13. 1. Ilmiy tadqiqot natijalari prognozlash ob’ekti sifatida.
Ijtimoiy-iqtisodiy sohada ilmiy texnika taraqqiyoti yuqori darajadagi murakkab jarayon bo‘lib hisoblanadi, u mamlaat iqtisodiyotining ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalariga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Ilmiy texnika taraqqiyoti ta’sirida ishlab chiqarish kuchlarining barcha elementlari unumdarligi oshadi, masalan: mehnat predmetlari, ishchi kuchlari, mehnat mahsuli, texnologiyalar, ishlab chiqarishni tashkil etish, boshqarish va boshqalar. Ilmiy texnika taraqqiyoti ishlab chiqarish samaradorligini oshiruvchi asosiy omil bo‘lib hisoblanib, u aholining turmush darajasining barqaror o‘sishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
13.1-Rasm. Innovatsion salohiyat
Ilmiy taraqqiyot konsepsiyasi mehnat qurollarni o‘zgartirishni talab qiladi, ya’ni, mashina, ishlab chiqarish jihozlari, trasport vositalar, barcha turdagi mashina texnikasi, mehnat vositalaridan-yonilg‘i, xom ashyo, energiya, hamda texnologik jarayonlarni yaxshilash, ishchi xodimlar malakasini oshirish, ishlab chiqarishni samarali boshqarish va tashkil qilishni taqozo qiladi.
Ilmiy texnika taraqqiyoti yutuqlaridan foydalanish qo‘l mehnatini yengillashtirish omili bo‘lib xizmat qiladi, uning doimiy takomillashuvi ushlab ishchilarning moddiy ta’minlanganlik va ma’naviy dam olish imkoniyatlarini yaratadi.
Ilmiy texnik taraqqiyoti, iqtisodiyotning moddiy texnik bazasining shakllanishiga va uning asosida ilm-fan va texnika rivojlanishiga zamin yaratadi. Ilmiy texnika taraqqiyoti tovar mahsulotlarning kengayishi va nomenklaturasining yangilanishi va ishlab chiqariladigan mahsulot assortimentiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Sanot mahsulotlarining yangilanish ko‘rsatgichi maamlakatning ishlab chiqarish potensialini rivojlanishini ko‘rsatadi. Ilmiy texnika taraqqiyoti ta’sirida maishiy xo‘jalik mahsulotlari doimo yangilanib turadi, bu bilan aholining maishiy xo‘jalik mahsulotlariga bo‘lgan talabi qondiriladi.
Dostları ilə paylaş: |