Tayanch so‘z va iboralar
Iqtisodiyotning real sektori tushunchasi. Real sektorning iqtisodiyotdagi o‘rni va ahamiyati. Real sektor va iqtisodiy o‘sish. “Milliy ishlab chiqarish sof mahsulotlari” tushunchasi. Real agregatlar. Nominal agregatlar. Iste’mol narxlar indeksi. YaIM deflyatori. Sof xorij daromadi, yalpi milliy ixtiyoridagi daromad. Tashqi balans. Xususiy sektorda kapital qo‘yilmalarni aniqlovchi omillar. Joriy davr baholari. Inflyatsiyani prognozlash. Tannarx oshishi. Iqtisodiyotning real sektori tahlili, institutsional sektorlar, yuridik shaxslar. Uy xo‘jaliklari. Ekonometrik modellar. Makroiqtisodiy agregatlar tushunchasi va makroiqtisodiy tahlil. Makroiqtisodiy prognozlash.
MAVZU-5. TO‘LOV BALANSINING IQTISODIY TAHLILI
Reja:
1. Ikkiyoqlama yozuv asosida hisobga olish tizimi.
2. To‘lov balansini hisobga olishni asosiy konsepsiyalari
3. Transfertlar tahlili va kapital operatsiyalar hisobi
5.1. Ikkiyoqlama yozuv asosida hisobga olish tizimi.
To‘lov balansi hisoblarini tuzishning asosiy maqsadlaridan biri tashqi muvozanatlikni to‘g‘rilash ehtiyojining paydo bo‘lganligi to‘g‘risidagi ma’lumotga ega bo‘lishdir. Biroq ikki taraflama yozuv tizimi to‘lov balansida debet va kredit tengligini nazarda tutadi. Shuning uchun unda ijobiy saldo yoki defitsitni ko‘rsatish uchun barcha tashqi operatsiyalarni summalash va bu guruh ichidagi operatsiyalarni moddalardan ajratish kerak (chiziq ostidan yoki ustidan). Qiziqarli ma’lumotlar5
Chiziqni tortish yerini hal qilish to‘lov balansi bosh ehtiyojining a’lo darajadagi qaysi operatsiyalar doirasini ko‘rsatish to‘g‘risidagi sub’ektiv nazarni ifodalaydi. Mustaqil hisoblangan operatsiyalarga bo‘lgan yondashuvlarning biriga asosan, avtonom moddalarni kompensatsiyalash uchun ular amalga oshiriladigan operatsiyalardan ajratilishi kerak. Boshqa yondashuv doirasida asosiy e’tibor operatsiya xarakterining o‘zgaruvchanligiga qaratiladi: nostabil deb qaraladigan operatsiyalar to‘lov balansining umumiy holatini ko‘rish uchun “chiziq ostida” belgilanadi.
|
Dostları ilə paylaş: |