5.2. To‘lov balansini hisobga olishni asosiy konsepsiyalari
Q uyida u yoki bu davlatning to‘lov balansini prognozlashtirishda e’tiborga olinishi kerak bo‘lgan bir qancha qoidalar ro‘yxati kiritilgan.
Jahon iqtisodiyotidagi tendensiyalar. Tashqi sektor prognozlari butun dunyo bilan o‘zaro aloqador bo‘ladi. Shuning uchun ham unda asosiy savdo hamkorlari va shuningdek, raqobatchi davlatlar iqtisodiyotining rivojlanish tendensiyasi hisobga olinishi kerak.
I chki iqtisodiy faollik va iqtisodiy siyosat. To‘lov balansi prognozlari mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishini prognozlashtiruvchi tendensiyalarga mos bo‘lishi kerak. Unga, o‘z navbatida bevosita o‘tkaziladigan soliq, budjet va pulkredit siyosati ta’sir etadi.
Prognozlashtirish uslubiyati. Prognozlarni tayyorlashda o‘zgarishni ko‘rsatuvchi va asosiy o‘zgarishlarni prognozlashtiruvchi ko‘rsatkichlar orasidagi mustahkam aloqalarni o‘rnatish maqsadga muvofiqdir.
Dezagregatsiya darajasi. Prognozlashtiruvchi operatsiya kategoriyalar tarkibida ma’lumotlarning dezagregatsiya darajasi aniqlangan bo‘lishi kerak.
Buxgalteriya hisobida balansga rioya qilish. To‘lov balansining alohida komponentlari alohida prognozlari barcha tashkiliy to‘lovlar va tushunchalar summasi nimaga teng bo‘lishi kerak, ya’ni joriy operatsiyalar hisobining saldosi kapital harakati va zahiralar miqdorining o‘zgarishi summasiga teng bo‘lishi kerak, degan shartni qondirmasligi mumkin.
Joriy operatsiya hisobi defitsitining ma’qullangan miqdori. Agar joriy operatsiya hisobi defitsiti prognozlashtirilayotgan bo‘lsa, defitsitni moliyalashtirishni ta’minlash va qarz berish bilan bog‘liq bo‘lgan muammoni chetlab o‘tish imkonini beruvchi hajmdagi kapitallar oqimiga davlat kafolat bera olisholmasligi muhim hisoblanadi.
5.3. Transfertlar tahlili va kapital operatsiyalar hisobi Umuman olganda xizmat ko‘rsatish sohasida debet va kreditlarning asosiy kategoriyalarini savdoda kiritilgan ayni ko‘rsatkichlar, ya’ni nisbiy qiymatlar bilan bog‘lash mumkin. Lekin bunday yondashuvning samaraliligi xizmat moddalarining ba’zi sohalarga tavsiya etuvchi omillari murakkabligi, shuningdek, turli moddalar qiymati to‘g‘risidagi ma’lumotlarning yo‘qligi sababli chegaralanadi. Shuning uchun, odatda, xizmat ko‘rsatish sohasida debet va kreditlarning umumiy prognozlashtirish imkonini beruvchi usullardan foydalaniladi.