12.2. Iqtisodiy o‘sish turlari, ularning prognozlashtirishda ishlatilishi.
Iqtisodiy o‘sish yuz berishi uchun bozor talabiga muvofiq tovar va xizmatlarni yaratish kerak bo‘ladi. Biz bilamizki, iqtisodiy o‘sish YaIM ko‘payishini anglatadi. YaIM esa tovar va xizmatlarning bozordagi qiymati, agar ular sotilmasa bozor qiymati yuzaga kelmaydi. Shu sababli bozorbop tovar va xizmatlarni yaratish iqtisodiy o‘sishni ta’minlaydi. Resurslar kamyob bo‘lganidan , ulardan samarali foydalanish iqtisodiy o‘sishning asosiy shartiga aylanadi.
Iqtisodiy o‘sishning o‘sish sur’atiga(dinamikasiga) qarab milliy iqtisodiyotning darajasi hamda resurslarning chegaralanganlik muammolari tahlil etiladi.
Iqtisodiy adabiyotlarda bu tushunchaga alohida talqin berilmagan.
Ba’zi iqtisodchilar(Makkonnell, Bryu) iqtisodiy o‘sishni 2 xil usul bilan xisoblash mumkin, deb hisoblaydi, ya’ni:
1. Yalpi milliy maxsulotning umumiy o‘sishini hisoblash orqali (yoki sof milliy mahsulotni);
2. Yuqorida hisoblangan ko‘rsatkichlarni aholi jon boshiga taqsimlash orqali xisoblaydi.
Iqtisodiy o‘sishni 3 xil ko‘rinishi farqlanadi: ekstensiv, intensiv va aralash(xaqiqiy).
12.1-Rasm. O‘zbekistonda YaIM va bandlik tuzilmasidagi o‘zgarishlar15
Makrodarajada YaIM ning o‘sish sur’ati, aholi jon boshiga YaIM taqsimotining yillik o‘sish sur’ati, YaIM yillik o‘sishini keltirish mumkin.
YaIMning yillik usish surati =(YaIM2 - YaIM1)*100;
YaIM aholi jon boshiga taqsimotining yillik o‘sish surati=
YaIMning yillik qo‘shimcha o‘sish surati / Aholi soni;
YaIMning yillik usishi = (YaIM2/YaIM1)*100;
Yuqoridagilardan qaysi ko‘rsatkich zarurligi to‘grisida fikrlar yuradi. Mumkin bo‘lgan variantlar:
yuqori o‘sish sur’ati;
nol holidagi o‘sish;
manfiy o‘sish sur’ati;
optimal o‘sish sur’ati.
Dostları ilə paylaş: |