuqori asosning svetdagi o’lchami yig’ilgan kronblok bemalol o’tishiga ruxsat berishi kerak.
Minora (machta) vazni. Minoralarga va machtalarga qo’yiladigan texnik-foydalanish talablar mustahkamlik, turg’unlik, chidamlilik, oson yig’ilishi va qismlarga ajralishi, transportda tashishga qulayligi, konstruksiyasining metall sarfi va boshqalar ularning vazni bilan bog’liq.
Dastlabki hisoblarda minora yoki machtaning vazni taxminan formula bo’yicha aniqlanishi mumkin:
M = Q0 NKe (10)
Bu yerda ke– minora yoki machtaning 1 m balandligiga va 10 kN yuk ko’tarish qobiliyatiga metall sarfini (kg) tavsiflovchi tejamlilik koeffitsienti.
Minoralar uchun ke ≈ 20 va machtalar uchun ke ≈ 10 o’rtacha qiymatida eng yaxshi konstruksiyalarning tejamlilik koeffitsienti 12-14 va 7-8 bo’ladi.
Poydevorni montaj qilish va transportda tashish. Burg’ilash qurilmalari odatda poydevorlarga (asosga) o’rnatilgan jihoz bilan transportda tashiladi. Kichik masofalarga tashish, yo’l sharoitlari qulay bo’lsa, yirik bloklar bilan, ba’zan machtani ko’tarib amalga oshiriladi. Harakat traktorlar yoki shatakchi yordamida maxsus traktorli aravalarda amalga oshiriladi.
Odatiy yo’l sharoitlarida inshootlar, poydevorlar va jihozlar alohida og’ir yuk tashuvchi mashinalarda yoki gusenitsali aravalarda alohida bloklar qilib tashiladi, burg’ilash qurilmasini yig’ish bo’lg’usi quduq og’zida tayyorlab qo’yilgan maydonda amalga oshiriladi.
Agar poydevorlar jihozsiz tashilsa, avval mezana bloki o’rnatiladi, bunda rotor teshigining vertikal o’qi quduqning o’qiga to’g’ri kelishi kerak. Keyin lebedka va kuch blokining asoslari o’rnatiladi, undan keyin ularga barcha zarur bo’lgan jihozlar va mezana montaj qilinadi. Avtoshatakchilarga yoki traktorlarga o’rnatilgan montaj strelasi va lebedkasi yordamida montaj qilinadi.
Mezanalarni montaj qilish va transportda tashish. Mezanalarni montaj va demontaj qilish usullari ko’pincha ularning konstruksiyasi bilan belgilanadi. Seksiyali machtali mezanalar yaxlit payvandlangan uzellarga (seksiyalarga) ajratiladi. Ular gorizontal holda chorpoyalarda yig’iladi.
Bloklar ajratgichlarining soni kamligi ishlarning kam sermashaqqatligini belgilaydi, takelaj ishlarini mexanizatsiyalash vositalarini qo’llash esa yig’ish jarayoni yuqori samarali bo’lishiga yordam beradi. Boshqa teng sharoitlarda machtali mezanani montaj qilish vaqti minorali mezanani montaj qilish vaqtidan ancha kamroq.
Machtali mezanalarni qismlarga ajratmasdan ishchi va gorizontal holatlarda, shuningdek alohida seksiyalar ko’rinishida avtotransportda tashish mumkin.
Minorali turdagi mezanalar alohida qismlarga (sterjenlarga) ajratiladi. Yig’ishning eng keng tarqalgan usuli – mezanali ko’targich yordamida “yuqoridan pastga” montaj qilish usuli. Uning mohiyati mezananing montaji yuqori seksiyalardan boshlanishidadir. Dastlab chorpoyalar va kronblokosti balkalar montaj qilinadi, keyin ularga mezanali ko’targich ichida yig’iladigan yuqori seksiyaga qo’shiladi. U moslama yordamida keyingi seksiya balandligiga ko’tariladi. Mezananing keyingi seksiyasi montaj qilinadi va oldin ko’tarilganga ulanadi; ikkita yig’ilgan seksiya ko’tariladi va polda keyingi seksiya montaj qilinadi va shu tarzda eng pastki seksiyagacha.
Ko’targichning chiziqli o’lchamlari seksiyalar o’lchamlariga bog’liq. Strelalar yordamida minorali turda mezanalarni qurish yoki gorizontal holda yig’ib, ishchi holatga ko’tarish qo’llanilmaydi, chunki qurilishni mexanizatsiyalash qiyinlashadi va ishlarni yuqori balandlikda olib borishga to’g’ri keladi. Shuning uchun minorali turdagi mezanalarni qo’llash yangi joyga qismlarga ajratmasdan vertikal holatda transportda tashish sharti bilan maqsadga muvofiq bo’ladi. Istisno chuqur burg’ilash bo’lishi mumkin, bunda burg’ilash joyini qurish muddati muhim ahamiyatga ega emas.