Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti


Mavzu-7. PUL-KREDIT SEKTORINING IQTISODIY TAHLILI



Yüklə 13,04 Mb.
səhifə19/120
tarix24.09.2023
ölçüsü13,04 Mb.
#147896
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   120
2023-2024 УМК Dinamik makroiqtisodiyot

Mavzu-7. PUL-KREDIT SEKTORINING IQTISODIY TAHLILI


Reja:


1. Iqtisodiy operatsiyalar
2. Milliy daromad, mahsulot va to‘lov balansi hisoblari o‘rtasidagi aloqa
3. Pul-kredit obzorining boshqa makroiqtisodiy hisoblar bilan o‘zaro aloqasi
7.1. Iqtisodiy operatsiyalar

I qtisodiy operatsiyalar hisobotiga makroiqtisodiy hisoblarning umumiy elementi deb qaralishi mumkin. Mulkchilik huquqi biror iqtisodiy birlikdan boshqasiga real yoki moliyaviy aktivga bo‘lgan mulkchilik huquqiga o‘sa yoki biror-bir iqtisodiy birlik boshqa birlikka xizmat qilsa, iqtisodiy operatsiya sodir bo‘ladi. Ko‘p hollarda iqtisodiy operatsiyalar sodir bo‘lganda, biror moliyaviy aktiv boshqasiga almashiladi. Ba’zi hollarda iqtisodiy operatsiyalar tovarlar, xizmatlar va moliyaviy aktivlar almashuvisiz bo‘ladi. Masalan, biron aholi punktiga bepul tibbiy xizmat ko‘rsatiladi yoki davlatga soliq to‘laganda. Bu operatsiyalar 2 ta komponentdan iborat:



  1. tovarlar, xizmatlar va moliyaviy aktivlar oqimi;

  2. 2-“Bir tomonlama transfertlar”.

Milliy hisoblar tizimida va to‘lov balansida operatsiyalar biror passiv bo‘yicha to‘lov amalga oshirilganda emas, balki qachonki shunday passiv paydo bo‘lganda o‘tkaziladi. Davlat moliya statistikasi ma’lumotlari poydevorida, aksincha, kassa prinsipi yotibdi. Pul statistikasi sohasida balansli hisobotlarga asoslaniladi.


7.2 Milliy daromad, mahsulot va to‘lov balansi hisoblari
o‘rtasidagi aloqa

a) Milliy hisoblar konsepsiyasi obzori.


Milliy daromad va mahsulot hisoblari poydevori mahsulotning ishlab chiqarilganligi va taqsimlanganligi birlamchidir. Tovar va xizmatlarning bir yildagi taklifini, mamlakat ichida ishlab chiqarilgan mahsulot yig‘indisi va importni hisoblash mumkin. Mahsulotni taqsimlash rezidentlarini umumiy xarajatlarini tashkil etadi (bular iste’mol, investitsiya + eksport). Buni quyidagicha yozish mumkin:

Y+M=C+ I +X


Bundan quyidagi tenglikni hosil qilamiz:
Y=C+I(X-M) (1)
U holda:
Y+YF=C+1+(X-M+YF) (2)

Endi tenglamaning chap tomoni YaIMga emas, balki YaMD ga teng.


a) Davlat moliya statistikasi va milliy daromad davlat operatsiyalarining ma’lumotlarni standart ko‘rsatish poydevori hisoblanadi. Bu poydevor davlat boshqaruv organlarining daromad, xarajat, kapital jamg‘arish va moliyalashtirish nuqtai nazaridan operatsiya analizini yengillashtirish uchun mo‘ljallangan. Milliy daromad va mahsulot hisoblari ham davlat boshqaruv organlari faoliyati to‘g‘risidagi aniq ma’lumotlarni standart holda ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan.

Yüklə 13,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin