Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti konchilik fakulteti


TEKISLIKDA JOYLASHGAN IXTIYORIY KUCHLAR SISTEMASINING TAYANCH REAKSIYALARINI ANIQLASH



Yüklə 1,78 Mb.
səhifə9/19
tarix02.12.2022
ölçüsü1,78 Mb.
#71911
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19
2022 Назарий механмка USLuBiY ko`rsatma TAJRIBA MASHGuloti (2)

TAJRIBA MASHG`ULOTI №3

TEKISLIKDA JOYLASHGAN IXTIYORIY KUCHLAR SISTEMASINING TAYANCH REAKSIYALARINI ANIQLASH



Ishning maqsadi: Tajribada aniqlangan bir tayanchli va ikki tayanchli balkaning reaksiyalarini, analitik usulda olingan miqdori bilan taqqoslach
Qisqacha nazariy ma'lumotlar
Ta'sir chiziqlari tekislikda ixtiyoriy joylashgan kuchlardan tashkil topgan sistema tekislikdagi ixtiyoriy kuchlar sistemasi deyiladi.
Jismning bir nuqtasiga ta’sir etadigan kuchni to`plangan kuch deyiladi. Jismning butun hajmi bo‘yicha, yoki ma’lum yuzacha bo‘yicha ta’sir etuvchi kuchlarni tarqalgan (yoyilgan) kuchlar deb ataladi.
Umumiy holda tekislikdagi ixtiyoriy kuchlar sistemasi bosh vektor deb ataladigan bitta kuch va kuchlardan olingan bosh moment deb ataladigan juft momentiga keltiriladi.
Statikaning ko`plab masalalarida balkalar va balkalar sistemasi qo`llaniladi. Balka – bu ikki yoki undan ko`p tayanchlar bilan bo`qlanishdagi to`g`ri brus shaklidagi qandaydir materilaldan tashkil topgan konstruksiya detali bo`ladi.
Balkalar va balkalarning tayanch reaksiyalari: Balkalarning reaksiyalari 3 turga bo`linadi.

  1. sharnirli – qo`g`aluvchan ( tayanch A);

  2. sharnirli – qo`g`almas ( tayanch B);

  3. devorga qisib mahkamlangan ( tayanch C);

(1-rasm)
Bir tekislikdagi ixtiyoriy kuchlar sistemasini muvozanatda bo’lishi uchun kuchlarning tekislikdagi koordinata o’qlariga proeksiyalarining yig’indisi va ixtiyoriy markazga nisbatan momentlarining algebrank yig’indisi nolga teng bo’lishi zarur va yetarlidir.



tеnglаmаlаrni tekislikda dekart kооrdinаtаlar sistemasi o`qlаrigа prоеksiyalаb, yuqoridаgi tеnglаmаlаr sistеmаsiniga kelamiz:
Amaliy qism
Qurilmalar va foydalaniladiganlar: Tajriba qurilmasi TMt 03M, o`lchagich indikator soati, ma`lum og`irlikdagi yuklar.
Tajriba ishi TMt 03M tajriba qurilmasida amalga oshiriladi (5-rasm), balkada ikkita tayanch 2 va tayanch 1dan iborat bo'lib, uning ustiga po'lat nbalka 3 chap tayanchga o'rnatiladi yoki qisiladi. 4 prijinali korpusga mahkamlangan. O`lchash soat indikatori ko'rsatkichlari 5 balkaning gorizontal va vertical tayanch reaksiyalarini ko`pi bilan 5 % xatolikda aniqlaydi. 10 tekis taqsimlangan yuk temirdan tuzilgan. Balkaga ipga osilgan 6 va 8 to`plangan kuchlar yuklangan. 6 yuk balka bo`ylab harakatlanuvchi polzun 9 ga mahkamlangan. 8 yuk ip yordamida osilgan. 8 yuk vertical siljimasligi uchun 11 tayanchga mahkamlangan. 12 shtanga 1 asosga mahkamlangan.Balkaga juft kuchni hosil qilish uchun 7 richag o`rnatilgan. 13 ip yordamida valik o`rnatilgan. Ipning bir uchi 12 tayachga mahkamlangan, ikkinchi oxiri 14 yukka osilgan, bu og`irlik kuchi balkaga ta`sir etuvchi juft kuch momentiga teng.

(2-rasm)




Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin