Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti



Yüklə 13,04 Mb.
səhifə37/120
tarix24.09.2023
ölçüsü13,04 Mb.
#147896
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   120
2023-2024 УМК Dinamik makroiqtisodiyot

Tayanch so‘z va iboralar

Iqtisodiy-ijtimoiy prognozlashtirish modellarining klassifikatsiyasi. Ekonometrik modelllar. Makroiqtisodiy modellar. Iqtisodiyotni rivojlantirish modellari. Tarmoqlararo dinamik balans modeli. Tarmoqlar va hududlar rivojlanishidagi iqtisodiy modellar. Tarmoqlararo balansda sanoat, kapital qo‘yilmalar, mehnat resurslari balansi. Tarmoqlar orasidagi o‘zaro bog‘liqliklar. Hisobga olingan davr uchun qator yillarda mahsulot ishlab chiqarilishi va taqsimlanishi ko‘rsatkichlarini hisoblash. Prognozlashtirishni mukammalashtirishning muhim yo‘nalishlari. Iqtisodiy o‘sishning asosiy parametrlarini prognozlashtirishda verifikatsion-statistik yondashish. Dinamik vaqt qatori malumotlaridan maksimal foydalanishga asoslangan holda ularning haqiqiy iqtisodiy jarayonlar bilan moslangan chiziqli va chiziqsiz tipdagi ko‘p omilli modellari. Tarkibiy modellar. Mahsulot xom ashyo nomenklaturasiga asoslangan modellar. Mahsulot talabiga ko‘ra ikki yoki undan ortiq modellar, tarmoqli va optimal rejalashtirish modellari. Milliy daromadni taqsimlash modellari. Aholi turmush darajasi modeli. Iste’mol tarkibi modeli. Ekosiyosat modeli. Ish haqi va daromadlarni taqsimlash modellar.


Mavzu-12. IQTISODIY O‘SIShNI PROGNOZLASh


Reja:

1. Iqtisodiy o‘sish tushunchasi.


2. Iqtisodiy o‘sish turlari, ularning prognozlashtirishda ishlatilishi.
3. Iqtisodiy o‘sishni prognozlashtirishda ishlab chiqarish funksiyasi.
4. Ekstropolyatsiya usuli, korrelyatsion analiz usuli.
5. Makroiqtisodiy o‘sishni prognozlashtirish.


12.1. Iqtisodiy o‘sish tushunchasi.

I qtisodiy o‘sish tushunchasining mohiyati ishlab chiqarish hajmining kengayishi, mahsulot ishlab chikarish hajmining o‘sishi va milliy daromadning ko‘payishi bilan ifodalanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy o‘sish ishlab chiqarishning rivojlanishi va funksionallashtirish qonuniyatidir. Shu bilan bir qatorda bozor iqtisosodiyotida, jamiyat talabini to‘la to‘kis kondira oladigan va ishlab chiqarish kuchlari yuqori darajada rivojlangan, bilimlar asosida iqtisodiyotni boshqarish natijasida iqtisodiy o‘sishga erishish talab qilinadi. Iqtisodiyotni tahlil qilish va prognozlash nazariy va amaliy jihatdan 2 xil bo‘ladi: moddiy, omilli va narxli; milliy daromadni iste’molga va jamg‘arishga taqsimlanish nuqtai nazardan. Ishlab chiqarishni bunday tashkil etilishi iqtisodiy o‘sishga olib keladi, u mamlakat iqtisodiyoti darajasida milliy daromadlar ko‘rinishida yoki yakuniy yalpi mahsulot ko‘rinishida ko‘rib chiqish qulay bo‘lib hisoblanadi. Iqtisodiy darajalarinig umumiy sifatidan kelib chiqib iqtisodiy o‘sish ko‘rsatgichlari quyidagilarga bo‘linadi:



  • u ko‘rsatgichlarni o‘zaro bog‘liqligini va ijtimoiy-iqtisodiy o‘sishni ko‘rsatib beradi;

  • korxonalar faoliyati va tarmoqlarning ob’ektiv va subektiv farqini ko‘rsatib, ularni butun xo‘jalik mexanizmini bir qismi sifatida ko‘rib chiqadi.

Mahsulot ishlab chiqarish hajmini bir maromda o‘sishi ishchi kuchi va ishlab chiqarish jihozlariga turlicha ta’sir ko‘rsatishi mumkin, chunki ular o‘zaro o‘rin bosuvchi omillar bo‘lib hisoblanadi. Lekin har bir omilning talab qilinadigin me’yorlari mavjudki, ushbu me’yor bajarilmaganda nafaqat iqtisodiy o‘sish bo‘lmasligi, balki umuman ishlab chiqarish jarayonini to‘xtashiga olib kelishi mumkin. Ushbu bog‘liqlik darajasidan va yakuniy mahsulot hajmining o‘sish ko‘rsatgichi orqali, ishlab chiqarishni kengayishi va iqtisodiy o‘sishning turi aniqlanadi. Iqtisodiy o‘sishda real milliy daromad oshish sur’atlari aholi o‘sishi sur’atlarini oshiradigan milliy iqtisodiyot rivojlanishi nazarda tutiladi. Bu o‘sish muammolarini tashqi kuzatuvchi nuqtai nazaridan emas, mamlakat aholisi pozitsiyasidan turib ko‘rib chiqishni taqozo etadi. Iqtisodiy o‘sishni ishlab chiqarish real hajmining oshish sur’atlari nuqtai nazaridan qarab chiqishda odatda (aniq va noaniq shaklda) iqtisodiyotda chuqur tuzilmaviy va institutsional o‘zgarishlari yuz bermasligi tahmin qilinadi. Ishlab chiqarish tuzilmasi va institutsional muhit murakkab va o‘zgarmas hisoblanadi. Bunday rivojlanish harakteri tashqi muhit bilan o‘zaro ta’sirda balanslangan va yaxlitlik xususiyatiga ega bo‘lgan iqtisodiy tizim uchun o‘ziga xos.



Yüklə 13,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin