Tayanch so‘z va iboralar
Prognoz va uning iqtisodiy mohiyati, prognoz turlari. Gipoteza, prognoz va reja haqida tushuncha. Makroiqtisodiy jarayonlar, ularni ifodalovchi ko‘rsatkichlar prognozlash ob’ekti sifatida. Prognozlashtirish tamoyillari. Prognozlashtirishda iqtisodiy matematik usullardan foydalanish zaruriyati. Prognozlash natijalarining ishochliligi, sifat va ularga qo‘yilgan talablar. Prognozlashtirishda axborot texnologiyalardan dasturiy mahsulotlardan keng foydalanish shartligi.
MAVZU-10. IJTIMOIY-IQTISODIY JARAYoNLARNI PROGNOZLASh USULLARI
Reja:
1. Prognozlashtirish usullaridan samarali foydalanish.
2. Prognozlashtirish usullarining klassifikatsiyasi.
3. Prognozlashtirishda ekspert baholash usullari.
4. Korrelyatsiya va regressiya tahlili usuli
5. Regression tahlil.
6. Iqtisodiy jarayonlar va hodisalarning matematik formulalar orqali ifodalanishi.
10.1 Prognozlashtirish usullaridan samarali foydalanish.
Hozirgi kunda olimlarning baholashicha 150 dan ortiq turli xil prognozlash usullari mavjud. Ammo amaliyotda asosiylari sifatida 15-20 tadan foydalaniladi. Mavjud manbalarda prognozlash usullarining turli tasnifiy tamoyillari keltirilgan.
Prognozlash usulining eng muhim tasnifiy belgilaridan biri prognostik usullarni to‘liq qamrab oladigan rasmiylilik darajasi hisoblanadi. Ikkinchi tasnifiy belgilari sifatida progozlash usuli amal qilishining umumiy tamoyili, uchinchisi esa prognoz axborotini olish uslubi hisoblanadi, to‘rtinchi asosiy belgisi esa prognoz ob’ektlarini o‘ziga xos xususiyatlaridir.
Prognozlash usullarning tasnifiy guruhlarni batafsilroq ko‘rib chiqishga o‘tishdan oldin iqtisodiy va ijtimoiy prognozlash usuli yoki usullari tushunchasini aniqlash lozim. Ularga prognozlash ob’ektining retrospektiv ma’lumotlarni tahlil qilish, ekzogen (tashqi) va endogen (ichki) aloqalar hamda ko‘rib chiqilayotgan hodisa yoki jarayon doirasida ularning o‘lchamlari asosida uning (ob’ektining) kelgusi rivojlanishiga nisbatan muayyan ishonchlilik to‘g‘risida mulohaza qilishga imkon beradigan fikr yuritishning uslub va usullar yig‘indisi tushuniladi.
Dostları ilə paylaş: |