11.5. Tarmoqlararo dinamik balans modeli
Tarmoqlararo balans modellari iqtisodiyotni va uning tarmoqlarini prognozlash aloqalarini ta’minlash, ularni miqdoriy bog‘liqligini ta’minlash, iqtisodiy tahlil qilish va shular asosida prognozlashtirish hamda rejalashtirish uchun asosiy vositalardan bo‘lib hisoblanadi.
Tarmoqlararo balans ishlab chiqarishni va barcha tarmoqlar hamda mahsulotlarning aniq belgilangan turlarini prognozlashda, rejalashtirishda investitsiyalarni, asosiy fondlar va ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni tahlil qilish mehnat miqdorini rejalashtirishda, ishlab chiqarishni hududlar bo‘yicha tashkil qilishda keng qo‘llanilmoqda.
Tarmoqlararo balanslar modelining amalda keng qo‘llanilishi makroiqtisodiy tahlil yanada ilmiy asosli o‘tkazilishi, prognozlarni ilmiyligini va real rejalashtirishni ta’minlaydi.
Tarmoqlararo balans kengaytirilgan takroriy ishlab chiqarishning o‘zaro aloqalar tizimi va proporsiyalarini o‘rganishda, tahlil qilishda, prognozlashda eng ixcham, amalda keng qo‘llash mumkin bo‘lgan vositalardan, mexanizmlardan biri hisoblanadi. Ushbu balans yordamida makroiqtisodiy ko‘rsatkichlardan hisoblangan yalpi ichki mahsulot pirovard ya’ni yakuniy mahsulot va milliy daromad tuzilishini, mahsulotlarni takror ishlab chiqarish fondlari o‘rtasida taqsimlanish strukturasini va ijtimoiy ishlab chiqarish xarajatlarini tuzilishini har tomonlama tahlil qilish va tegishli xulosalar asosda samarali boshqaruv yechimini qabul qilish mumkin.
Tarmoqlararo balansning oddiy ko‘rinishi statistik model asosida ifodalanib, ma’lum davrdagi resurslar va ehtiyojlarning miqdoriy jihatdan o‘zaro moslashishini ta’minlaydi, ishlab chiqarish resurslarining cheklanganlik shartlari, ishlab chiqarish bilan mahsulotlardan foydalanishning balans munosabatlari, zarur texnik texnologik shartlar va boshqalarni bajarilgan holda prognozlash va uning asosida rejaning mumkin bo‘lgan variantlarini topishga imkon yaratadi.
Tarmoqlararo balansning statik modeli bir yillik davr uchun tuziladi, bir yillik holatdan tashqaridagi o‘zgarishlar inobatga olinmaydi. Amalda esa ishlab chiqarish doim rivojlanib, kengayib boradi. Ushbu holat statik tarmoqlararo balansda o‘z aksini topmaydi. Bu kamchilikni yo‘qotishning ob’ektiv yo‘li doimiy harakatdagi o‘zgarishlarni inobatga oluvchi, kengaytirilgan takroriy ishlab chiqarishni ifodalovchi dinamik tarmoqlararo balans tuzishdir.
Dostları ilə paylaş: |