NAVOIY DAVLAT KONCHILIK VA TEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI KONCHILIK FAKULTETI KON ELEKTROMEXANIKASI KAFEDRASI GEOLOGIK VA TEXNOLOGIK SKVAJINALARNI BURG’ILASH FANI
MUSTAQIL ISH Guruh: 19A-20 TMJ Bajardi: Shomamatova.O Tekshirdi:Djurayev R
Burg’ulash minoralarini ko’rsatkichlari va texnik xaraktyeristikalarini tanlash
Poydevorni montaj qilish va transportda tashish
Burg’ilash minoralari va machtalari quyidagilar uchun mo’ljallangan:
- burg’ilash va mustahkamlash quvurlari bilan tushirish-ko’tarish operatsiyalarni bajarish;
- yuksizlanib burg’ilashda tal (osma chig’ir) tizimda burg’ilash kolonnasini saqlab turish;
- quduqdan chiqarilgan shamlarni o’rnatish;
-tushirish-ko’tarish operatsiyalarini mexanizatsiyalash vositalarini joylashtirish.
Minoralar va machtalar quyidagi foydalanish-texnik talablarga javob berishi kerak:
- burg’ilash jarayonida yoki avariyalarni bartaraf qilishda paydo bo’ladigan maksimal yuklamalarda yetarlicha mustahkam va turg’un bo’lish;
- tal blokini, elevatorni joylashtirish uchun va burg’ilash shamlari hamda kolonkali to’plamlar bilan manevr bajarish uchun zarur balandlik zaxirasiga ega bo’lish;
- geologiya qidiruv ishlarida xavfsizlik qoidalariga javob berish;
- imkon qadar kichik vaznga va gabarit o’lchamlarga, shuningdek montaj-demontaj ishlarida tashishga qulaylikni va oddiylikni ta’minlaydigan konstruksiyaga ega bo’lish.
Minora – bu foydali yuklama qabul qiluvchi kamida uchta tayanchi bo’lgan konstruksiya, machta esa – bitta yoki ikkita shunday tayanchlari bo’lgan konstruksiya. Minoralar va machtalar, ularning tuzilishi va ma’lum sharoitlarda qo’llash imkoniyatlari to’g’risida to’liq tushuncha beradigan, ularning vazniga, gabarit o’lchamlariga va montaj-demontaj ishlarining usuliga ta’sir ko’rsatadigan, fazaviy geometrik shakli bo’yicha tavsiflanadi. Ushbu belgisi bo’yicha minoralar piramidasimonlarga va minorasimonlarga (kesik piramida ko’rinishida), machtalar esa – prizmasimonga, piramidasimonga, A-simonga va langarcho’pliga bo’linadi.