13.3. Fundamental tadqiqotlar, ularning o‘ziga xos xususiyatlari, samaradorligini ob’ektiv baholash usuli va umumiy tadqiqotlardagi ulushining salmog‘i.
Fundamental tadqiqotlar natijasida yangi qonun va qonuniyatlar, yangi kategoriyalar paydo bo‘lishiga, ularning amaliyotda qo‘llanish yo‘llari va tamoyillari ishlab chiqish imkoniyati paydo bo‘ladi.
Izlanuvchi mehnati mahsuli, kollektiv faoliyati va fundamental izlanuvchilar ijrochilarining tadqiqot natijalari yangilik yaratganliklari haqidagi rasmiy xujjatlar, mualliflik huquqini tasdiqlovchi patentlar, monografiyalar, maqolalar, o‘quv qo‘llanmalar, hisobotlar va ilovalarda o‘z aksini topadi. Bu ishlar ilm-fanni bevosita ishlab chiqarish jarayonini rivojlantirish uchun ishlatiladi, oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlashda, yuqori malakali mutaxasislar tayyorlashda, amaliy ish sifatida ko‘rib chiqilib, ushbu nazariyalarni kelajakda rivojlantirib, ularni amaliyotga qo‘llashga harakat qilinadi.
Ilmiy – texnika taraqqiyotini, umuman ilmiy tadqiqotni amalga oshirish juda murakkab jarayon hisoblanadi. Shuning uchun ob’ekni prognozlash uchun eksper usullaridan keng qo‘llaniladi. Ayni vaqtda usul tanlash ob’ektning xususiyatidan kelib chiqadi.
Fundamental tadqiqotlarni prognozlashda ishlab chiqarishda hozirgacha bo‘lgan holat tahlil qilinadi, hal etilmagan muammolar ko‘rsatiladi, mavjud muammolarni echimi yo‘llari va vujudga kelgan yangi muammolar ko‘rsatiladi, ular ilm, fan tadqiqotlar yordamida o‘z yechimlarini topadilar. Shuni hisobga olish kerakki, fundamental izlanishlarni prognozlashda, har 5 yilda natijalarni yangilash, prognoz qilingan natijalarni joriy natijalar bilan taqqoslash kerak, prognoz qilingan natijalarga amaldagi natijalarni sun’iy ravishda tenglashtirish maqsadga muvofiq emas, chunki fundamental tadqiqotlar ilm fanning o‘zagi, asosiy tayanchi hisoblanadi.
13.4. Ilmiy-texnik taraqqiyot jarayonini prognozlashning xususiyatlari va tamoyillari.
Ilmiy-texnik taraqqiyotn prognozlash yuqori darajada murakkab bo‘lganligii uchun kollentiv ekspertlar usullaridan ko‘proq foydalaniladi. Ilmiy texnika ishlanmalarni prognozlashtirishning asosiy vazifasi bu mavjud ishlanmalar o‘rtasidagi eng yaxshisini tanlash, uning mehnat samaradorligiga ta’siri, har bir mahsulotga bo‘ladigan xarajatlarning kamayishi, ishchi xizmatchilarning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirilishi, tabiiy resurslardan ratsional faydalanish, atrof muhitga ta’siri kabilarni o‘z ichiga oladi.
Seriyali ishlab chiqarish yalpi mehnat qurollari va jihozlarni ishlab chiqarish nazarda tutiladi. Bu bosqichda yaratilgan yangilik, oldingi bosqichlarni o‘tib bo‘lgandan so‘ng amalda keng qo‘llaniladi.
Shuni ta’idlash kerakki, o‘zashtirilgan mahsulotni ishlab chiqarish uchun, ishlab chiqarish jarayoniga ta’sir etuvchi barcha omillar barqaror bo‘lishi kerak. Ishlab chiqariladigan yangi mahsulot esa korxonaning barcha ko‘rsatgichlarini tubdan o ‘zgartirishi mumkin, ya’ni ajratilgan resurslarni taqsimlanishi, ishlab chiqariladigan mahsulot hajmining o‘zgarishi va boshqalar. Prognozlashtirish jarayonida bular asosiy omillar bo‘lib hisoblanadi.
Ilmiy texnika taraqqiyotini prognozlashda seriyali ishlab chiqarish quyidai vazifalarni bajaradi: yangi texnika, texnologiya, materiallarni amaliyotga tadbiq etilishi, iqtisodiyotni barcha sohasida mehnat samaradorligini oshirish, energiyadan, asosiy fondlardan foydalanish samaradorligini oshirish, ishlab chiqariladigan mahsulot sifati yaxshilanishi kabi vazifalarni qamrab oldadi.
Dostları ilə paylaş: |