Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti


Ishsizlikning kelib chiqish sabablari, turlari, asosiy mezonlari va ko‘rsatkichlari



Yüklə 13,04 Mb.
səhifə22/120
tarix24.09.2023
ölçüsü13,04 Mb.
#147896
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   120
2023-2024 УМК Dinamik makroiqtisodiyot

8.2. Ishsizlikning kelib chiqish sabablari, turlari, asosiy mezonlari va ko‘rsatkichlari

Iqtisodchi olimlar o‘rtasida ommaviy ishsizlikning haqiqiy sabablari qandayligi to‘g‘risida turlicha qarashlar mavjud.


Ma’lumki, J.M.Keyns «ishsizlikning davosi sifatida ish haqini pasaytirish g‘oyasini qat’iy inkor etib, o‘ziga investitsiyalar, davlat xarajatlari va sof eksportdan tashqari iste’mol xarajatlarini – bunda ham so‘nggi – umumiy talabning asosiy qismini ham qamrab oladigan umumiy talabdan kelib chiqadi».
Fikrimizcha, O‘zbekistonda ishsizlikning paydo bo‘lishi va o‘sish tarixi aynan Keyns qarashlarining to‘g‘riligini isbotlaydi. Ishsizlar rasmiy ro‘yxatga olingandan boshlab, ishsizlik darajasi ma’lum darajada muntazam ortib boradi, ishga joylashtirish qanchalik yuqori bo‘lsa, ishsizlik darajasi shunchalik past bo‘ladi.
Ish bilan bandlikning keskin kamayishi iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlar (davlat sektorining kamayishi), inflyatsiya hamda xo‘jalik yuritishning muqobil shakllari (xususiy korxonalar, hissadorlik jamiyatlari) yetarlicha tez o‘smaganligi tufayli ko‘pgina korxonalarda moliyaviy ahvol yomonlashuvi natijasida yuzaga keladi. Bularning hammasi, tabiiyki, umumiy talab hajmida salbiy aks etadi: davlat ta’siri qisqaradi, investitsiya faoliyati sustlashadi, iste’mol xarajatlari esa inflyatsiya ta’sirida turmush darajasining yomonlashuvi tufayli birmuncha kamayadi. Demak, O‘zbekistonda ishsizlik o‘sishining asosiy sababi – eng avvalo ishlab chiqarishning qisqarishidir. Iqtisodiy o‘sish dinamikasi bilan ishsizlik o‘rtasidagi aloqa uzviy bog‘liq ko‘rsatkichlardir. Qiziqarli ma’lumotlar9
Q oidaga ko‘ra, g‘arb iqtisodchilari iqtisodiy o‘sish sur’atlarini aholi ish bilan bandligining o‘sish sur’atlari bilan, tanazzulni esa ishsizlik darajasining o‘sishi bilan bog‘laydilar. Haqiqatdan ham, industrial turdagi normal ishlayotgan bozir iqtisodiyotida iqtisodiy o‘sish doimo tarmoqlarning rivojlanishi va kengayishini, demak, ish bilan bandlikning ortishini anglatadi. Shunday bo‘lsada, rivojlanayotgan mamlakatlarda bunday bog‘liqlik ko‘zga ochiq tashlanmaydi. Masalan, ko‘pgina rivojlanayotgan mamlakatlarda sanoatning tez o‘sishi ish bilan bandlikning muvofiq kengayishini keltirib chiqarmadi. Iqtisodchilar bu hodisani sanoatdagi o‘sish sur’atlaridan ancha yuqori bo‘lgan urbanizatsiya sur’atlari hamda qishloqdan shaharga ko‘chib kelayotgan aholi malakasining pastligida deb izohlaydilar. Aholining ish bilan bandlik dinamikasi, YaIM bilan ishsizlik o‘rtasidagi bevosita aloqaning tasdiqlanmasligi dastlabki qarashda mantiqan zid hodisadir. Ikkita dalil kishini hayratga soladi: birinchidan, ishsizlikni YaIMning o‘sishiga qiyosan ilgarilovchi qisqarishi; ikkinchidan, ish bilan bandlikning kamayishi bilan birga ishsizlikning qisqarishi.



Yüklə 13,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin